Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil 20 kunda 1100 falastinlikni oʻldirdi
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, 13 avgustdan buyon Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan havo va artilleriya zarbalari natijasida kamida 1100 falastinlik halok boʻldi. Shuningdek, 6000 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Jahon
04.09.2025, 16:26
Ulashish:
Vazirlik rahbari Munir al-Burshning aytishicha, zarbalar avvalo Jabaliya al-Balad va Nezle hududlaridan boshlangan, keyin esa Shayx Rizvan, Az-Zaytun va Sabra mahallalari tomonga kengaygan. Hujumlar Al-Ahli shifoxonasi atrofiga ham yetib borgan.
Al-Burshning taʼkidlashicha, minglab turar-joy binolari vayron qilingan, tibbiy muassasalarga ham zarba berilgan. Jumladan, Shayx Rizvan klinikasi va bir nechta tez yordam mashinalari yoʻq qilingan. Bu esa aholining tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini yanada ortishiga olib kelgan.
Uning soʻzlariga koʻra, falastinliklarning minglab oilalari uylarini tark etishga majbur boʻlgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi katta oziq-ovqat va dori-darmon tanqisligida qolmoqda.
“Okkupant Isroil xalqaro hamjamiyatni yolgʻon maʼlumotlar bilan chalgʻitib, tinch aholiga qarshi genotsidni oqlashga urinayotir”, – dedi al-Bursh.
8 avgust kuni Isroilning harbiy-siyosiy kabineti Gʻazo shahrining shimolini bosib olish rejasini maʼqulladi.
Bosh vazir Binyamin Netanyahuning aytishicha, maqsad butun Gʻazo sektori ustidan nazorat oʻrnatishdir.
Isroil OAV maʼlumotlariga koʻra, armiyaga keyingi bosqichga oʻtish buyrugʻi berilgan, biroq sentabrgacha rejaning amalga oshishi ehtimoli past.
Hujjatga koʻra, birinchi bosqichda taxminan 1 million falastinlik janubga siqib chiqariladi, shahar qamal va kuchli havo zarbalariga uchraydi, keyin esa bosib olish boshlanadi. Ikkinchi bosqichda esa Gʻazoning markazidagi qochqinlar lagerlari ustidan nazorat oʻrnatilishi koʻzda tutilgan, ular qattiq vayron boʻlishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Gʻazo sektori 1967 yildan 2005 yilgacha 38 yil mobaynida Isroil okkupatsiyasida boʻlgan. Hozir bu hududda taxminan 2,3 million falastinlik yashaydi va u 18 yildan beri qattiq blokada ostida qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi
Jahon
17.08.2026, 10:31

Ğazo uruşidagi eng yirik ommaviy janoza marosimi bölib ötdi
Jahon
05.08.2026, 09:46

Isroil hujumlari tufayli Ğazoda 18 kişini halok böldi
Jahon
03.08.2026, 10:01
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
