SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Ofis xodimlarida yangi, ko‘zga ko‘rinmas ustunlik paydo bo‘ldi, ish beruvchilar esa buni doim ham ilg‘ay olmaydi.
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32
Ulashish:

Use.AI platformasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasida ishlayotgan 9 684 nafar katta yoshdagi xodim qatnashdi.
Tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) respondentlarning 52 foiziga aslidagidan ko‘ra ko‘proq tajribalidek ko‘rinishga yordam bergan. Bu esa erishilgan ish natijalari xodimlarning haqiqiy mahoratidan oldinda ekanini ko‘rsatmoqda.
Respondentlarning qariyb 64 foizi mustaqil ravishda bajarolmagan ishlarini SI ko‘magida amalga oshirgan. 43 foizi esa SI hali o‘zlarini munosib deb hisoblamagan vazifalar va mas’uliyatlarni zimmasiga olishga yordam berganini aytgan.
So‘rovda qatnashganlarning yana 35 foizi SIsiz hozirgi ishini bajarishga qiynalishini tan olgan bo‘lsa, chorak qismi ish beruvchisi ularni aslidan ko‘ra qobiliyatliroq deb o‘ylashidan xavotirdaligini bildirgan.
Endi xodimlar qanday baholanishi kerak?
Yuqoridagi natijalar xodimlarning malakasizligini anglatmaydi. Chunki SIdan mohirona foydalanishning o‘zi eng muhim ko‘nikmalardan biridir.
Masala shuki, endi qilingan ish uni bajargan inson haqida avvalgidek to‘liq tasavvur bermaydi.
“Tayyor natija hamon muhim, lekin u qobiliyatni o‘lchashda borgan sari kamroq ahamiyat kasb etmoqda”, – dedi Use.AI hammuassisi va bosh direktori Ihor Gerasimov Euronews’ga.
“Ish beruvchilar nomzodning o‘z ishi mohiyatini tushuntirib bera olishi, sun’iy intellekt xatoliklarini aniqlay olishi, noto‘liq ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishi hamda texnologiya xatoligi yoki kutilmagan holatlarda qanday yo‘l tutishini ham inobatga olishlari kerak”, — deb tushuntirdi Gerasimov.
Use.AI bosh direktori ayniqsa bitta ko‘nikmani alohida ta’kidladi.
“Ayniqsa, muammoni aniq qo‘yish muhim. Odam to‘g‘ri savolni qo‘ya biladimi, qandaydir farazni shubha ostiga olib, nega bir harakat boshqa biridan afzalroq ekanini tushuntira oladimi? Faqat tayyor, sayqallangan yakuniy mahsulotga qarab buni aniqlash qiyinroq”, — deya ta’kidladi Gerasimov.
Insonning sun’iy intellekt yordamida nima yarata olishi va aslida nimani tushunishi o‘rtasidagi farq ancha muhim ahamiyat kasb etadi.
Vosita yoki tayanch?
“Xavotirga o‘rin bor. Kimdir SI yordamida javob topa olsa-yu, ammo o‘sha javob qachon xato ekanligini bilmasa, uning nega to‘g‘ri ekanligini tushuntira olmasa yoki tizimda ishonchli javob bo‘lmasa ham aniq xulosa chiqara olmasa, muammo boshlanadi. Shunda bu munosabatlar imkoniyatlarni kengaytirishdan ko‘ra ko‘proq qaramlikka o‘xshab qoladi”, – dedi Gerasimov.
Ish beruvchilar buni hal qilishga urinayotgan bo‘lsa-da, texnologiya ham bir joyda to‘xtab turgani yo‘q.
Ventureburn nashri SI tizimlarining jamiyatga ta’sirini baholovchi METR notijorat tashkilotiga tayanib yozishicha, SIning avtonomligi ikki baravar oshishi uchun ketadigan vaqt sakkiz oydan 4,7 oygacha (4 oy-u, 21 kun) qisqargan.
2025-yil boshidan 2026-yil boshigacha bo‘lgan davrda SIning avtonom imkoniyatlari o‘tgan yilga nisbatan 1400 foizga oshgan, undan foydalanish imkoniyati ham xuddi shunday tezlikda kengaygan.
SI vositalarini yuklashlar soni 15 000 tadan 11,8 milliontaga, ya’ni 780 baravar o‘sgan bo‘lsa, ommaviy foydalanish mumkin bo‘lgan MCP vositalari soni 35 baravar ko‘payib, taxminan 177 000 taga yetdi.
MCP, ya’ni Model Kontekst Protokoli — bu sun’iy intellekt yordamchilariga boshqa ilovalar va manbalarga bevosita ulanish imkonini beradigan standart. Bu ularga vazifalarni shunchaki qanday bajarishni tushuntirib berish o‘rniga amalda bajarishga imkon ham yaratadi. U odatda “sun’iy intellekt agenti” deb ataladi.
Bu yo‘nalish tadqiqotda aniqlangan muammoni yanada murakkablashtirdi. Ishning aksariyat qismi inson ishtirokisiz bajarilsa, yakuniy natija unga mualliflik qilgan shaxs haqida juda kam ma’lumot beradi.
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi
Jahon
19.08.2026, 14:34

Şimoliy Koreya xakerlari hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
Jahon
11.08.2026, 13:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
