Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov

Jurnalist va diplomat Beruniy Alimov bilan uning faoliyati,  Yelizaveta II bilan uchrashuvi va Islom Karimov bilan ishlagan yillari haqida suhbatlashdik. 

Ulashish:

https://www.youtube.com/embed/qLAM8UvX1lQ

Jurnalist, diplomat va media mutaxassisi Beruniy Alimov faoliyatining qariyb 30 yili jurnalistika, diplomatiya va davlat boshqaruvi bilan bog‘liq. U Buyuk Britaniya, Yaponiya va Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonalarida ishlagan, Prezident devonida bosh konsultant va prezident matbuot kotibi vazifasini bajargan. 

Paradigma.uz studiyasidagi suhbat davomida u 1990-yillardagi diplomatik faoliyati, qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashuvi hamda Islom Karimov bilan ishlagan yillaridan ayrim xotiralarini gapirib berdi.

 

Londondagi ilk yillar

Beruniy Alimov 1996-yilda Londonga borganida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hali endi shakllanayotgan edi. Elchixona binosi 1994–1995-yillarda Holland Parkdagi 41-uydan sotib olingan, 1996-yilda esa uni ta’mirlash ishlari boshlangan. O‘sha paytda O‘zbekistonning Londonda doimiy elchisi ham bo‘lmagan. 1997-yilda Fotih G‘ulomovich Teshaboyev O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi birinchi elchisi sifatida qirolichaga ishonch yorlig‘ini topshirgan.

Alimovning aytishicha, o‘sha yillarda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va gumanitar aloqalar endigina rivojlanayotgan edi. Britaniyadan samolyotlar xarid qilingan, talabalar va olimlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan, Britaniya ekspertlari O‘zbekiston haqida tadqiqotlar olib bora boshlagan.

Uning o‘sha davrdagi asosiy muammolaridan biri esa til bo‘lgan. O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rgangan, Hindistonda ikki yil tahsil olgan bo‘lsa-da, Londondagi til muhiti boshqacha edi.

“Lekin o‘sha paytda tildan qiynalganman. Kamida uch-to‘rt oy faqat tilga moslashishga ketgan”

U dastlab Buyuk Britaniyaga ish uchun emas, amaliyot o‘tash uchun yuborilgan. Keyinchalik elchining taklifi bilan shu yerda qolib, diplomatik sohada ishlash imkoniga ega bo‘lgan. Natijada u press-attashe va Jahon axborot agentligining Britaniyadagi birinchi rasmiy muxbiri sifatida faoliyatini boshlagan.

Uning vazifalaridan biri britaniyalik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi savollariga javob berish edi. BBC O‘zbek xizmati bilan jonli efirlar tashkil qilingan, boshqa britaniyalik jurnalistlar O‘zbekiston haqida maqola yoki media loyihalar tayyorlaganida elchixonaga murojaat qilgan.

Alimov uchun yana bir muhim jihat professional aloqalar bo‘lgan. Foreign Office qoshidagi xorijiy jurnalistlar uyushmasi orqali Britaniyadagi hamkasblar bilan aloqa o‘rnatgan. O‘sha paytdagi asosiy aloqa vositasi esa faks edi.

 

Qirolicha bilan 40 daqiqaga cho‘zilgan uchrashuv

1997-yilda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi birinchi elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorlig‘ini topshirishi kerak edi. Elchixona xodimlariga ham unga hamroh bo‘lish imkoniyati berilgan.

Alimovning aytishicha, uch-to‘rt daqiqalik uchrashuv uchun qirolichaning protokol xodimi ularni 40 kun davomida tayyorlagan. Qanday kirish, ta’zim bajo keltirish, qirolichaga ingliz tilida murojaat qilish va suhbat tugaganini qanday anglashgacha bo‘lgan detallar tushuntirilgan.

Ammo amaldagi uchrashuvda o‘rgatilgan protokolning katta qismi buzilgan.

“O‘sha 40 kun davomida bizga o‘rgatilgan protokolning aksariyati buzilgan… Qirolichaning o‘zi tomonidan buzilgan”

Protokolga ko‘ra, diplomat qirolichaga yaqinlashishda ikki marta ta’zim qilishi kerak edi. Ammo Alimov birinchi marta ta’zim qilib boshini ko‘targanida qirolichaning o‘zi unga tomon kelayotganini ko‘rgan.

