updated: 23.05.2026, 11:19

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar

Qamchibek Tashiyev iste’fosi shunchaki kadrlar almashinuviga o‘xshamayapti. Ehtimol ushbu xavfli o‘yinda Japarov hamda Tashiyevning shaxsiy va oilaviy sirlari o‘rtaga tikilgan. Shuningdek, Tashiyevda O‘zbekiston jinoyat olamidagi aloqalarni fosh qiluvchi sirli ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

 

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar

2005-yildan beri uchta inqilobni boshidan kechirgan Qirg‘iziston  siyosiy sahnasi so‘nggi besh yil ichida sokin tus olgandi.

Ammo joriy yilning 10-fevralida Tashiyevning ishdan bo‘shatilishi ikki qudratli shaxs o‘rtasida keskin siyosiy kurash kutilayotgani haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.

Tashiyev va uning oilasiga qo‘yilgan korrupsiya ayblovlari hibslarga sabab bo‘ldi.

Biroq bu o‘yinda har ikki tomon ham yutqazishi mumkin. Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis va jurnalist Bryus Pannierning fikricha, Tashiyevda ham Japarov va uning oilasini obro‘sizlantiradigan sirli ma’lumotlar bo‘lishi ehtimoli yuqori.

 

Bir qozonda ikki kalla qaynamaydi

Qamchibek Tashiyev barcha lavozimlaridan ozod etildi

10-fevral kuni Tashiyevning ishdan bo‘shatilgani haqidagi e’lon, shubhasiz, Qirg‘izistonda 2020-yil oktyabr inqilobidan keyingi eng katta siyosiy shov-shuv bo‘ldi. Zero, o‘sha inqilobda Japarov o‘n kun ichida qamoqxonadan chiqib, bir vaqtning o‘zida bosh vazir va prezident lavozimlarini egallagan edi.

Japarov va Tashiyev o‘nlab yillar mobaynida orqadosh bo‘lib, siyosiy faoliyatini bir vaqtda boshlagan. Japarov prezident etib tasdiqlangan kunning ertasiga Tashiyevni milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladi.

Tashiyev ishdan olinishidan bir kun avval 75 nafar taniqli shaxs, jumladan, sobiq hukumat amaldorlari Prezident Japarov va parlament spikeriga muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni so‘rab ochiq xat yuborgan.

Ular Japarovning vakolat muddati borasida huquqiy noaniqlik mavjudligiga (2010-yilgi konstitutsiya bo‘yicha 6 yil yoki 2021-yilgi yangi konstitutsiya bo‘yicha 5 yil) e’tibor qaratishgan.

Tashiyevning ishdan bo‘shatilishi va mazkur xat o‘zaro bog‘liq ekani tez orada oydinlashdi. Tashiyev ishdan olingan o‘sha kuniyoq milliy xavfsizlikning bir qancha yuqori martabali amaldorlari ham lavozimidan ozod etildi. Japarovning matbuot kotibi “jamiyatda bo‘linishning oldini olish” zarurligini ta’kidladi.

Biroq Tashiyevni do‘stim deb ta’riflagan Japarov o‘zgarishlar sababini batafsil tushuntirmadi.

Parlament deputati Elvira Surabaldiyeva 24-aprel kuni qozoq jurnalistiga bergan intervyusida Tashiyevning davlat to‘ntarishini rejalashtirgani va bunga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rgani uchun lavozimidan olinganini ma’lum qildi.

“Prezident hozir og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda, chunki uzoq yillik do‘sti uni hokimiyatdan chetlatishga urindi”, – dedi Surabaldiyeva. U, shuningdek: “Bir qozonda ikki qo‘chqorning kallasi qaynamaydi”, degan naql bor. Bu aynan o‘sha holatga o‘xshaydi”, – deya qo‘shimcha qildi.

 

“Qirg‘izneftgaz” doirasidagi surishtiruvlar

Ishdan bo‘shatilgani haqida xabar tarqalganda Tashiyev Qirg‘izistondan tashqarida edi.

U 13-fevralda qisqa muddatga qaytib, 17-fevral kuni yana jo‘nab ketdi. Keyin 19-martda qaytib keldi va o‘sha kuniyoq “Qirg‘izneftgaz” davlat neft kompaniyasi bo‘yicha savollarga javob berish uchun Ichki ishlar vazirligiga “guvoh” sifatida bordi.

Qirg‘iziston Davlat soliq xizmati “Qirg‘izneftgaz” doirasida Tashiyev va uning oila a’zolariga aloqador 4 yil avvalgi korrupsiya ayblovlarini o‘rganmoqda.

Davlat soliq xizmati rahbari Almambet Shikmamatov 17-mart kuni “Qirg‘izneftgaz” to‘liq Milliy xavfsizlik nazoratida bo‘lganini va Tashiyev rahbar lavozimida ishlagan paytda kompaniya faoliyatini tekshirishning iloji bo‘lmaganini aytdi.

Qamchibek Tashiyevning jiyani, “Qirg‘izneftgaz” neftni qayta ishlash zavodiga rahbarlik qilgan Bayg‘ozi Matisakov 18-mart kuni hibsga olindi.

Neftni arzon narxda sotib olib, “Qirg‘izneftgaz”ga qayta sotishda ayblanayotgan “Moko Group” xususiy shirkatiga aloqador bo‘lgan Tashiyevning o‘g‘li Tay-Muras esa mart oyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan so‘roq qilingan.

Surabaldiyevaning intervyusidan so‘ng Japarov “Kaktus Media” nashriga bergan intervyusida davlat to‘ntarishiga oid dalillar borligini tasdiqlamadi, biroq Tashiyevning roli yuzasidan har qanday qaror tergovchilar va sudlarga bog‘liqligini aytdi.

 

Japarov va oilasi atrofidagi ayblovlar

Что известно о супруге Садыра Жапарова — девять фактов - 11.01.2021,  Sputnik Кыргызстан

Qamchibek Tashiyev, uning oila a’zolari yoki yaqin hamkorlari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar haqida yana ayblovlar ham bo‘lsa bordir. Lekin Japarov va uning oila a’zolarining tijoriy ishlari ham tekshiruvga dosh berolmasligi mumkin, degan Bryus Pannier “The Central Asia Times” nashrida e’lon qilgan maqolasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sadir Japarov 2013-yil oxirida o‘lim bilan tahdid qilish, garovga olish, bezorilik va hukumat amaldoriga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash kabi jinoiy ayblovlardan qochib, mamlakatni tark etgan.

2017-yilda vataniga qaytgach, sudlanib, qamoqqa tashlandi va 2020-yil oktyabr inqilobidan so‘ng tarafdorlari ozod qilguniga qadar panjara ortida qoldi.

Japarov prezident bo‘lgach, Oliy sud unga nisbatan 2017-yilgi hukmni bekor qildi.

Japarov 2017-yilda qo‘lga olinganida, Qirg‘izistonning mustaqil nashri bo‘lgan “Kaktus Media” 2009-yilda, o‘sha vaqtdagi prezident Bakiyev davrida, u Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari bo‘lganini eslatgan edi.

“Japarovning korrupsiyaga qarshi qanday kurashgani noaniq”, – deb yozadi “Kaktus” va korrupsiya shu qadar avj olganini, uni kuzatib borishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlaydi.

“Investbank Issiqko‘l”ning sobiq egasi Bolot Bayqojoyev Japarov 2004-yilda bankdan 400 ming dollarga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirganini da’vo qildi.

2007-yilda “Investbank Issiqko‘l” Bakiyevning o‘g‘li Maksim va Japarovning singlisi Raykul bo‘lgan guruh tomonidan noqonuniy nazoratga olingan.

