Xitoy Oʻzbekiston uchun ham xavf, ham imkoniyat
Soʻngi vaqtlarda nafaqat Oʻzbekiston balki koʻplab mamlakatlar xususan AQSh Xitoydan kelayotgan iqtisodiy xavf va xatarlar haqida oldingidan koʻproq oʻylay boshladi. Oʻzbekiston mediasi hamda baʼzi jamoat faollari Xitoyning Oʻzbekistonga nafaqat iqtisodiy baki geosiyosiy jihatdan xavf ekanligi haqida fikrlarini ochiq oydin ayta boshladi. Biz esa Xitoyning Oʻzbekistonga ham xavfli tomonlarini ham foyda tomonlarini koʻrib chiqamiz.
Oʻzbekiston
28.04.2025, 16:39
Ulashish:

Imkoniyatlar:
• Xitoy dunyodagi eng yirik bozorlardan biri. U bilan savdo qilish har bir mamlakat uchun katta iqtisodiy foyda olish imkoniyatini beradi. Xitoy Oʻzbekistonning yirik savdo hamkorlaridan biri (2024 yilda Xitoy bilan tovar aylanmasi Rossiyadan ham oʻtib ketdi). Oʻzbekistonda "Yashil energetika" tizimi toʻliq ishga tushadigan boʻlsa Xitoy bizning elektr-energetika uchun juda katta bozorligini unutmaslik kerak.

• Xitoy "Bir makon – bir yoʻl" loyihasi orqali koʻplab davlatlarga yoʻllar, portlar, temir yoʻllar qurishda yordam beryapti. Xitoy mablagʻiga yirik yoʻllar, temir yoʻllar va sanoat zonalari qurilyapti (masalan, Angren-Pop temir yoʻli, neft-gaz loyihalari).
• Birgina Xitoy mahsulotlari tranziti ortidan juda katta daromad koʻriladi. Bu borada esa kadrlarni yetarlicha tayyorlash kerak boʻladi.
• Xitoy sunʼiy intellekt, 5G va boshqa sohalarda ilgʻor texnologiyalar taklif qilyapti. Gʻarb va boshqa subʼektlar taklif etayotgan texnologiyalarga alternativ koʻpaysa tanlov imkoniyati boʻladi. Hatto, Xitoy bilan hamkorlikda milliy dasturlar yaratish tizimini yoʻlga qoʻyish mumkin. Bunda Oʻzbekistonda yetarlicha salohiyat va infrastruktura bor (Masalan, IT-Park tizimi).
• Xitoy kompaniyalari telekommunikatsiya (Huawei), energiya va transport sohalarida faol.Oʻzbekiston sanoatini modernizatsiya qilish uchun bu katta imkoniyat.
Xavflar:
• Xitoydan ortiqcha qarz olish davlatlarni iqtisodiy jihatdan unga bogʻliq qilib qoʻyadi (buni "qarz tuzogʻi diplomatiyasi" deb atashadi). Agar Xitoy sarmoyasi nazoratsiz koʻpaysa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti ortiqcha Xitoyga bogʻliq boʻlib qolishi mumkin. Katta infratuzilma loyihalari uchun olinadigan kreditlar keyin qiyinchilik tugʻdirishi mumkin (boshqa mamlakatlar misoli bor, masalan, Shri-Lanka

• Xitoy sarmoyasining ortishi baʼzan geosiyosiy bosim ortishiga ham olib kelishi mumkin. Xitoy oʻz manfaatlarini qoʻllash uchun iqtisodiy taʼsirini siyosiy bosimga aylantirishi mumkin. Bunda, Gʻarb, Rossiya, Turkiya, Arab davlatlari va Xitoy balansini ushlash juda muhim boʻladi. Buni amalga oshirish esa juda-juda murakkab. Oʻzbekiston buni hozircha uddalayapti, davomli boʻlishi uchun esa aholining siyosiy savodxonligini oshirish va qoʻllab-quvvatlovni taʼminlash kerak boʻladi.
• Maʼlumotlar xavfsizligi, sanoat shpionaji kabi muammolar Xitoy bilan texnologik hamkorlikda muhim masala boʻlib qolyapti. AQSh bu borada juda katta achchiq tajribaga ega. Ammo, bu hodisani teskarisiga ham amalga oshirish va milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda Xitoy tajribasini qoʻllash kerak boʻladi.
Oʻzbekiston nima qilishi kerak?
Birichnidan, risklar bor va boʻladi. Ammo, bu risklardan toʻgʻri va aql bilan foydalanish orqali bartaraf etish mumkin. Faqat iqtisodiy oqilona va rentabel loyihalarga sarmoya va kredit olish, qarzga botib qolishdan saqlanish uchun qonunchilik darajasida meʼyorlar (yaʼni qarz chegaralari) belgilanishi lozim.
Ikkinchidan, iqtisodiy kelishuvlarda har doim Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilish. Strategik aktivlar (masalan, portlar, yirik zavodlar) boʻyicha ehtiyotkor boʻlish lozim boʻladi.
Uchinchidan, Xitoydan faqat tayyor mahsulot emas, texnologiya va bilim ham olish choralarini koʻrish kerak. Mahalliy kadrlarni tayyorlash va mustaqil rivojlanishni taʼminlash darkor.
Toʻrtinchidan, faqat Xitoy emas biz ham Xitoy iqtisodiyotida ishtirok etishimiz kerak. Masalan, Yaponiya va Koreya kabi Oʻzbekiston kapitali hissasi mavjud korxonalar tashkil etilishida ishtirok etish.
Farhod Karimovning
Yaqin Sharq va Jahon siyosati boʻyicha ekspert, siyosatshunos
Oʻzbekiston
28.04.2025, 16:39
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Chet tili oʻqituvchilariga sertifikat olish uchun yana imkoniyat berildi
Ta'lim
14.01.2026, 11:38

Tunda ovqatlanish zararlimi?
Madaniy
15.11.2025, 12:00

Rossiya Xitoyda parashyutchilar batalonini tayyorlashga vaʼda berdi
Jahon
29.09.2025, 13:00

Oʻzbekiston va Xitoy displey panellarini ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Iqtisodiyot
09.08.2025, 11:02
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
