Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.
Jahon
02.11.2026, 16:55
Ulashish:

31-oktyabr kuni Germaniyaning Frankfurt şahridagi dökonlar yuzlarini niqob bilan berkitgan tartibsizlik iştirokçilari tomonidan talon-toroj qilindi. Bu voqea Germaniyaning yirik şaharlarida ön minglab namoyişçilar ta’lim sifatini yaxşilaş va yaşaş xarajatlarini kamaytiriş talabi bilan köçalarga çiqqanidan keyin yuz berdi.
Namoyişlar joriy yilda Yevropa böylab Z avlod yetakçiligida ötkazilgan norozilik harakatlari tölqinini davom ettirdi. Serbiyada talabalar boşçiligidagi faollik saylovlar orqali mamlakatning uzoq yillik yetakçisini hokimiyatdan ketişga majbur qildi. Fransiyadagi ğalayonlar esa tartibsizliklar va talon-torojlarga aylanib ketdi.
Germaniyadagi namoyişlarni “Gen Z regelt” (“Z avlodi mas’uliyatni öz zimmasiga oladi”) harakat guruhi taşkil etdi. Ular Berlin, Frankfurt va Myunxen kabi 34 ta şaharda bölib ötdi. Harakat majburiy harbiy xizmatga qarşi çiqib, ta’lim sohasiga köproq mablağ ajratilişini talab qilgan. Çunki Germaniyadagi köplab yoşlar yaşaş xarajatlari oşib borayotgani sababli moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelmoqda.

Germaniyaning moliyaviy markazi hisoblangan Frankfurtda namoyişlar zöravonlikka aylanib ketdi. Reuters naşrining xabar berişiça, politsiya vaziyatni nazoratga olişga urinsa-da, kamida ikkita dökon talon-toroj qilingan, yana bir neçta savdo nuqtalariga zarar yetkazilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, namoyişçilar soni taşkilotçilar kutgan 182 ming kişiga yetmagan. Frankfurt, Myunxen va Berlin politsiyasi mitinglarda jami 18 mingça odam qatnaşganini bildirdi. Ammo taşkilotçilarning veb-saytida qariyb 36 ming kişi körsatilgan.
Germaniya rasmiylari şanba kungi namoyişlar Xellouin bayrami tadbirlari bilan bir vaqtga töğri kelganiga qaramay, tinç ötganini ma’lum qildi. Şuningdek, ekstremistik guruhlar uşbu harakatdan öz maqsadlari yölida foydalanişi mumkinligidan ham ogohlantirdi.
Gamburg şahrida esa ayrim barrikadalarga öt qöyilgan.
“Bugun bu yerga uruş va zöravonlik emas, balki tinçlik hamda erkinlik uçun kuraşiş maqsadida yiğildik. Biz uçun eng muhimi — soğliqni saqlaş va ta’lim tizimlarini yanada köproq qöllab-quvvatlaşdir. Biz majburiy harbiy xizmatga qarşimiz va mas’uliyat yukining adolatliroq taqsimlanişi tarafdorimiz”, — dedi “Gen Z regelt” taşkiloti matbuot kotibi Lina Fridrix.
Federal içki işlar vazirligining ma’lumot berişiça, Germaniyadagi öta söl ekstremistik doiralarning ayrim bölimlari hamda xorijiy ekstremistik harakatlarga aloqador ba’zi guruhlar tarafdorlarni safarbar etiş maqsadida birlaşgan.
“Fransiyadagi öşa manzaralar — talonçiliklar, yonayotgan uy va politsiya maşinalari hamda politsiya xodimlariga qilingan hujumlar barçamizning köz öngimizda turibdi. Bu borada Fransiyadan aslo örnak olmaslik kerak”, — dedi Frankfurt şahri joylaşgan Gessen federal yeri içki işlar vaziri Roman Pozek.
Namoyiş taşkilotçilari e’tiborini qaratgan asosiy jihat – Yevropaning eng gigant iqtisodiyotida yoş avlod zimmasiga tuşayotgan bosim tobora ortayotgani.
“Hukumat bizning xavotirlarimizga javoban qisqartirişlarni davom ettiriş va zimmamizga yanada köp oğirlik yuklaşdan boşqa heç narsa taklif qilmadi. Bizni e’tiborsiz qoldirişdan töxtamas ekansiz, yiğilişlar ötkaziş böyiça asosiy huquqimizdan foydalanaveramiz” — dedi Myunxendagi mitingda nutq sözlaşi kutilayotgan 18 yoşli Stiv kansler Fridrix Mersga murojaat qilar ekan.
Iqtisodiy muammolar
Germaniya iqtisodiy ösişni tiklaşga qiynalmoqda. Şuningdek, “bebi-bumerlar” avlodi nafaqaga çiqayotgani va mehnatga layoqatli aholi soni qisqarayotgani sababli mamlakatda pensiya tizimi va davlat xizmatlariga tuşayotgan bosim ortgan.
Harakatni kim boşqaryapti, u çindanam yoşlar taşabbusi bilan taşkil etildimi kabi savollar ham diqqat markazida.
Germaniyaning BSK milliy maktab öquvçilari taşkilotlari uyuşmasi özini uşbu taşabbusdan çetga oldi va 20-noyabr kuni alohida norozilik namoyişi ötkazişni rejalaştirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Pedagoglarga davlat to‘lovlarida 50 foiz chegirma beriladi (imtiyozlar ro‘yxati)
Ta'lim
22.04.2026, 16:23

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi
Oʻzbekiston
21.10.2025, 20:42

Germaniya Gʻazo aholisiga yordam berish uchun "havo koʻprigi" yaratilganini eʼlon qildi
Jahon
29.07.2025, 15:45

Germaniyada Poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon
28.07.2025, 10:46
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
