Şimoliy Koreya xakerlari hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
Şimoliy Koreya razvedka xizmatlariga aloqador "Kimsuky" xakerlik guruhi fişing hujumlarida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan hujjatlardan foydalanmoqda.
Jahon
11.08.2026, 13:53
Ulashish:

Janubiy Koreyaning “Genians” kiberxavfsizlik kompaniyasi duşanba kuni e’lon qilgan hisobotiga köra, Şimoliy Koreya razvedka xizmatlariga aloqador “Kimsuky” xakerlik guruhi 2026-yildan buyon maqsadli fişing hujumlarida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan hujjatlardan foydalanib kelmoqda.
Hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanilib, tadqiqot hisobotlari va taklifnomalar kabi qonuniy hujjatlarga öxşatib tayyorlangan zararli fayllarni avtomatik yaratiş yölga qöyilgan.
Kimsuky guruhi aniqlanişdan qoçiş uçun Ollama, GPT-4All va Msty kabi oçiq manbali vositalardan foydalanib, yirik til modellarini internetga ulanmasdan işga tuşirgan.
"Sun’iy intellekt qisqa vaqtda keng kölamli mavzular böyiça yuqori darajada sayqallangan hujjatlarni yaratişi mumkin, bu esa uni tahdidçilar uçun samarali vositaga aylantiradi," - dedi Genians.
Bu hodisalar şuni körsatmoqdaki, endi aldamçi hujjatlarni yaratiş uslubi özgargan. Eng e’tiborlisi esa, sun’iy intellekt ijtimoiy muhandislik hujumlarini avtomatlaştiriş va keng miqyosda amalga oşirişga kömaklaşişi namoyon bölmoqda.
Şimoliy Koreyaning kiberhujumlari
Sönggi yillarda sodir etilgan köplab kiberhujumlarda Kimsuky va Şimoliy Koreya hukumati bilan aloqador boşqa guruhlar ayblanadi.
Britaniyaning blokçeyn tahlili bilan şuğullanuvçi Elliptic firmasi hisobotiga köra, şimoliy koreyalik xakerlar 2025-yilning dastlabki töqqiz oyida 2 milliard dollardan ortiq kriptovalyuta ömargan.
2014-yilda AQŞ rasmiylari Sony Pictures şirkatiga uyuştirilgan xakerlik hujumida Şimoliy Koreyani aybdor deb topgan edi. Bu hujum “Intervyu” komediya filmida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning masxara qilingani Pxenyan ğazabiga sabab bölganidan keyin sodir etilgan.
Sun’iy intellekt kiberjinoyatçilikni kuçaytirmoqda
Kiberxavfsizlik böyiça mazkur hisobot sun’iy intellektdan yovuz niyatli şaxslarning foydalanişi va uning nazoratdan çiqib ketişi mumkinligi haqidagi xavotirlar kuçaygan bir paytda e’lon qilindi.
Ötgan hafta AQŞlik tadqiqotçilar ilk bor tabiatda uçramaydigan viruslarni sun’iy intellekt yordamida yaratganini ma’lum qildi. Bu tibbiyotda yangi kaşfiyotlarga umid uyğotgan bölsa-da, yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflardan xavotirni ham avjlantirdi.
Kiberjinoyatçilik böyiça tahlilçi Mark T. Hofmannning ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt yovuz niyatli şaxslar uçun yangi imkoniyatlar taqdim etib, kiberjinoyatçilikda misli körilmagan özgarişlar yasamoqda.
“Endi sizga xakerlik mahorati yoki axborot texnologiyalari böyiça magistr darajasi kerak emas. Sizga faqat kompyuter va asos bölsa bas. Butun dunyodagi kiberjinoyatçilar hujumlarini tezlaştiriş uçun generativ sun’iy intellektdan, eng yomoni, sun’iy intellekt agentlaridan tobora köproq foydalanadilar”, – dedi Hofmann “Al-Jazira” naşriga.
“Sun’iy intellektning qoronğu tomoni – bu ön yillikning asosiy muammolaridan biridir. Sun’iy intellekt yordamidagi kiberhujumlar odatiy holga aylanadi”, – deya qöşimça qildi Hofmann.
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 14:43

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?
Jahon
01.10.2026, 13:21

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
