Yoshlar nega ta’lim va ishdan uzilyapti — tadqiqot
O‘zbekistonda har uchinchi yosh na o‘qiydi, na ishlaydi, na kasb-hunar o‘rganadi. Bu vaqtinchalik "o‘tish davri"mi yoki yoshlarni, xususan, xotin-qizlarni ijtimoiy hayotdan siqib chiqarayotgan muammolar mavjudmi?
Fan-texnologiya
26.06.2026, 10:11
Ulashish:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan O‘zbekistonda yoshlar orasidagi NEET, ya’ni o‘qimayotgan, ishlamayotgan yoki kasb-hunar o‘rganmayotgan yoshlar holati bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.
2026-yil boshiga kelib, O‘zbekiston aholisi 38,2 million kishidan oshib, bir yil ichida qariyb 700 ming kishiga ko‘paydi. Sezilarli darajada o‘sgan tug‘ilish koeffitsiyenti 2024-yilda 3,4 ga yetdi.
Mamlakat aholisining o‘rtacha yoshi 29 yoshni tashkil etadi. Iqtisodiyotda bu holat "demografik dividend" deb ataladi, ya’ni ishga layoqatli aholi sonining ishlamaydiganlar (bolalar va keksalar) soniga nisbatan ko‘p bo‘lishi iqtisodiy sakrash uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ammo yoshlar bandligi ta’minlanmasa, bu imkoniyat ijtimoiy himoya tizimiga tushadigan og‘ir yukka aylanib qolishi xavfi bor.
NEET - (Not in Education, Employment or Training) hech qayerda o‘qimayotgan, ishlamayotgan va kasb-hunar o‘rganmayotgan yoshlarni ifodalovchi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy indikator hisoblanadi. U an’anaviy ishsizlikdan farq qiladi: ishsiz odam ish qidiradi, NEET guruhidagilar esa mehnat va ta’lim bozoridan butunlay uzilgan bo‘ladi. Qisqacha aytganda, bu ko‘rsatkich hayotda o‘z yo‘lini topolmay, bekor o‘tirgan yoshlar darajasini ifodalaydi.
Mamlakatdagi 14-30 yosh oralig‘idagi qatlamning 33,2 foizi bevosita NEET toifasiga to‘g‘ri kelmoqda.
14-30 yoshlilar:
O‘tish davridagi qiyinchilikmi yoki tizimli to‘siq?
Ko‘pincha jamiyatda va siyosiy doiralarda yoshlarning ishsizligi o‘qishni bitirib, ish qidirishgacha bo‘lgan qisqa “o‘tish davri” muammosi sifatida qabul qilinadi. Biroq yosh guruhlari bo‘yicha raqamlar buning aksini ko‘rsatmoqda.
Yosh guruhlari bo‘yicha NEET, bandlik va ta’lim ko‘rsatkichlari foizda:
Yosh guruhi |
NEET |
Band |
O‘qiydi/Kasb-hunar o‘rganadi |
14-19 | 25,2 | 10,3 | 64,5 |
20-24 | 38,2 | 42,9 | 18,9 |
25-30 | 38,2 | 59,9 | 1,9 |
Iqtisodiy faollik yoshga qarab turlicha bo‘ladi. Ta’lim ustuvor hisoblangan 14-19 yoshli o‘smirlar orasida bandlik darajasi tabiiy ravishda past (10,3%) bo‘lib, NEET ko‘rsatkichi 25,2 foizni tashkil etadi. Ushbu bosqichda yoshlarning asosiy qismi hali kasbiy yo‘nalishini belgilash jarayonida bo‘ladi.
Biroq, 25-30 yoshdagi qatlamning ta’limda ishtirok etish darajasi keskin pasayib (1,9%), bandlik ko‘rsatkichi (59,9%) sezilarli oshsa-da, NEET darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Bu shuni anglatadiki, ta’lim tizimini tark etgan yoshlarning katta qismini mehnat bozori to‘liq o‘ziga singdira olmayapti. Ya’ni, ko‘plab yoshlar o‘qishni tamomlagach, na ta’lim tizimida qolmoqda va na munosib ish o‘rni topa olmoqda.
Gender nomutanosibligi: ta’limdan mehnat bozoriga o‘tishdagi to‘siqlar
O‘zbekistonda yoshlarning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlardan chetda qolishida keskin gender nomutanosibligi mavjud.
Ayollar o‘rtasidagi NEET darajasi (48,4%), erkaklarnikidan (19,4 foiz) ikki barobardan ko‘proq.
Jins bo‘yicha NEET, bandlik va ta’lim ko‘rsatkichlari foizda:
Jins | NEET | Band | O‘qiydi/Kasb-hunar o‘rganadi |
Ayollar | 48,4 | 19,3 | 32,3 |
Erkaklar | 19,4 | 51,3 | 29,4 |
Bu yerda qiziq paradoksga duch kelamiz: qizlar va yigitlarning ta’limdagi ishtiroki deyarli bir xil, hatto xotin-qizlarda biroz yuqoriroq ham. Demak, muammo o‘qishga kirishda emas, balki o‘qishni tugatgach boshlanadi.
Xususan, erkaklarning yarmidan ko‘pi band bo‘lgan bir paytda, ayollarning atigi 19,3 foizi ish bilan ta’minlangan xolos.
Yoshlarning nikoh holatiga ko‘ra mehnat bozori va ta’limdagi holati foizda:
Holati | NEET | Band | O‘qiydi/Kasb-hunar o‘rganadi |
Turmush qurgan/Birga yashaydigan | 49,4 | 47 | 3,6 |
Avval turmush qurgan | 28,9 | 66,8 | 4,3 |
Turmush qurmagan | 12,5 | 31,5 | 56 |
Nikoh ayollar uchun mehnat bozoriga kirishni cheklovchi to‘siq vazifasini o‘tamoqda. Buni raqamlar ham tasdiqlaydi: hali turmush qurmagan yoshlarning bor-yo‘g‘i 12,5 foizi NEET toifasiga kirsa, turmush qurgan yoshlar orasida bu ko‘rsatkich qariyb to‘rt barobar oshib, 49,4 foizni tashkil etadi.
Oila qurish natijasida yoshlarning ta’limdan uzilishi bandlikning o‘sishi bilan qoplanmayapti.
Nikohning gender asimmetriyasi
Turmush qurmagan yoshlar orasida gender tengsizligi deyarli yo‘q.
Biroq nikoh bu tenglikni bir zumda yo‘qotadi. Ayollar uchun nikoh mehnat bozori va ta’limdan chetlashuvning keskin o‘sishi bilan birga keladi.
Jamiyatda uy xo‘jaligini yuritish hamda oila a’zolari parvarishi bo‘yicha mas’uliyatning asosan yosh ayollar zimmasiga tushishi ularni mehnat bozori va ta’lim tizimidan siqib chiqarmoqda.
Erkaklar uchun esa buning aksi — nikoh bandlikni deyarli 2 barobarga oshiradi.
Ta’limdan uzilish jarayoni esa ikkala jins uchun ham bir xil keskin namoyon bo‘ladi. Nikoh deyarli barcha yoshlar uchun ta’lim yo‘lini yopib qo‘yadi.
Biroq erkaklar uchun bu yo‘qotish bandlikning keskin o‘sishi bilan qoplanadi; ayollar uchun esa ta’limdan ham, mehnatdan ham bir vaqtning o‘zida uzilish yuz beradi.
Yoshlarning jinsi va oilaviy holati foizda:

