“Falastindagi qochqinlar agentligi inqiroz yoqasida” – Antonio Guterrish
Falastinga yordam ko'rsatuvchi UNRWA 100 million dollarlik mablag‘ tanqisligiga duch kelmoqda. Agentlik xizmat ko‘rsatish soatlarini 20 foizga kamaytirgan
Jahon
01.07.2026, 10:43
Ulashish:

Bosh kotib Antoniu Guterrish davlatlarni Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi – UNRWAni moliyalashtirishga chaqirdi.
Uning aytishicha, agentlik 100 million dollarlik taqchillikka duch kelgan. Shuningdek, xarajatlarni qisqartirish va tejamkorlik choralari sababli idora inqiroz yoqasida.
Guterrish bosib olingan Falastin hududlarida agentlik faoliyatiga keng ko‘lamli cheklovlar va katta miqdordagi naqd pul yetishmovchiligi tufayli UNRWAning ahvoli og‘irlashib borayotganini ta’kidladi.
BMTning ushbu agentligi G‘azo, G‘arbiy Sohil, Livan, Iordaniya va Suriyada faoliyat yuritib, 2,6 million falastinlikka yordam ko‘rsatadi. Jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va boshpana bilan ta’minlaydi.
Moliyalashtirish nega qisqardi?
AQSh UNRWAning eng yirik homiysi edi. Biroq Isroil agentlikning o‘nga yaqin xodimini 2023-yil 7-oktyabrda HAMAS jangarilari tomonidan amalga oshirilgan va G‘azodagi urushni keltirib chiqargan qonli hujumda ishtirok etganlikda ayblaganidan so‘ng, Vashington 2024-yil yanvar oyida moliyalashtirishni to‘xtatdi.
Shvetsiya ham 2025-yil uchun ajratiladigan mablag‘larini qisqartirgan.
Boshqa yirik homiylar ham HAMASga aloqadorlik ayblovlari tekshirilayotgan paytda UNRWAni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ydi. Keyinchalik ularning ba’zilari xayriyalarini tikladi.
UNRWAning og‘ir yo‘qotishlari
“UNRWA – beqarorlik davrida barqarorlashtiruvchi kuch”, – dedi Guterrish. So‘zida davom etar ekan, agentlik nufuzini dezinformatsiya, tuhmat kampaniyalari, qonunchilik choralari, operativ cheklovlar, diplomatik to‘siqlar va boshqa yo‘llar bilan tushirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qoraladi.
Guterrishning aytishicha, 2023-yil oktyabridan beri G‘azoda UNRWAning 390 nafar xodimi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, oktyabr oyida erishilgan otashkesimdan keyin ham Isroil hujumlarida 1000 nafar falastinlik o‘lganini qayd etdi.
BMT 2023-yil oktabrdagi 1200 kishi qurbon bo‘lgan hujumga ehtimoliy aloqadorligi uchun UNRWA’ning 9 xodimini ishdan bo‘shatdi.
Shu bilan birga, tashkilot mablag‘ taqchilligi sababli xizmatlarini 20 foizga qisqartirdi, maoshlarni kamaytirdi va xalqaro lavozimlarning 15 foizini bo‘sh qoldirdi.
2025-yilda UNRWA 3,3 milliard dollarlik jami ehtiyojining bor-yo‘g‘i 25 foizini qoplaydigan 829 million dollar mablag‘ olgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

Isroil hujumlari tufayli Ğazoda 18 kişini halok böldi
Jahon
03.08.2026, 10:01

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
So'nggi yangiliklar

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22

Özbekistonda noyabr oxirida havo 22 darajagaça isiydi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 12:39

Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Jahon
16.11.2026, 11:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