2014-yilda jinoiy daromadlarni legallashtirish ayblovi bilan yetti yilga ozodlikdan mahrum etilishidan biroz oldin Raykul Qirg‘izistonni tark etgan. 2015-yilda u “Investbank Issiqko‘l”ni noqonuniy egallab olganlikda aybdor deb topilib, qo‘shimcha o‘n yilga qamalgan.

Akasi prezident etib saylanganidan bir necha kun o‘tib, Qirg‘iziston Oliy sudi Raykulga nisbatan chiqarilgan hukmni ham bekor qildi.

Japarovning jiyani Ulan Japarov 2023-yil iyul oyida korrupsiya gumoni bilan hibsga olinib, tergov davomida, ya’ni 2023-yil oktyabr oyida uy qamog‘iga o‘tkazilgan edi. O‘shanda prezident Japarov jiyanining hibsga olinishi barcha qarindoshlariga saboq bo‘lishi kerakligini, agar ular qonunni buzgan holda qo‘lga tushsa, bu ishga aralashmasligini aytgan.

Ulan Japarov korrupsiya bo‘yicha hali tergov qilinayotgan bir paytda, 2024-yil iyul oyida o‘zlashtirish aybi bilan qayta hibsga olindi, biroq sentyabrga kelib Bishkek sudi uni ozod qilish haqida hukm chiqardi.

 

Tashiyev va O‘zbekiston jinoyat olami

Глава ГКНБ заявил, что «Салимбай» полностью контролировал юг Кыргызстана

Tashiyevning ishdan olingani e’lon qilingan kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Japarov “telefon orqali muloqot qilgani” haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda kim kimga qo‘ng‘iroq qilgani ochiqlanmagan. Lekin taqdim etilgan ma’lumotda ikki prezident qo‘shma temir yo‘l va gidroenergetika loyihalarini muhokama qilgani aytilgan.

Milliy xavfsizlik raisi sifatida Tashiyev uyushgan jinoyatchilikka barham berish uchun faoliyat olib bordi. Qirg‘iziston uyushgan jinoyat dunyosining ayrim aloqalari O‘zbekistonga ham ulangan.

2024-yil avgust oyida milliy xavfsizlik qirg‘iz mafiyasi yetakchisi “Kolya Qirg‘iz” laqabli marhum Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqadorligi sababli o‘zbekistonlik jinoiy avtoritet Salim Abduvaliyevga nisbatan qidiruv e’lon qildi.

Qirg‘iziston parlamentining ikki a’zosi Salim Abduvaliyev bilan aloqadorligi sababli mandatidan mahrum qilindi. Tashiyevning 2025-yil yanvar oyida aytishicha, bir paytlar Abduvaliyev Qirg‘iziston janubidagi uyushgan jinoyatchilikni “to‘liq” nazorat qilgan.

Islom Karimov 2016-yil yozida vafot etgach, Abduvaliyev Shavkat Mirziyoyevning prezident bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi. 2016-yil dekabrdagi muddatidan oldin prezidentlik saylovi arafasida Abduvaliyev Mirziyoyevning surati va “Mening prezidentim” yozuvi tushirilgan futbolkada rasmga tushib, uni e’lon qildi.

Nadejda Atayeva: Роль организованной преступности в политической жизни  Узбекистана

Jinoiy avtoritet Abduvaliyev noqonuniy o‘qotar qurol saqlashda aybdor deb topilib, 2024-yil mart oyida olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq 2025-yil yanvar oyida sog‘lig‘idagi muammolar sababli ozodlikka chiqarildi.

Shuningdek, Xitoyda tug‘ilgan uyg‘ur tadbirkor Habibulla Abduqodir bilan bog‘liq holat ham mavjud bo‘lib, uning Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi uyushgan jinoiy tarmoqlarga aloqador ekani aytiladi.

Bryus Pannierning fikricha, Tashiyev xavfsizlik xizmatini boshqargan davrda uyushgan jinoyatchilikka qarshi tergovlar O‘zbekistondagi jinoyat dunyosi hamda unga aloqador o‘zbek amaldorlari haqidagi ma’lumotlarni fosh qilgan bo‘lishi mumkin.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin erishilishi mumkinligini bildirdi.

Jahon

23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi

AQSHning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniya g‘arbidagi Spangdahlem aviabazasi yaqinida halokatga uchradi. Uchuvchi xavfsiz katapulta qilgan.

Jahon

23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi

Reytingdagi eng muhim jihat — Toşkent inson kapitali bóyiça dunyoda 108-órinni egalladi.

Jahon

22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Rossiya tunda Ukrainaning sanoat markaziga zarba berib, to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘lgan, shimoldagi hujum esa minglab odamlarni elektr ta’minotisiz qoldirgan.

Jahon

22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?

Imtihonga röyxatdan ötish muddati tugamagan bölsa ham, ayrim hududlarda ajratilgan örinlar tez tölib qolishi mumkin. Buning sababi yangi tartibda örinlar soniga ham çeklov belgilangan.

Ta'lim

22.09.2026, 11:40

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta'minlaş dasturi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi

G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari Yamandagi husiylarni Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni va fuqarolik kemalariga tahdidlarni zudlik bilan tóxtatişga çaqirdi. Ular Erondan ham husiylarga qurol va yordam beriş ni tóxtatişni talab qildi.

Jahon

22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi.

Siyosat

22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat

BMT eksperti AQŞning Karib dengizi va Tinch okeanida giyóhvand modda taşuvçi kemalarga qilgan hujumlarini xalqaro huquq buzilişi va insoniyatga qarşi jinoyat, deb atadi.

Jahon

22.09.2026, 09:56

Isroil saylovi oldidan havfsizlik masalasi asosiy mavzu bölib qolmoqda

Ayrim tahlilçilar mamlakat harbiy nuqtai nazardan havfsizroq bölganini aytsa, jamoatçilikda havfsizlik hissi hanuz yuqori emas.

Siyosat

21.09.2026, 17:34

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi

Nega?

Oʻzbekiston

21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda

Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng katta yöqotishlar qayd etilgan dunyoning uçta hududi qatoriga kirgan.

Oʻzbekiston

21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo‘lgan.

Ta'lim

19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi

Olimlar ushbu loyiha doirasida shoʻrxok suvlardan foydalanish boʻyicha maxsus sinov stansiyasini tashkil etishdi.

Jahon

19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda

Urushga qarshi nomzodlar saylovdan chetlatilmoqda, ayrimlari qamoqqa olingan. 

Jahon

19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan "Vraç doimo haq" e'loni yuzasidan Surxondaryo viloyati soğliqni saqlash boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan

Rossiyada iPhone 18 Pro Max foydalanuvçilari smartfonning ayrim funksiyalaridan töliq foydalana olmaydi. Asosiy çeklovlar Apple Intelligence tizimi va rus tili qöllab-quvvatlanmasligi bilan boğliq.

Iqtisodiyot

18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan

2025-yilda ekologiya himoyachilariga qarshi zo'ravonlik yana kuchaygan, qotilliklarning asosiy qismi Lotin Amerikasida sodir bo'lgan.

Jahon

18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi

26 sentyabr kuni Andijon şahrida ilk bor «Yashil uyim» ekologik festivali bölib ötadi. Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida tashkil etilayotgan tadbirda ekologik turmuş tarzi, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş hamda zamonaviy ilmiy-ekologik yeçimlar haqida oçiq muloqotlar va amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

Oʻzbekiston

17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda

“NAZA” hujjatli filmi atrofidagi keskin bahslar fonida Binyamin Netanyahu askarlarni tanqid qilgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini taklif qilmoqda.

Jahon

17.09.2026, 16:19

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →