Nepal BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi

Muzlik qulashi natijasida vayronaga aylangan Nepal endi global isishga aybdor davlatlarni yordamga chaqirmoqda. Ro'yhatda qaysi davlatlar bor?

Nepal BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi

26-avgust kuni Nepal va Xitoy chegarasida, Bxotekoshi daryosi havzasida muzlik qulashi oqibatida kuchli sel yuzaga keldi. Halok bo'lganlar soni 1300 dan oshdi, 5000 dan ortiq kishi bedarak yo'qolgan.

Raqamlar

Nepal hukumati muzlik qulashi, sel va suv toshqinlari oqibatida BMT fondidan 20 million dollar mablag' so'radi. Shu bilan birga, Nepal dunyoning eng yirik issiqxona gazi chiqaruvchi davlatlari — Xitoy, AQSH va Hindistonni — iqlim o'zgarishi oqibatlari uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga chaqirmoqda. 
Nepalning murojaati qanchalik haqli bo'lmasin, real vaziyat murakkabroq. BMTning FRLD (Yo'qotish va zarar) fondi tashkil etilganiga 4 yildan oshgan bo'lsa-da, ixtiyoriy xayriya, da'vat sifatida katta byudjet to'play olmagan.

AQSH 17,5 million dollar, Yaponiya esa 10 million dollar xayriya qilgan. Dunyodagi eng yirik issiqxona gazi chiqaruvchi davlat — Xitoy esa fondga hech qanday majburiyat olmagan va hozirgacha mablag' kiritmagan. Hindiston esa fondga pul kiritishni ochiqchasiga rad etgan: mamlakat atrof-muhit vaziri Bxupender Yadav fondga pul to'lash "faqat rivojlangan davlatlarning ishi" ekanini ta'kidlagan.

E'tiborlisi, kichik orol davlatlari — jumladan, Antigua va Barbuda bir necha yildan buyon BMTdan  Xitoy va Hindistonni "ifloslantiruvchi" sifatida to'lovga majburiy jalb qilishni talab qilib kelmoqda. Biroq bu hech qanday huquqiy ahamiyat kasb etmay, siyosiy bosimligicha qolmoqda.

Aslida so'ralgan summa umumiy zararani qoplash uchun yetarli emas. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, umumiy iqtisodiy zarar 5 milliard dollardan oshadi, ayrim baholarga ko'ra esa 50 milliard dollarga yetishi mumkin. 

 FRLD ning o'zi ham moliyaviy tanglikda: 119 davlatdan jami 2,8 milliard dollarlik murojaat tushgan, ammo xalqaro hamjamiyat hozirgacha atigi 400 million dollar ajratgan.

Nima uchun bu muhim?

Iqlim o'zgarishi bugun insonlar hayoti va davlatlar iqtisodiyotiga bevosita ta'sir qilmoqda. Buning ustiga, zararni qoplash uchun mavjud xalqaro mablag'lar ehtiyojga nisbatan yetarli emas.

Nepalda sodir bo'lgan voqea Markaziy Osiyo uchun ham uzoqdagi qissa emas. Tojikistonning 14 000 muzligidan 1000 dan ortig'i allaqachon butunlay erib bitgan, mamlakatda havo harorati global o'rtacha ko'rsatkichdan ikki baravar tez oshmoqda. Muzliklar qanchalik tez erisa, tog' yonbag'irlarida beqarorlik shunchalik kuchayadi — bu esa aynan Nepalni vayron qilgan sel va toshqin kabi falokatlarni yaqinlashtiradi.

Qirg'izistonda ham vaziyat boshqacha emas: so'nggi 50-70 yil ichida muzliklar maydoni 16 foizga qisqargan, 2100-yilga kelib esa mamlakat muzliklarining 80 foizgachasini yo'qotishi mumkin.

Bu esa Markaziy Osiyoni ham xuddi Nepal kabi vaziyatga tobora yaqinlashtirmoqda: muzlik qancha erisa, keskin sel va toshqin xavfi shuncha ortadi.

Maftuna Baxtiyorova

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

Rossiya armiyasiga 20 mingdan ortiq markaziy osiyolik yollangan

2026-yil 1-oktyabrgaça Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 mingdan ortiq kişi Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan. Ularning aksariyati turli hiyla usullari bilan majburlanayotgan bölsa-da, Markaziy Osiyo hukumatlari bunga oçiq munosabat bildirmayapti.

Siyosat

23.10.2026, 15:31

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda

19–21 oktabr kunlari Özbekiston böylab ötkazilgan reydlarda 120 dan ortiq qonunbuziliş holati aniqlandi. Ularning 39 tasida gaz ta’minoti sohasi hodimlarining aloqadorligi ma’lum böldi. 

Oʻzbekiston

23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →