Tramp Ontario ko‘li nomini “Amerika ko‘li” deb o‘zgartirdi

52 foizi Kanadaga qarashli Ontario ko‘li 400 yildan oshiqroq tarixga ega. Donald Tramp endi ba'zi okeanlar nomini ham o‘zgartirishni taklif qilmoqda.

Jahon

28.08.2026, 12:58

Ulashish:

Tramp Ontario ko‘li nomini “Amerika ko‘li” deb o‘zgartirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 27-avgust kuni Ontario ko‘li nomini “Amerika ko‘li” (Lake America) deb o‘zgartirdi. Bu haqda Reuters yozdi.

Shimoliy Amerikaning beshta Buyuk ko‘llaridan biri – Ontario ko‘liga oid farmon faqat AQSh federal idoralari tomonidan qo‘llaniladi. Kanada, xalqaro organlar yoki boshqa tashkilotlarning ko‘lni qanday atashini belgilamaydi.

Tramp bayonotidan bir necha soat o‘tib, Kanada bosh vaziri va Nyu-York shtatining demokrat gubernatori 400 yildan oshiqroq tarixga ega nomni o‘zgartirmasliklarini ma’lum qildi. Nyu-York AQSH tarafidan ko‘l bilan chegaradosh.

“Biz Ontario ko‘li nomini darhol Amerika ko‘li deb o‘zgartiramiz. Ko‘l nomining o‘zgarishi, ya’ni Amerika ko‘li, aslida, men uzoq vaqtdan beri o‘ylab yurgan narsa edi”, – dedi Tramp jurnalistlarga.

Bu harakat Kanada bilan ziddiyatni yanada kuchaytirdi. O‘tgan hafta AQSH va Kanada o‘rtasidagi savdo muzokaralari barbod bo‘lib, bunda har ikki tomon bir-birini aybladi.

 

“Amerika o‘zgarmoqda”

Kanada Bosh vaziri Mark Karnining ta’kidlashicha, ko‘lning nomi Kanada va AQSH davlat sifatida tashkil topishidan ancha avval paydo bo‘lgan.

“Biz Amerikaning o‘zgarayotganini bilamiz. Bu savdo munosabatlari, tashqi siyosati, milliy yodgorliklari, gidronimlarida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, kanadaliklar haqiqatni – avval ham, hozir ham va har doim uni Ontario ko‘li deb atashni bilishadi”, — dedi Karni ijtimoiy tarmoqlarda.

Ontario ko‘li yuzasining qariyb 52 foizi Kanadaga, qolgan qismi esa Nyu-York shtatiga qarashli.

Nyu-York gubernatori Keti Hokul ijtimoiy tarmoqda munosabat bildirib, Nyu-York uni yangi nom bilan atamasligini aytdi.

Kanada va Nyu-York shtati bilan chegaradosh Vermont shtatining respublikachi gubernatori Fil Skott Trampning qarorini “arzimas va umidsiz” deb baholadi.

 

“Bizga endi okean kerak”

Payshanba kuni Tramp okeanlar nomini o‘zgartirishni ham taklif qildi.

“Bizda ko‘rfaz ham, ko‘l ham bor, endi bizga faqat okean kerak. Shunday ekan, balki Atlantika yoki Tinch okeani nomini almashtirishimizga to‘g‘ri kelar. Balki ikkalasini ham o‘zgartirarmiz”, – dedi Tramp jurnalistlarga.

2025-yil boshidan buyon Tramp Kanadani AQShning 51-shtatiga aylanishi borasida bir necha bor aytgan, biroq Kanada rahbarlari bu fikrni bema’nilik deb atagan.

Tramp lavozimiga qaytganidan buyon o‘z nomini ham Vashingtondagi mashhur imoratlar, harbiy-dengiz kuchlarining yangi turkumdagi kemalari, badavlat xorijliklar uchun mo‘ljallangan viza dasturi, hukumatga qarashli dori-darmonlar veb-sayti hamda bolalar uchun ochiladigan federal jamg‘arma hisobvaraqlariga berishga harakat qilib ko‘rdi.

Bundan tashqari, 2025-yil yanvarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirishni buyurdi.

Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Nyu-Meksiko shtatini qayta nomlashni taklif qildi

Nomlarni o‘zgartirishga ishtiyoqmand Donald Tramp yangi nishon topdi: u Nyu-Meksiko shtatini “Yangi Amerika” deb nomlashni taklif qildi. 

Jahon

07.09.2026, 11:35

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi choralar ko‘rilishi mumkinligini aytdi. Uning bayonoti AQSh va Isroil rahbarlari Eron bo‘yicha yangi harbiy operatsiyani muhokama qilgani haqidagi xabarlar ortidan yangradi.

Jahon

14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles va San-Diyego kabi shaharlardan ayrilish “kichik narx” bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning bu bayonoti demokratlar qatori ayrim respublikachilar tomonidan ham keskin tanqid qilindi.

Siyosat

07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»

Eron prezidenti Masud Pezeshkian BMT minbarida yadroviy dastur, Hormuz bo‘g‘ozi va AQSh bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Jahon

24.09.2026, 10:26

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin erishilishi mumkinligini bildirdi.

Jahon

23.09.2026, 10:20

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi

Si Szinpinning AQSHga rejalashtirilgan tashrifi oldidan Vashington va Pekin SI xavfsizligi va rivojlanishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Jahon

15.09.2026, 11:42

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi

Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi

Bundan 10 yillar oldin dunyoning eng maşhur futbolçilarini öz safiga çorlagan Xitoy futboli qanday qilib moliyaviy inqirozga yuz tutdi?

Sport

26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →