Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumatning 524-sonli qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi

Sport

26.08.2025, 20:03

Ulashish:

Nizom Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, sport maktablarida sport turlari boʻyicha 5–11-sinflarda taʼlim beriladi. 

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi oʻquvchi-sportchilarni 1–4-sinflarga oʻqishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Taʼlim jarayoni oʻquvchi-sportchilar soni 12 - 24 nafargacha boʻlgan sinflarda tashkil etiladi.

Oʻquvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishki taʼtilda 15 kun, yozgi taʼtilda 45 kun, jami 60 kunlik oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkaziladi.

Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari boʻyicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati beriladi.

Sport

26.08.2025, 20:03

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda

2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati atrofida siyosiy muhokamalar keskinlashdi. AQSh, Kanada va Meksika qoʻshma mezbonlik qiladigan mazkur turnir ayrim Yevropa mamlakatlarida boykot qilinishi mumkinligi haqida ochiq bahslar paydo boʻldi.

Jahon

21.01.2026, 11:22

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Islom birdamlik oʻyinlariga 194 nafar sportchi bilan boradi

7–21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Sport

27.10.2025, 09:01

Jahon chempionatida faqat Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ishtirok etadi. Qolganlar-chi?

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayevning JChdagi ishtiroki boʻyicha munosabat bildirdi.

Sport

06.10.2025, 17:23

Aytjan Xalmaxanovga Nurafshondan 3 xonali kvartira berildi

Yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga «Nurafshon City» hududidagi koʻp qavatli uylardan 3 xonali kvartira prezident sovgʻasi sifatida topshirildi.

Sport

01.10.2025, 19:40

Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov Jahon chempionatida bitta vaznda ishtirok etadi

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Ruslan va Akbar JChda bir xil, 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Sport

30.09.2025, 18:09

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi

Oʻzbekiston MMA jamoatchiligida soʻnggi kunlarda sportga aloqasi yoʻqdek koʻringan, ammo katta shov-shuvga aylangan voqea muhokama qilinmoqda. Gap Anvar Abdullayevning kreditga olingan avtomashinasi va uning toʻlovi atrofidagi bahs haqida ketmoqda.

Sport

29.09.2025, 18:01

So‘nggi yangiliklar

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi

Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatida 27 fevralga oʻtar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir boʻldi. Oqibatda 7 kishi halok boʻldi. 

Jahon

27.02.2026, 12:22

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

28 fevral kuni Quyosh ufqqa botgandan soʻng osmonda noyob manzara — 6 ta sayyora ishtirokidagi sayyoralar paradini kuzatish mumkin boʻladi. Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. 

Fan-texnologiya

27.02.2026, 11:08

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 10:25

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11

Shimoliy Koreya AQSh bilan yarashishi mumkin, ammo Janubiy Koreyani “yoʻq qilish”ga tayyor

Kim Chen Inning aytishicha, agar Vashington uning yadroviy maqomini tan olsa, Shimoliy Koreya AQSh bilan iliq munosabatga oʻtishi mumkin. 

Jahon

26.02.2026, 13:38

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi

Kompaniyaning kurerlarga yoʻllagan murojaatida 2026 yil 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashi aytilgan.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 16:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56