AQSh armiyasiga Rossiya va Xitoydan oshib ketish uchun dronlarni xarid qilishga ruxsat berdi

AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset dronlarni ishlab chiqarish va joylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida keng qamrovli yangi buyruqlar berdi. Bu buyruqlar qoʻmondonlarga dronlarni mustaqil ravishda xarid qilish va sinovdan oʻtkazish imkonini beradi hamda harbiy kuchlarning barcha tarmoqlarida dron jangi simulyatsiyalarini oʻtkazishni talab etadi. Bu haqda "Fox News" telekanali Pentagon hujjatlariga asoslanib xabar berdi.

Jahon

11.07.2025, 14:40

Ulashish:

AQSh armiyasiga Rossiya va Xitoydan oshib ketish uchun dronlarni xarid qilishga ruxsat berdi

Pit Hegsetning bu qarori Rossiya va Xitoydan pilotsiz uchuvchi apparatlar urushida oʻzib ketish uchun qatʼiy harakatlar doirasida amalga oshirilmoqda.

 

"Vazirlikning byurokratik toʻsiqlari olib tashlanmoqda. Oʻzimizga qoʻygan cheklovlar halokatli kuchimizga toʻsqinlik qilmaydi... Bizning asosiy xavfimiz - xavf-xatardan qochishdir", — degan Pit Hegset.

 

"Fox News Digital" tomonidan birinchi marta olingan ikki xizmat xatida, Hegset innovatsiyalarni cheklovchi deb hisoblagan eski siyosatni bekor qildi. Endi birinchi marta polkovnik yoki kapitan unvoniga ega boʻlgan qoʻmondonlar, agar milliy xavfsizlik mezonlariga javob bersa, dronlarni, shu jumladan 3D-bosma prototiplar va tijorat maqsadida ishlab chiqarilgan tizimlarni mustaqil ravishda xarid qilishlari va sinovdan oʻtkazishlari mumkin.

 

Ular anʼanaviy tasdiqlash jarayonlarini chetlab oʻtib, darhol dronlar bilan ishlash va mashq qilishlari mumkin, hatto nazorat qilinadigan sharoitlarda oʻldirmaydigan avtonom UUA'larni (uchuvchisiz uchish apparati tizimi) sinab koʻrish huquqiga ham ega.

 

"Kichik UUA'lar yuqori texnologiyali samolyotlardan koʻra koʻproq oʻq-dorilarga oʻxshaydi," deb taʼkidlanadi yoʻriqnomalarning birida. "Ular arzon, tez almashtirilishi mumkin va sarflanadigan material sifatida tasniflanishi kerak", — deyiladi xabarda.

 

Eslatmalarda kichik dronlar (1 va 2-guruh) uzoq muddatli harbiy aktivlar emas, balki sarflanadigan materiallar sifatida qayta belgilanadi, bu ularni eski kuzatuv tizimlaridan chiqaradi va sotib olish jarayonini soddalashtiradi.

 

Hegsetning aytishicha, bugungi kunga qadar Mudofaa vazirligi "UUA'ni keng koʻlamda va tezlikda joriy qila olmadi."

Jahon

11.07.2025, 14:40

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

AQSh xarbiylari ikki rus tankerini qoʻlga oldi

 Amerika harbiylari ikki neft tankerini qoʻlga oldi. Ulardan biri bir necha hafta davomida qochishga uringan yirik rus tankeri edi. 

Jahon

09.01.2026, 09:33

Rossiya Xitoyda parashyutchilar batalonini tayyorlashga vaʼda berdi

Rossiya Xitoyda parashyutchilar batalonini tayyorlashga vaʼda berdi

2023 yilda Rossiya va Xitoy oʻrtasida Rossiya qurol-yarogʻlarini, jumladan, hujumga qarshi jangovar mashinalar, tankiga qarshi qurollar va havo-desant jangovar transport vositalarini yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolangan edi. Buni Black Moon xakerlar guruhi qoʻlga kiritgan va Britaniyaning Royal United Services Institute tahlil markazi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar tasdiqlaydi.

Jahon

29.09.2025, 13:00

Turkiya AQSh va Rossiyani Istanbul aeroportida sammit oʻtkazishga chaqirdi

Turkiya AQSh va Rossiyani Istanbul aeroportida sammit oʻtkazishga chaqirdi

Istanbuldagi Otaturk aeroporti Rossiya-Ukraina urushini hal qilish boʻyicha yetakchilarning ehtimoliy sammiti oʻtkaziladigan asosiy joylardan biriga aylanishi mumkin, deb yozadi “Milliyet” gazetasi.

Jahon

18.08.2025, 15:01

Xitoyga qarshi “urushda” kurashda AQSh yutqazmoqda

Xitoyga qarshi “urushda” kurashda AQSh yutqazmoqda

AQSh va Xitoy oʻrtasidagi raqobatda Xitoy yutqazmoqda. Agar Vashington vaziyatni oʻnglamasa, nafaqat Pekin balki dunyoning boshqa davlatlari ham AQShdan oʻzib ketadi. Bu haqda AQShning sobiq NATOdagi elchisi Ivo Daalderning “Politico” nashridagi “Ivo Daal va dunyo sharhi” podkastida maʼlum qildi.

Jahon

30.07.2025, 15:19

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17