Berdimuhamedovlarning surati tushirilgan gazetalarni oʻqishdan boshqa maqsadda foydalanish taqiqlandi

Turkmanistonda mamlakat prezidenti hamda uning oila aʼzolari tasvirlangan gazeta-jurnallarni turli maqsadlarda ishlatib, ularni ifloslantirmaslik haqida davlat amaldorlaridan yozma majburiyatnoma olinmoqda. Bu haqda shunday hujjatga imzo chekkan bir qancha davlat mulozimlariga tayanib, "Ozodlik radiosi"ning turkman xizmati xabar berdi.

Jahon

30.01.2025, 14:05

Ulashish:

Berdimuhamedovlarning surati tushirilgan gazetalarni oʻqishdan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlandi

Berdimuhamedovlarning surati tushirilgan gazetalarni oʻqishdan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlandi

Unda aytilishicha, Berdimuhamedovlar tasviri tushirilgan gazetalardan hojatxona qogʻozi sifatida foydalanish, olov yoqishda ishlatish hamda narsalarni oʻrashda qoʻllash taqiqlangan. Buning uchun esa davlat xodimlaridan majburiy tarzda "hukmron oilaning fotosurati tasvirlangan gazeta va jurnal sahifalarini ehtiyot qilish” toʻgʻrisida yozma vaʼdalar olinmoqda. 

Shundoq ham Turkmanistonda qattiq nazorat qilinib, senzura ostida yuritiladigan gazetalar orqali kam yangiliklarni oʻqish mumkin. Davlat xizmatchilari va talabalarning hukumat qoʻl ostida chop etiladigan gazetalarga majburiy tarzda obuna qilinishi esa matbuotning erkin emasligidan darak beradi. 

Gʻarbiy Bolqon viloyatida "Ozodlik radiosi"ning turkman xizmati bilan bogʻlangan davlat xizmatchisiga koʻra, uning shahridagi rasmiylarga shu yilning boshidan beri prezident surati tushirilgan gazetalarni ifloslantirmaslik doimiy ravishda aytib kelingan. 

Buning ustidan nazorat qilish uchun rasmiylar gazetalarning har bir sahifasida QR kodlari chop etishni rejalashtirmoqda. Boshqa davlat xizmatchisining soʻzlariga koʻra, bu ularga kirlangan sahifalarni kuzatishga imkon beradi.

"Biz endi hatto bolalarning uyda gazetalarga tegishidan qoʻrqamiz. Agar kichkina bola prezidentning fotosuratini yirtsa yoki buzsa, biz ish joyimizdan ayrilishimiz mumkin", deydi u.

Koʻpchilikka maʼlumki, Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti tomonidan Turkmanistonda matbuot erkinligi doimiy ravishda past baholanib kelingan. Tashkilotga koʻra, jurnalistikasi faqat davlat tizimini maqtashdan iborat boʻlgan Turkmanistonda mustaqil ommaviy axborot vositalari mavjud emas.

"Hukumatdan norozi boʻlganlar toʻxtovsiz ravishda taʼqib qilinib, kaltaklanilmoqda, qiynoqqa solinmoqda, qamoqqa olinish va hatto oʻldirish bilan qoʻrqitilmoqda. Bundan odamlarning koʻpchiligi chet elga chiqib ketgan", deyiladi xabarda.

Jahon

30.01.2025, 14:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Turkmanistonda ish haqi va nafaqalarni oshirmaslik taklif qilindi

Turkmanistonda ish haqi va nafaqalarni oshirmaslik taklif qilindi

Turkmanistonda yillar davomida ish haqi, pensiya, davlat toʻlovlari va stipendiyalar yillar davomida oshirilib, mamlakat aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti yuqori darajaga yetganligi bois ularni oshirmaslik taklif qilindi. Bu taklifni Turkmaniston Xalq Maslahati kengashi oqsoqollarining aʼzosi Yozmurod Otamurodov bergan.

Jahon

24.09.2025, 16:00

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga joʻnab ketdi

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov taklifiga binoan BMTning Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar boʻyicha uchinchi konferensiyada ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Turkmanistonga joʻnab ketdi.

Siyosat

04.08.2025, 15:43

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Qozogʻistonda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Sammitda nimalar gaplashildi? Mirziyoyev oʻz nutqida nimalarni tilga oldi? Xitoy nega mintaqa mamlakatlariga begʻaraz 207 million AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatmoqchi? 

Siyosat

18.06.2025, 17:48

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Dunyoda qudratli harbiy kuchga ega davlatlar oʻz taʼsir doirasini kuchaytirish va soʻzini oʻtkazish uchun maʼlum hududlarda harbiy bazalar ochadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 80 ta davlatda, Rossiyaning 14 ta, Turkiyaning 11 ta, Eron va Saudiya Arabistonining uchta mamlakatda oʻz harbiy bazalari mavjud. Markaziy Osiyo hududida ham bir nechta xorijiy harbiy bazalar joylashgan. Xoʻsh, ular qaysi davlatlarga tegishli va mintaqada bu borada kimning taʼsiri kuchli? Bugun shu haqda gaplashamiz.

Siyosat

04.02.2025, 14:04

Dunyoga yoyilmoqchi boʻlgan turkman gazini kim cheklamoqda?

Dunyoga yoyilmoqchi boʻlgan turkman gazini kim cheklamoqda?

Joriy yilning 5 noyabr kuni Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqotda Turkmanistonning Oʻzbekistonga yetkazib berayotgan tabiiy gaz hajmini oshirish boʻyicha navbatdagi kelishuvga erishildi. Dunyoda gaz zaxiralari boʻyicha 4-oʻrinda turadigan Turkmaniston negadir faqat Rossiya, Xitoy hamda Markaziy Osiyo davlatlariga tabiiy gaz eksport qiladi. Buning sababi nima? Rossiyaning postsovet mamlakatlariga taʼsirimi yoki boshqa omillar mavjudmi?

Jahon

07.12.2024, 13:52

Rossiya va Turkmaniston aloqalarining rivojlanishida Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘rni katta — Putin

Rossiya va Turkmaniston aloqalarining rivojlanishida Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘rni katta — Putin

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmanistonda oʻtkazilgan Maxtumquli Firogʻiyning 300 yilligiga bagʻishlangan tadbirda qatnashib, davlatning sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml maʼlum qildi. 

Jahon

12.10.2024, 10:55

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01