“Boshimni ko‘tarayotganimda, kichkinagina ikkita oq tufli kelayotganini ko‘rganman. Hatto yuziga qarashga odam botina olmagan”

Qo‘l berib ko‘rishmaslik kerak bo‘lgan vaziyatda ham Qirolichaning o‘zi birinchi qo‘l cho‘zgan. Alimov esa uchrashuvdan bir kun oldin qo‘lini kesib olgani uchun jarohatni plaster bilan yopib qo‘ygan edi.

Uchrashuvning yana bir jihati – til masalasi. Alimov qirolichaning “Queen’s English”ini qat’iy deb ta’riflaydi, biroq suhbat jarayonida til to‘sig‘i sezilmaganini aytadi.

“Gapirayotgan har bir so‘zi yumshoq, muloyim bo‘lgani bilan, lekin ichida qattiq prujinasi bor, o‘shani his qilganman”

Uch-to‘rt daqiqaga mo‘ljallangan suhbat esa 40 daqiqadan oshib ketadi. Avval ish va diplomatik faoliyat haqida savollar berilgan, keyin suhbat London, Alimovning taassurotlari va oxir-oqibat O‘zbekiston haqida davom etgan.

Alimov qirolicha Yelizaveta II ni avvalo kuchli kommunikator sifatida eslaydi. Uning fikricha, qirolicha odamni gapirtira olgan, suhbatdoshining qiziqishlarini so‘rab, muloqotni tabiiy davom ettirgan.

 

Islom Karimovning matbuot kotibi sifatida

Alimovning Prezident matbuot xizmatiga kelishi ham kutilmaganda sodir bo‘lgan. Unga oldindan hech qanday tushuntirish berilmagan. Hujjat topshirish uchun chaqirishgan va keyin uzoq vaqt kutgan. Nihoyat, suhbatga olib kirilgan.

Uchrashuv ham rejalashtirilmagan edi. Alimovning aytishicha, ikki yarim soat davom etgan suhbat boshida savol-javob tarzida kechgan, keyinchalik esa monolog va maslahatga aylangan.

Suhbat yakunida Karimov unga: “Hozircha ish joyingga ishga chiqmay turgin. Men bir o‘ylab ko‘ray, agar ma’qul kelsa, seni o‘zim ishga olaman bu yoqqa”, deydi.

Alimov Islom Karimov bilan ishlashdagi eng muhim jihatlardan biri rahbarning xodimlardan fikr so‘rashi bo‘lganini ta’kidlaydi. Uning aytishicha, Karimovning jamoat oldidagi muomalasi bilan yolg‘iz suhbatdagi muomalasi o‘rtasida farq bo‘lgan.

“Publikaning oldida qaysi so‘zlarni ishlatadi va siz bilan qolganda qaysi so‘zlarni ishlatadi – buning farqi bor-da”

Alimov ko‘plab masalalarda Karimovning fikriga qo‘shilmaganini ham aytadi. Biroq vaqt o‘tib, ayrim hollarda rahbarning aytganlari to‘g‘ri bo‘lib chiqqanini ta’kidlaydi.

“Hayron qolardim: yana bularning gapi to‘g‘ri chiqdi-yu, deb”

U Karimov xarakterini yosh, qat’iyatli va o‘z aytganidan qaytmaydigan odam sifatida tasvirlaydi. Shuningdek, boshqalarning fikrini butunlay rad etmasligini ham ta’kidlab, “Seni gapingda ham, umuman olganda, jon bor”, degan holatlar ko’p bo‘lganini eslaydi.

 

Matbuotga munosabat va “off the record” suhbatlar

Karimov xorijiy safarlarda jurnalistlar bilan ba’zan rasmiy intervyudan tashqari ham gaplashgan.

Bunday vaziyatlarda kameralar o‘chirilgan, suhbatdagi ayrim ma’lumotlar efirga berilmagan. Alimov bunday suhbatlarda davlatlar o‘rtasidagi manfaatlar haqida ham gaplar bo‘lganini eslaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Karimov bir safar jurnalistlarga: “Biror bir davlat bizga kelganda, bizning manfaatimiz uchun kelmaydi, o‘zining manfaati uchun keladi va bu tabiiy”, degan. Shu sababli jurnalistlardan ortiqcha bo‘rttirib yubormaslik so‘ralgan.

Alimovning aytishicha, Karimov ko‘p tomonlama siyosiy bloklardan ko‘ra ikki tomonlama munosabatlarni afzal ko‘rgan. Chunki bunday aloqalarda kelishuvlarning bajarilishini kuzatish, hukumatlararo komissiyalar orqali natijalarni tekshirish mumkin.

 

Andijon voqealari va matbuot anjumanlari

Islom Karimov faoliyatining eng murakkab davrlaridan biri 2005-yilga to‘g‘ri kelgan. Alimov Yaponiyadan qaytib, Prezident matbuot xizmatida ishlay boshlagan davrda demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro bosim kuchayganini eslaydi.

Andijon voqealaridan keyin Oqsaroyda ikki marta matbuot anjumani o‘tkazilgan. Birinchi anjumanda xorijiy va mahalliy jurnalistlar qatnashgan. Ikkinchi matbuot anjumanini esa dastlab Prezident ishtirokisiz o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ammo anjuman davomida Prezident kutilmaganda tashrif buyurgan.

“O‘shanda juda ham keskin savollar berilgan, javoblar ham professional darajada bo‘lgan, deb o‘ylayman"

Jurnalistlar orasida Andijon voqealarida begunoh odamlarning halok bo‘lgani haqida ham savollar bo‘lgan. Alimovning xotirlashicha, Karimov buni inkor qilmagan. Prezident javobida: “Otilayotgan o‘q borayotganda bu begunoh ekan, deb aylanib o‘tib, orqasidagi terroristga tegmaydi-ku! … Agar buni to‘xtatmasak, nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo o‘t ichida qolishi mumkin edi. Va buning tashkilotchilarini ham bilamiz, kimligini”, degan. 

Alimov o‘sha davrni O‘zbekiston uchun murakkab sinov yili sifatida eslaydi. Uning aytishicha, shu davrda demokratiya va inson huquqlari masalalarida xalqaro bosim kuchaygan, qo‘shnilar bilan munosabatlarda ham taranglashgan.

 

O‘zbekistonning xalqaro imiji

Alimovning fikricha, 2000-yillar o‘rtalarida O‘zbekiston xalqaro media makonida hali yetarlicha tanilmagan edi. Bu mavzuni ilmiy tadqiqotlarida ham o‘rgangan.

Bugungi vaziyatda esa u xalqaro jurnalistlarning O‘zbekistonga kelib, mamlakatdagi jarayonlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi lozimligini aytadi. Uning fikricha, jurnalistning o‘zi guvoh bo’lib, odamlar bilan suhbatlashib mustaqil tayyorlagan materiali oddiy reklama kampaniyasidan farq qiladi.

Uning so‘nggi takliflaridan biri – xalqaro kommunikatsiyada tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish. Alimovning fikricha, har bir tashkilot o‘z imiji ustida ishlashi bilan birga, umumiy koordinatsiya mexanizmi ham bo‘lishi kerak.

U buni ichki kommunikatsiya bilan bog‘laydi: 

“PRda bitta narsa bor: ichki kommunikatsiyani kuchaytirmay turib, tashqi kommunikatsiya haqida gapirish qiyin”

Suhbat yakunida Alimov Blez Paskalning “Odamlarga ta’sir qilishning ikki xil usuli bor: birinchisi – yoqish, ikkinchisi – ishontirish” degan fikrini keltiradi. 

“Biz O‘zbekistonni butun dunyoga sevdira olishimiz kerak… Sevdira olsakkina, bizning gapimizni eshitishadi”.

 

Xurshid Alimardanov suhbatlashdi

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi

Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi

Bundan 10 yillar oldin dunyoning eng maşhur futbolçilarini öz safiga çorlagan Xitoy futboli qanday qilib moliyaviy inqirozga yuz tutdi?

Sport

26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →