updated: 22.03.2026, 19:44

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Dunyoda qudratli harbiy kuchga ega davlatlar oʻz taʼsir doirasini kuchaytirish va soʻzini oʻtkazish uchun maʼlum hududlarda harbiy bazalar ochadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 80 ta davlatda, Rossiyaning 14 ta, Turkiyaning 11 ta, Eron va Saudiya Arabistonining uchta mamlakatda oʻz harbiy bazalari mavjud. Markaziy Osiyo hududida ham bir nechta xorijiy harbiy bazalar joylashgan. Xoʻsh, ular qaysi davlatlarga tegishli va mintaqada bu borada kimning taʼsiri kuchli? Bugun shu haqda gaplashamiz.

Ulashish:

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda eng koʻp harbiy baza joylashgan davlat bu — Tojikiston. Mamlakatda Rossiya, Xitoy, Hindistonning harbiy bazalari mavjud. Eronning dron ishlab chiqaruvchi zavodi ham aynan Tojikistonda. 

"Interfaks" agentligiga koʻra, Rossiyaning 201-harbiy bazasi Tojikistonning Dushanbe va Boxtar viloyatlarida joylashgan. Bu harbiy baza Rossiyaning oʻz chegaralaridan tashqaridagi eng yirik harbiy obʼekti hisoblanadi. Rus siyosatchilarining fikriga koʻra, Federatsiya bu bazadan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashda foydalanadi. 

Ularning taʼkidlashicha, mazkur harbiy baza Rossiya manfaatlarini himoya qiladi va mahalliy qurolli kuchlar bilan birgalikda Tojikiston xavfsizligini ham taʼminlaydi. Shuningdek, bu baza orqali Rossiya Tojikistonning "Harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi" qonunchiligiga muvofiq mamlakatni kerakli qurollar, harbiy va maxsus texnika bilan taʼminlaydi. 

2024 yilda Xitoyning Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurayotgani haqidagi xabarlar koʻpchilikni hayratda qoldirgan edi.

"Xitoy Tojikistonning chekka togʻli hududlarida, dengiz sathidan 4 ming metr balandlikda ikkita katta kuzatuv minorasiga ega harbiy baza qurmoqda", deya yozadi "The Telegraph" nashri.

Ammo oradan biroz vaqt oʻtib, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarlarni rad etib, mamlakat hududida bunday harbiy inshoot qurilmayotganini aytib chiqdi. 

Xitoyning Tojikistonda harbiy baza qurayotgani haqidagi xabarlar bundan oldinroq, yaʼni 2021 yilda ham tarqalgan edi, biroq Tojikiston hukumati bu xabarlarga nisbatan javob bermagan. 

Bundan tashqari, Tojikiston poytaxtidan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan Faxor shahrida Hindistonning "Faxor" harbiy bazasi ham mavjud. 

1996-1997 yillarda Hindiston Tashqi razvedka agentligining Tadqiqot va tahlil qanoti Tojikiston bilan "Faxor" harbiy bazasidan Afgʻonistondagi NATO bazasiga harbiy yuklarni tashish, ularning vertolyotlariga xizmat koʻrsatish va razvedka maʼlumotlarini yigʻishda foydalanish boʻyicha muzokaralarni boshlagan. 

Shu vaqtdan boshlab Faxor shahrida Hindistonning harbiy gospitali faoliyat yurita boshlagan. Faxordagi Hindiston harbiy shifoxonasida "Tolibon" bilan jangda yaralangan NATO askarlari, jumladan, xudkush hujumida yaralangan harbiy yetakchi Ahmad Shoh Masud davolangan. 

2002 yilgacha Hindiston Tojikistonda qurayotgan harbiy bazasi haqidagi maʼlumotlarni tan olmagan edi. Ammo shu yildan boshlab Hindiston Tojikistonda qurayotgan harbiy bazasi haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlab, 1980 yildan beri foydalanilmagan harbiy bazani Rossiya bilan hamkorlikda qayta taʼmirlash boshlanganini maʼlum qildi. 2007 yilda toʻliq ishga tushirilgan mazkur harbiy bazani taʼmirlash uchun 10 million AQSh dollari sarflagan. 

Markaziy Osiyoning navbatdagi yirik davlati — Qozogʻistonda Rossiyaning uchta harbiy obʼekti mavjud. Federatsiya ushbu mamlakatda raketalarini sinovdan oʻtkazadigan Sari Shagan sinov poligoni, shuningdek, Balx koʻli yaqinidagi 49-stansiya va 929-aviatsiya kabi harbiy obʼektlarni joylashtirgan. 

"Zakon.kz" nashrining xabariga koʻra, Rossiya Qozogʻistonning 11 million gektar hududidan harbiy maqsadlarda foydalanadi. Rossiya bu bazalar va harbiy obʼektlardan foydalanish uchun Qozogʻistonga har yili 3 million AQSh dollari toʻlaydi. 