Turmush qurmagan yoshlarning ta’limdagi holati alohida e’tiborga loyiq. Ushbu toifadagi qizlar asosan ta’limda qolib, mehnat bozoriga endigina qadam qo‘yayotgan bo‘lsa, yigitlar esa o‘qish bilan parallel ravishda ishlashmoqda.
Avval turmush qurgan ayollar orasida bandlik turmush qurgan ayollarga nisbatan deyarli uch baravar yuqori. Bu ularning mehnat bozorida faollik salohiyati yo‘qolmagan, shunchaki nikoh doirasidagi majburiyatlar tomonidan to‘sib qo‘yilganini isbotlaydi.
Shu bilan birga, bu toifadagi ayollarning NEET darajasi 31,3 foiz bo‘lib, hali ham turmush qurmagan tengdoshlarinikidan (10,0 foiz) ancha yuqori.
Geografik tafovutlar
O‘zbekistonda yoshlarning iqtisodiy faollikdan uzilib qolishi urbanizatsiya darajasi va mahalliy iqtisodiyotning tuzilishi xilma-xilligi sababli hududiy xususiyatga ega.
Qishloq joylarida NEET darajasi shaharlarga nisbatan yuqoriroq (34,4% va 32%). Biroq bu farq katta ehtimol bilan qishloq yoshlarining qishloq xo‘jaligi va norasmiy sektordagi yuqori ishtirokiga bog‘liq.
Hududlar kesimida NEET darajasi:

Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yoshlarning iqtisodiy nofaollik darajasi yuqoriroq.
Ushbu hududlardagi salbiy dinamika, bir tomondan, aholi zichligining yuqoriligi va iqtisodiyotning asosan agrar sohaga bog‘lanib qolgani bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini cheklovchi mahalliy ijtimoiy normalarning ta’siri bilan asoslanadi.
Aksincha, Toshkent shahri hamda Buxoro viloyatida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy integratsiyasi bo‘yicha eng ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda.
Farovonlik va kambag‘allik zanjiri
Oilalarning moddiy imkoniyatlari yoshlarning ta’lim va mehnat bozoridagi ishtirokini belgilovchi asosiy omillardan biri. Oilaning moddiy ahvoli qanchalik past bo‘lsa, undagi yoshlarning NEET toifasiga tushish xavfi shunchalik ortadi.
NEETning daromad kvintillari bo‘yicha taqsimlanishi:

Aholining daromad darajasi jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanishni yaqqol ko‘rsatadi: eng kam daromadli (1-kvintil) xonadonlardagi yoshlarning deyarli yarmi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan (NEET) butunlay uzilib qolgan bo‘lsa, eng yuqori daromadli (5-kvintil) qatlamda bu ko‘rsatkich atigi 20,8 foizni tashkil etadi.
Kambag‘allik chizig‘i bo‘yicha taqqoslaganda ham vaziyat jiddiy: kambag‘al oilalar farzandlarining 53,9 foizi NEET maqomida, kambag‘al bo‘lmaganlarda esa bu ko‘rsatkich 32,0 foizdir.
O‘rtadagi 21,9 foizlik tafovut moliyaviy yetishmovchilik shunchaki maishiy qiyinchilik emas, balki yoshlarni ta’lim va ish istiqbollaridan mahrum etuvchi omil ekanini anglatadi.
O‘zbekistonda berilayotgan ta’lim va kasbiy imtiyozlardan maqsad – yopiq halqani uzish.
Tizimli ko‘mak imkoniyatlarni 3 yo‘nalishda kengaytiradi:
- Bog‘cha to‘lovi, maktab darsliklari ijarasi, qishki kiyim va to‘garak xarajatlari qoplanib, oilaning iqtisodiy yuklamasi yengillatiladi.
- Talabalarning to‘lov-kontraktlari to‘lab beriladi hamda IT va xorijiy tillarni o‘rganish uchun subsidiyalar ajratiladi.
Yoshlarning ishga joylashishi va tadbirkorlik boshlashi uchun sharoitlar yaratiladi.
Ushbu tadqiqot Statistika agentligi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan “Uy xo‘jaliklari byudjeti so‘rovi” (HBS) ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan.
HBS asosan iste’mol xarajatlariga qaratilgani sababli, unda qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlar, norasmiy bandlik, qisqa o‘quv kurslari va ish joyidagi amaliy treninglar to‘liq aks etmasligi mumkin.
Shu sababli, tahlil natijalari qat’iy xulosalar emas, balki mavjud ma’lumotlar asosida ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan va davlat siyosatiga yo‘nalish beruvchi manba sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiq.
Fan-texnologiya
26.06.2026, 10:11
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 14:48

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Kambagʻal oilalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun vaucherlar ajratiladi
Oʻzbekiston
15.12.2025, 16:11

Oʻzbekistonda 1,5 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi
Oʻzbekiston
24.09.2024, 10:01
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
