Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 14.04.2026, 16:16

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli  yana 32 million odam qashshoqlashadi

Garchi asosiy talafot mojarodan bevosita jabr ko‘rgan va import qilinadigan energiyaga qaram bo‘lgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelsa-da, tadqiqot natijalari jangovar harakatlardan yiroqda joylashgan kambag‘al davlatlarga ham jiddiy va uzoq muddatli zarar yetishini ko‘rsatmoqda.

Vaqtinchalik sulhga qaramay, mojaroning ta’siri “keskin” bosqichdan “davomli” bosqichga o‘tmoqda. Bu bosqich qancha uzoq davom etsa, kambag‘al mamlakatlarning qashshoqlikka yuz tutishi xavfi shunchalik ortadi. Eng yomon ssenariyda esa yana 32 million kishi qashshoqlik domiga tushishi mumkin.

Hisobotda ta’kidlanishicha, ayniqsa, Fors ko‘rfazi, Osiyo, Sahroyi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlari hamda rivojlanayotgan kichik orol-davlatlar zaif hisoblanadi.

“Urush – bu taraqqiyotning aksi. Ziddiyat mamlakatlarning yillar davomida bunyod etganini bir necha hafta ichida yo‘qqa chiqarishi mumkin. Yangi tahlil Yaqin Sharqdagi mojaro keskinlashuvining ziyoni bevosita jabr ko‘rgan mamlakatlar bilan cheklanib qolmay, balki energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishiga moslashish uchun moliyaviy imkoniyatlari cheklangan davlatlarga ham qimmatga tushayotganini ko‘rsatmoqda. Ular bugungi narxlarni barqarorlashtirish hamda kelajakdagi sog‘liqni saqlash, ta’lim va ish o‘rinlarini moliyalashtirish o‘rtasida imkonsiz tanlov qilishga majbur bo‘lishadi. Buning oldini olishda o‘z vaqtida ko‘rilgan siyosiy choralar ahamiyatli.” – dedi BMTTD ma’muri va BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Aleksandr De Kroo. 

 

Alexander De Croo begins new role as Administrator of the United Nations  Development Programme | United Nations Development Programme

BMTTD har bir ehtimoliy ssenariy uchun mojaro oqibatlarini yumshatishga qaratilgan aniq siyosiy choralarni taklif qilmoqda.

Asosiy tavsiya – kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli va vaqtinchalik pul yordamlarini joriy etish. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, vaziyatga qarab, bu chorani samarali amalga oshirish uchun 6 milliard dollargacha mablag‘ zarur bo‘ladi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar

Avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar ustiga, xiyobonlarga, bolalar maydonchalariga, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi

2027-yilning mart oyida topshiriladigan navbatdagi “Oskar” taqdirlash marosimiga oid yangi qoida joriy etildi.

Madaniy

02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq

Yarim tunda London markazida noma’lum haykal paydo bo‘ldi — ertalab esa uning ortida dunyoga mashhur sirli rassom Benksi turgani ochiqlandi.

Madaniy

01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi

19-aprel kuni isroillik askarning Iso Masih ramzi bo‘lgan haykalni sindirib ketgani bilan bog‘liq munozaralar tinchib ulgurmagan bir paytda, Isroil nasroniylarga qarshi yana bir nafrat jinoyati bilan kun tartibiga chiqdi.

Jahon

01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi

Respublikada 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar bor. Ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi hamon tabiiy gaz va ko‘mirga bog‘liq. Gidroenergiya ulushi esa 10-12 foiz atrofida.

Iqtisodiyot

01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi

5 yil muqaddam sodir bo‘lgan o‘sha portlashda 13 nafar AQSh harbiysi va 160 nafarga yaqin afg‘onistonlik tinch aholi vakili halok bo‘lgandi.

Jahon

01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish payshanba kuni Vashingtonning mablag‘larni ajratishga shartlar qo‘ygani haqidagi xabarlardan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning ushbu jahon tashkilotidan milliardlab dollar qarzi “muzokara qilinmasligi”ni ta’kidladi.

Jahon

01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi

Seshanba kuni AQSh ommaviy axborot vositalari Pentagon maxfiy operatsiyalarda Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qildi.

Fan-texnologiya

30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda

Zelenskiy Ukraina rasmiylariga Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi yuzasidan Tramp jamoasi bilan bog‘lanishni topshirdi.

Jahon

30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil prezidenti Isaak Gersogga nisbatan “bosim kampaniyasi”ni qayta boshladi. Uning fikricha, Bibiga qo‘yilgan ayblovlar “sharob va sigaret” kabi ahamiyatsiz ekan.

Jahon

30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi

17-aprelda boshlangan 10 kunlik sulh keyinchalik 17-maygacha uzaytirilgan edi, biroq Isroil janubiy Livanda havo hujumlari uyushtirish va uylarni buzish orqali uni har kuni buzishda davom etmoqda.

Jahon

30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?

Dunyo “yashil energiya”ga o‘tmoqda, degan taxminlar shubha ostida qoldi. Insoniyat neft davri tugashini kutayotgan bir paytda, BAA kabi ba’zi yirik ishlab chiqaruvchilar uni yanada ko‘proq qazib olishga intilmoqda.

Jahon

30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar

Qamchibek Tashiyev iste’fosi shunchaki kadrlar almashinuviga o‘xshamayapti. Ehtimol ushbu xavfli o‘yinda Japarov hamda Tashiyevning shaxsiy va oilaviy sirlari o‘rtaga tikilgan. Shuningdek, Tashiyevda O‘zbekiston jinoyat olamidagi aloqalarni fosh qiluvchi sirli ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. 

Jahon

29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan turizm majmuasi bilan tanishdi. 

Oʻzbekiston

28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi

27-aprel kuni Putin Sankt-Peterburgda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Jahon

28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi

“Polsha dronlar floti – bu Yevropa Ittifoqi mablag‘lari, Polsha kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Ukrainaning bevosita jang maydonidagi tajribasining uyg‘unlashuvidir”, – dedi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk

Jahon

27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Isroil prezidenti Isaak Gersog Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostonaga keldi. U Qozog‘istonni “jahon miqyosida ahamiyatga ega mamlakat” deb atadi. 

Jahon

27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi

Abbos Aroqchi Pokistondagi safari davomida birrovga Ummonga tashrif buyurgan. So‘ng yana Islomobodga qaytgan.

Jahon

27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

2026-yil 1-maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi ham qayta tiklanadi.

Oʻzbekiston

27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda

2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etgan. Bu har 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Oʻzbekiston

27.04.2026, 11:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →