Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.
Jahon
26.10.2026, 15:54
Ulashish:

Barak Obama Klivlend va Detroytdagi mitinglarda Demokratik partiyadan qöyilgan nomzodlar uçun taşviqot olib borib, Tramp ma’muriyatini qattiq tanqid va hajv ostiga oldi. Sobiq prezident Miçigan ştatida AQŞ Senatiga nomzod Abdul El-Sayidni qöllab-quvvatlab çiqiş qildi. U 3-noyabr kungi saylovni Tramp prezidentligining heç bölmaganda ayrim bema’niliklarini tiyib qöyadigan “elektr uzgiç”ga qiyosladi.
“Biz bu uzgiçni bosib, uşbu hukumatni biroz bölsa-da javobgarlikka tortişimiz kerak”, — dedi Obama.
2009-yildan Tramp ilk prezidentlik muddatini boşlagan 2017-yilga qadar davlatni boşqargan Obama demokratlar orasida eng maşhur şaxslardan biridir. Uning saylovoldi kampaniyalarga jalb etilişi AQŞ Senati uçun keçayotgan keskin kuraşda öz tarafdorlarini ruhlantiradi. Uşbu bahsda El-Sayid AQŞ Vakillar palatasining sobiq a’zosi, respublikaçi Mayk Rojers bilan kuç sinaşadi.
Sobiq prezident Miçigan ştatidagi mitingda Tramp va uning siyosatini qöllab-quvvatlayotgan respublikaçilarga nisbatan tez-tez bildiriladigan tanqidlarga urğu berdi.
“Biz ilgari heç qaçon sizning hisobingizdan bu darajada oçiqçasiga firibgarlik qilişda ustasi farang bölib ketgan prezidentni körmaganmiz. Heç qaçon manfaat evaziga bu qadar iltifot körsatişga mukkasidan ketgan prezidentni körmagandik... Endilikda uşbu partiya korrupsiyaga botgan hukumatni, layoqatsiz boşqaruvni yoki umuman yöq hukumatni yoqlab çiqayotganga öxşaydi”, — dedi Obama.
25-oktyabr kuni erta tongda Truth Social tarmoğida qoldirgan postida Tramp Obamani “öta layoqatsiz prezident” deb atadi, El-Sayidni esa “yahudiylar, qora tanlilar, AMERIKALIKLAR hamda TRAMPDAN nafratlanadigan "Musulmon birodarlar" jihodçisi” deya ta’rifladi.
Avgust oyida ötkazilgan Reuters/Ipsos sörovnomasiga köra, amerikaliklarning 63 foizi ötgan yili prezident Oq uyga qaytganidan buyon u va uning oilasi kriptovalyutadan nomaqbul foyda körgan, deb hisoblaydi, 69 foizi esa uning siyosiy qarorlariga şaxsiy biznes aloqalari ta’sir körsatişiga işonadi.
Obama amaldagi ma’muriyatning Eronga qarşi ğalaba haqidagi iddaolarini ham tanqid qildi. Uning ta’kidlaşiça, uruş Eronga köproq iqtisodiy qudrat bergan, çunki uning Hurmuz böğozidagi kemalarga hujum qiliş tahdidlari neft eksportçilarini taşvişga solib qöydi.
“Endilikda Eron butun dunyoga neft yetkazib beriladigan Hormuz böğozi ustidan veto huquqiga ega”, — dedi Obama.
Tramp esa postida Obama ma’muriyatining eronliklarga nisbatan yondaşuvini tanqid qilib, u Eron bilan tuzilgan 2015-yilgi Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasi doirasida Eronga milliardlab dollar tölab, ularning yadroviy qurolga ega bölişiga yöl oçib berganini ta’kidladi. Qöşma Ştatlar 2015-yilgi uşbu kelişuvdan Trampning birinçi prezidentlik muddati davrida çiqqan edi.
Sobiq prezident Tramp ma’muriyatini ikkinçi darajali masalalarga urğu berişda ham aybladi. U mudofaa vaziri Pit Xegsetni kinoya bilan “harbiylarimizning jağ tuzilişi va testosteron darajasi kabi muhim masalalarga butun diqqatini qaratgan” odam deb atadi hamda Oq uydagi ta’mirlaş işlarini didsizlik deya kalaka qildi.
“U Oq uyni xuddi Saddam Husayn oçgan Çeesecake Factory restoraniga öxşatib qöydi”, — dedi Obama.
Şuningdek, Obama Tramp ma’muriyati davridagi yaşaş xarajatlari oşayotgani va immigratsiya siyosatini ham gapirdi. Sobiq prezidentning aytişiça, Tramp amerikaliklar uçun muhim bölgan narxlarni pasaytiriş masalasiga yetarliça e’tibor bermayapti. U Eronga qarşi uruşni “heç kim söramagan, keraksiz uruş” deb atadi.
Avvalroq Tramp AQŞ senatiga nomzod musulmon Abdul El-Seyidni “jihodçi” deb atagani haqida yozgandik.
Mavzuga oid yangiliklar

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54

G‘azodagi urushni “genotsid” deb atagan jarroh AQSH Kongressiga nomzod bo‘ldi
Jahon
03.06.2026, 16:26

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
