Indoneziya aviakompaniyalariga Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi
Oʻzbekiston va Indoneziya aviatsiya hukumatlari oʻrtasida yangi kelishuv imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Oʻzbekiston
07.08.2025, 15:33
Ulashish:

Foto: Transport vazirligi
Qayd etilishicha, prezidentning 2023 yil 11 sentabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq 2030 yilga qadar aviaqatnovlar hajmini toʻrt barobarga oshirish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Transport vazirligi delegatsiyasining navbatdagi uchrashuvi Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Indoneziya aviatsiya hukumatlari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik va havo qatnovlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Foto: Transport vazirligi
Uchrashuv davomida Indoneziya tomoniga Oʻzbekistonda “Ziyorat turizmi” hamda fuqaro aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Indoneziya aviakompaniyalari vakillari bilan oʻtkazilgan alohida uchrashuvlarda “Umra plyus” dasturini rivojlantirish bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqildi.
Muzokaralar yakuniga koʻra aviatsiya hukumatlari oʻrtasida tegishli hujjatlar imzolandi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- · havo qatnovi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimda aviakompaniyalar soniga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish va mazkur shartni aviatsiya hukumatlarining vakolati asosida kuchga kiritish boʻyicha zudlik bilan kelishuv imzolash;
- · havo qatnovi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimga kiritilgan oʻzgarishlarni esa oʻrnatilgan tartibda amaldagi qonunchilik talablari asosida ikki davlat ichki kelishuvlar jarayonlarini amalga oshirish yoki diplomatik notalar almashinuvi orqali qabul qilish, unga qadar parvozlarni ikki davlat aviatsiya hukumatlari oʻrtasida imzolangan yangi kelishuv doirasida amalga oshirish;
- · Oʻzbekiston tomonidan tayinlangan aviakompaniyalar uchun bitimdagi Jakarta shahriga qoʻshimcha ravishda aholi qatlami zich joylashgan eng yirik turistik va sanoatlashgan Denpasar, Surabaya, Medan, Yogyakarta, Majalengka, Banda Asex, Tanjung Pandan, Lombok va qoʻshimcha istalgan ikkita shaharlarni parvoz manzili etib belgilash;
- · Indoneziya tomonidan tayinlangan aviakompaniyalari uchun Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqini berish;
- · “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va Indoneziya aviatsiya hukumati oʻrtasida 1995 yilda imzolangan “Kelishuv” shartlariga muvofiq barcha turdagi aviaqatnovlar uchun haftasiga 3 marta etib belgilangan chastotalarni yangi kelishuv asosida har bir tomon aviakompaniyalari uchun 28 taga oshirish (jami 56 ta) ularni yarmini yoʻlovchi va qolgan yarmini yuk tashish uchun belgilash;
- · barcha aviakompaniyalar uchun aviaqatnovlarni havo kemasining yoʻlovchi va yuk sigʻimi boʻyicha cheklovlarsiz parvozlarni amalga oshirishiga ruxsat berish;
· Yuqorida qayd etilgan aviakompaniya va aviatsiya hukumati oʻrtasida 1995 yilda imzolangan kelishuvni bekor qilish va barcha parvozlarni yangi kelishuv shartlari asosida amalga oshirish;
Denpasar yoʻnalishida amalga oshiriladigan aviaqatnovlarning 50 foizini Code Share asosida amalga oshirish;
- yuk tashish aviaqatnovlari uchun har ikki tomon aviakompaniyalariga uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi havo erkinliklarini berish;
- kelgusida aviaqatnovlar hajmini oshirish hamda qoʻshimcha aviakompaniyalarni tayinlash masalalarini oʻzaro xat almashish yoʻli bilan hal etish.

Foto: Transport vazirligi
Vazirlik xabarida taʼkidlanishicha, erishilgan kelishuvlar kelgusida ikki davlat oʻrtasida aviaqatnovlarni bajaruvchi aviakompaniyalar sonini koʻpaytirish, “Umra plyus” dasturini amalga oshirish orqali Ziyorat turizmini rivojlantirish, aviaqatnovlarda har ikki tomonlama yoʻlovchi va yuk tashish hajmlarini oshirish, turistlarning erkin harakatlanishi hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanishiga katta turtki boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekiston
07.08.2025, 15:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Jahon iqlim indeksӣ: Oʻzbekiston 53-oʻrinda
Oʻzbekiston
02.12.2025, 10:10

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters
Siyosat
08.11.2025, 15:19

AQSh Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qiladi
Oʻzbekiston
07.11.2025, 15:06

Oʻzbekiston AQShga 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi — Tramp
Iqtisodiyot
07.11.2025, 11:03

Bugun havo biroz bulutli boʻladi
Oʻzbekiston
18.10.2025, 09:12

Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 17:29
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Putin “klon kabinetlar” qurdirib, oʻzi Valday oʻrmonlarida yashirinmoqda — OAV
Jahon
12.11.2025, 12:01
So‘nggi yangiliklar

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona
Jahon
09.12.2025, 19:00

Oʻzbekistonda 70 ga yaqin onlayn qimor platformalari bloklandi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 14:48

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?
Oʻzbekiston
09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?
Oʻzbekiston
09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 09:01

Konstitutsiya kuni munosabati bilan jazo muddatini oʻtayotgan 615 nafar mahkum afv etildi
Oʻzbekiston
08.12.2025, 11:58

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi
Iqtisodiyot
08.12.2025, 10:15

Oʻzbekistonda bank kartalari soni keskin oshib bormoqda
Oʻzbekiston
08.12.2025, 09:26

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi
Oʻzbekiston
06.12.2025, 15:58

Tojikistonning Rogʻun GESi — dunyodagi eng baland qurilayotgan mega-loyiha
Siyosat
06.12.2025, 13:46

SPID haqida 10ta notoʻgʻri qarash
Oʻzbekiston
06.12.2025, 12:26
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Putin “klon kabinetlar” qurdirib, oʻzi Valday oʻrmonlarida yashirinmoqda — OAV
Jahon
12.11.2025, 12:01
