Dunyoga yoyilmoqchi boʻlgan turkman gazini kim cheklamoqda?
Joriy yilning 5 noyabr kuni Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqotda Turkmanistonning Oʻzbekistonga yetkazib berayotgan tabiiy gaz hajmini oshirish boʻyicha navbatdagi kelishuvga erishildi. Dunyoda gaz zaxiralari boʻyicha 4-oʻrinda turadigan Turkmaniston negadir faqat Rossiya, Xitoy hamda Markaziy Osiyo davlatlariga tabiiy gaz eksport qiladi. Buning sababi nima? Rossiyaning postsovet mamlakatlariga taʼsirimi yoki boshqa omillar mavjudmi?
Jahon
07.12.2024, 13:52
Ulashish:

Dunyoga yoyilmoqchi boʻlgan turkman gazini kim cheklamoqda?
Oʻzbekistonlik siyosatshunoslarning ayrimlari bu holatga Turkmaniston boshqa davlatlarga, xususan, Yevropa va Janubiy Osiyo mamlakatlariga gaz eksport qilishni xohlayotganini, ammo Rossiya bunga qarshilik qilayotganini bildirmoqda.
Boshqalari esa bu yerda Rossiya Turkmanistonga hech qanday bosim qilmayotganini aytib, mamlakatning siyosiy irodasi hali bunga tayyor emasligini taʼkidlamoqda.

Turkiyalik siyosatshunos Musa Yovuzning PARADIGMA.UZ'ga maʼlum qilishicha, Rossiya Turkmaniston ishlab chiqarayotgan gazni Turkiya, Yevropa va boshqa davlatlarga sotishiga yoʻl qoʻymaydi. Rossiya Turkmanistondan gazni taxminan yarim narxga sotib olib, ikki barobar qimmatga boshqa davlatlarga sotadi. Shuning uchun ham Rossiya Turkmanistonning boshqa davlatlarga gaz sotishiga imkon bermaydi.

Siyosatshunos Sanjar Saidovning aytishicha, Turkmaniston hozirgi kunda oʻz energiya manbalarini Rossiya ishtirokisiz eksport qilish boʻyicha harakatlar qilmoqda. Xususan, mamlakat bugungi kunda Turkmaniston – Afgʻoniston – Pokiston – Hindiston davlatlari oʻrtasidagi (TAPI) loyihasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda.
Turkmaniston – Turkiya oʻrtasidagi gaz bilan bogʻliq munosabatlar
Rossiya – Ukraina urushi boshlanganidan keyin Yevropa davlatlarida tabiiy gaz bilan bogʻliq muammolar kelib chiqdi. Shundan soʻng Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston oʻrtasida tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha muzokaralar faollashdi.
2024 yilning iyul oyida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar turkman gazini sotib olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun Turkmanistonga tashrif buyurgan edi. Oʻshanda Bayraktar Turkmaniston Turkiyaga dastlabki bosqichda 1,5-2 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berish haqida gapirgan.
2024 yilning 1 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻan va Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Antaliya diplomatiyasi forumi yakunida Turkmaniston avval Turkiyaga, soʻngra, Yevropaga gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomani imzolagan.
"Anodolu" agentligining yozishicha, bu kelishuv Yevropa Ittifoqi va Turkmaniston oʻrtasida 2008 yilda imzolangan Energetika sohasidagi hamkorlik va oʻzaro anglashuv bitimi asosida amalga oshirilgan. Ammo "Eurasionet" nashrining tasdiqlanmagan maʼlumotlariga koʻra, Turkmaniston va Turkiya rasmiylari gaz narxi boʻyicha muammolarga duch kelganidan keyin muzokaralar toʻxtab qolgan.
Turkmanistonning TAPI loyihasi va undagi muammolar
TAPI — Turkmaniston tashabbusi bilan rejalashtirilgan loyiha boʻlib, mazkur reja asosida Turkmaniston tabiiy gazini Afgʻoniston orqali avval Pokistonga, soʻngra Hindistonga yetkazish maqsad qilingan. Bu boʻyicha muzokaralar 2015 yilda boshlangan edi. Oradan 9 yil oʻtib, 2024 yilning avgust oyida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi TAPI loyihasini boshlashga tayyor ekanligini bildirdi. Sentabr oyida loyihaning amaliy ishlari boshlandi. Lekin bu loyiha hozirgi vaqtda toʻxtab qolgan.
Siyosatshunos Sanjar Saidov TAPI loyihasini kechikayotganligiga bu davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning yaxshi emasligini sabab qilib koʻrsatdi.
"Bu yerda xavfsizlik masalasi toʻliq taʼminlanmagan. Gap faqat Afgʻoniston haqida emas. Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar ham yaxshi emas. Ular oʻrtasidagi aloqalar kamida bir yil ichida 5 yoki 6 marta oʻzgaradi. Undan keyin, Afgʻoniston – Pokiston chegarasidagi muammolar va boshqa hal etilishi kerak boʻlgan masalalar bor. "Tolibon" hali mamlakatning xavfsizligiga javob bera olmaydi", dedi siyosatshunos.
Rossiya va Turkmaniston oʻrtasidagi gaz bitimi
2024 yilning 25 oktabr kuni "Turkmangaz" kompaniyasi raisi Maksat Babayev "Gazprom" bilan tabiiy gaz narxlarini kelisha olmagani uchun ularning oʻrtasida 2019 yilda imzolangan 4 yilga moʻljallangan shartnoma muddatini uzaytirmasligini maʼlum qildi.
Shundan soʻng, Rossiya Turkmanistonda yangi gaz konlarini topish uchun qidiruv safarbarligini boshlagan. Bu orada Rossiya safarbarlikni faqat Turkmanistonda emas, Oʻzbekistonda ham amalga oshirmoqda.
Rossiya – Ukraina urushi boshlanganidan beri, AQSh va Gʻarb sanksiyalariga tushgan Rossiya gazining eksporti cheklanib qolgan edi. Federatsiya hozirda boshqa mamlakatlar orqali Yevropaning baʼzi davlatlariga gaz eksportini amalga oshirmoqda.
Joriy yilning 21 noyabr kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga gaz importi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradigan "Gazprombank"ga nisbatan sanksiya kiritdi.
Unga koʻra, "Gazprombank" Rossiya-Ukraina urushida harbiy qurollarni sotib olish, askarlar uchun haq toʻlash, ular uchun mukofot pullari va halok boʻlgan askarlarning oilalariga tovon pulini berishda ishtirok etgan. Avvalroq, bu bankka nisbatan, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya davlatlari ham sanksiyalar kiritgan.
Buning ortidan 5 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2022 yilda tasdiqlangan "Chet ellik xaridorlarning Rossiya tabiiy gaz yetkazib beruvchilari oldidagi majburiyatlarining alohida tartibi toʻgʻrisida"gi farmoniga oʻzgartirish kiritdi.
Qonunga koʻra, endi xorijiy kompaniyalar endilikda Rossiya gazi uchun toʻlovni toʻgʻridan-toʻgʻri uchinchi shaxslar orqali yoki Rossiyaning boshqa banklarida pullarini almashtirish orqali amalga oshirishi mumkin.
Jahon
07.12.2024, 13:52
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?
Siyosat
04.02.2025, 14:04

Rossiya va Turkmaniston aloqalarining rivojlanishida Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘rni katta — Putin
Jahon
12.10.2024, 10:55

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