Mintaqadagi navbatdagi davlat — Qirgʻiziston hududida hozirda faqat Rossiyaning "Kant" nomli harbiy bazasi mavjud. Bu baza Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida mintaqaning havo hududi xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuningdek, Qirgʻiziston hududida 2001 yildan 2014 yilgacha AQShning "Manas" harbiy bazasi faoliyat yuritgan. Oʻz davrida ushbu baza Afgʻonistondagi harbiy operatsiyalar uchun muhim logistika nuqtasi boʻlib xizmat qilgan. 2014 yilda AQSh mazkur bazani yopib, Qirgʻiziston hududidan chiqib ketgan.

Markaziy Osiyoning qolgan ikki davlati — Oʻzbekiston va Turkmaniston hududida xorijiy harbiy bazalar mavjud emas. Chunki bu ikki mamlakat siyosiy va iqtisodiy jihatdan betaraflik pozitsiyasini tanlagan. 

Turkmaniston 1995 yilda oʻzini betaraf davlat deb eʼlon qilgan va shu sabab mamlakat hududida harbiy bazalar joylashtirishni qatʼiyan rad etgan. Mamlakat tashqi siyosatida oʻz suverenitetini saqlash va harbiy bloklardan chetda turishni asosiy prinsip sifatida belgilagan. 

Oʻzbekistonda 2005 yilgacha AQShning Qarshi-Xonobod bazasi faoliyat koʻrsatgan edi. Shuningdek, 2012 yilgacha Termiz aeroportidan Germaniya harbiy samolyotlari foydalangan. 2012 yilda Oʻzbekiston qabul qilgan tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida harbiy bloklarga qoʻshilmaslik va mamlakat hududida xorijiy bazalarni joylashtirmaslik qonuniy jihatdan mustahkamlangan. 

Markaziy Osiyoda har bir davlat oʻzining harbiy strategiyasini shakllantirgan. Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonda boshqa davlatlarning harbiy bazalari mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston va Turkmaniston bu borada neytral siyosat yuritadi. Ushbu farqlar mintaqaning harbiy-siyosiy muvozanatini belgilab bermoqda. 

Xoʻsh, bu borada siz qanday fikrdasiz: sizningcha, Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston harbiy salohiyatini kengaytirish uchun oʻz hududida xorijiy harbiy bazalarining ochilishiga imkon berishi kerakmi?

Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Qozogʻistonda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Sammitda nimalar gaplashildi? Mirziyoyev oʻz nutqida nimalarni tilga oldi? Xitoy nega mintaqa mamlakatlariga begʻaraz 207 million AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatmoqchi? 

Siyosat

18.06.2025, 17:48

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?

Markaziy Osiyo davlatlarining 2024-yildagi tashqi qarzlarini umumiy qilib qoʻshganda, taxminan $210 milliard AQSh dollari atrofida boʻladi.Bu qarzlarning asosiy qismlari quyidagi manbalardan olingan:1. Xalqaro moliya institutlari: Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi tashkilotlar.2. Davlatlar: Asosiy yordam va qarzlarni taqdim etayotgan mamlakatlar Xitoy, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar.3. Tijorat banklari va moliya kompaniyalari: Turli tijorat banklari va xususiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan qarzlar.Umumiy qarzning taqsimlanishi va manbalari har bir mamlakat uchun farq qilishi mumkin, ammo koʻpincha yirik loyihalar va infratuzilma uchun qarz olinadi.

Iqtisodiyot

08.08.2024, 15:12

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi

Kecha, 19 mart kuni Qirgʻiziston parlamenti qoʻshni Tojikiston 23 yildan beri davom etib kelayotgan muzokaralarni yakunlab, chegara toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.

Jahon

20.03.2025, 13:51

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Davlat xavfsizligi xizmati Rossiya, Tojikiston va Qirgʻiziston Respublikalaridan olib kelingan narkotik moddalarning aylanmasiga chek qoʻydi.  

Oʻzbekiston

14.09.2024, 10:55

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

So‘nggi yangiliklar

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi

Air India va  Uzbekistan Airways rasman kod-sher bitimini imzoladi.

Oʻzbekiston

01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi

Dunyoda yadroviy qurolga ega davlatlar soni 10 taga yetgan. Dastlab himoya vositasi sifatida yaratilgan ushbu qurol bugun insoniyat uchun eng katta global tahdidlardan biriga aylangan.Ushbu maqolada yadroviy qurolga ega davlatlar, ularning qanday shakllangani va yadrosiz hududlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Fan-texnologiya

01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi

Nestlé kompaniyasining Italiyadagi ishlab chiqarish korxonasidan Polshaga jo‘natilgan KitKat brendiga tegishli 12 tonna, aniqrog‘i, 413 793 dona shokolad batonchasi o‘tgan hafta o‘g‘irlangan.

Jahon

31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda

Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.

Jahon

28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)

O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.

Madaniy

28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59