Qamchi prezident bo‘lardi, men nafaqaga chiqardim — Sadir Japarov
Qirg‘iziston prezidenti Japarov 2027-yilda hokimiyatni Tashiyevga topshirishni rejalashtirganini, biroq keyin fikridan qaytganini aytdi.
Siyosat
14.08.2026, 11:49
Ulashish:

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2027-yilda lavozimini tark etib, o‘zining uzoq yillik orqadoshi Qamchibek Tashiyevni vorisi sifatida qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirganini, biroq keyinchalik Tashiyev prezidentlikka hali tayyor emas, degan xulosaga kelganini aytdi.
Bu ma’lumot prokuratura Tashiyev va yana yetti nafar sudlanuvchiga “75 lar maktubi” ishi bo‘yicha to‘qqiz yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘rab apellyatsiya sudiga murojaat qilgan bir paytda oshkor bo‘ldi.
Japarov bekor qilingan hokimiyat vorisligi haqida jurnalist Ali Toqtakunov bilan 13-avgust kuni e’lon qilingan intervyusida ma’lum qildi. U 2021-yilda qo‘lga kiritgan olti yillik prezidentlik muddatini yakunlagandan so‘ng, agar Tashiyev mamlakatni boshqarishga tayyor bo‘lsa, siyosatdan ketishni rejalashtirgan.
“Qamchi prezident bo‘lardi, men esa nafaqaga chiqardim. Rejam shunday edi”, — dedi Japarov.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u bundan bir yil oldin Tashiyevga mazkur niyati haqida aytib, prezidentlikka tayyorgarlik ko‘rishga, atrofidagi odamlarga nisbatan tartib-intizomni kuchaytirishga chaqirgan.
Biroq Japarov keyinchalik Tashiyev hali prezidentlikka tayyor emas, degan xulosaga kelgan. Bunga Tashiyevning ayrim xodimlaridagi xatti-harakatlar, “75 lar maktubi” hamda parlament ichida prezident bilan “general” tarafdorlari o‘rtasida bo‘linish yuzaga kelayotgani sabab bo‘lgan.
Bu izoh Japarovning 10-fevral kuni Tashiyevni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi va Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etish chog‘ida bergan tushuntirishiga zid keladi. O‘shanda prezident ma’muriyati bu qaror “jamiyat va davlat idoralarida bo‘linishning oldini olish” uchun zarurligini ta’kidlagan edi.
Ko‘p o‘tmay, MXDQning yuqori martabali amaldorlari lavozimidan chetlatildi, chegara xizmati qo‘mita tasarrufidan chiqarildi va parlament spikeri Nurlanbek Turg‘unbek uuli iste’foga chiqdi.
Intervyu davomida Japarov Tashiyev bilan 2005-yildan beri do‘st ekanini, ularning oilalari ham yaqin munosabatlarda bo‘lganini aytdi.
“U do‘stim bo‘lib qoladi, lekin uni biror lavozimga tayinlash niyatim yo‘q”, — dedi Japarov.
Shuningdek, Tashiyevning MXDQda o‘tgan besh yili davomida katta ishlar qilganini e’tirof etar ekan, u dam olishi va qayerda xato qilganini o‘ylab ko‘rishi zarurligini aytdi.
Japarov prezidentlikka qayta nomzodini qo'yadi
Japarov ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishini ilk bor shaxsan o‘zi tasdiqladi. Prezidentning matbuot kotibi 2024-yildayoq prezident yana saylovda qatnashishni rejalashtirayotganini bildirgan. Biroq prezident shu paytgacha buni ochiqchasiga e’lon qilmagan edi.
Uning aytishicha, mamlakatda allaqachon boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazib qo‘yish uchun ikkinchi muddat zarur.
Raqiblarning ham saylovda erkin qatnashishiga imkon berilishi ta’kidlandi.
“Yo‘l ochiq. Kim xohlasa, nomzodini qo‘ysin”, — dedi Prezident Japarov.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 2027-yilning 27-yanvariga belgilangan. Saylov sanasi bungacha ikki marta o‘zgartirildi.
2025-yilda ovoz berish sanasi 2026-yil oktabridan 2027-yil yanvariga ko‘chirildi. Bu o‘zgartirish Japarovning 2021-yil yanvarida qo‘lga kiritgan olti yillik prezidentlik muddatini to‘liq o‘tashiga imkon berish uchun qilindi.
2026-yil iyulida imzolangan qonun bilan saylov kuni yanvar oyining to‘rtinchi yakshanbasidan to‘rtinchi chorshanbasiga o‘zgartirildi.
Japarovning vakolat muddati fevraldagi siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. U avvalgi konstitutsiyaga muvofiq saylangan bo‘lib, unda prezident uchun bir martalik olti yillik muddat belgilangan edi. Oradan uch oy o‘tib tasdiqlangan yangi konstitutsiya esa ikki martalik besh yillik muddatni joriy qildi.
Joriy yil boshida Konstitutsiyaviy sud Japarovning amaldagi prezidentlik muddatini 2021-yilgi Konstitutsiya bo‘yicha uning birinchi muddati sifatida hisoblash to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu esa unga ikkinchi besh yillik muddat uchun nomzodini qo‘yish imkonini berdi.
“75 lar maktubi” 9-fevral kuni — Tashiyev lavozimidan chetlatilishidan bir kun oldin e’lon qilingan. Sobiq davlat amaldorlari va boshqa nufuzli shaxslar tomonidan imzolangan ochiq maktubda Japarovning prezidentlik muddati qachon yakunlanishi masalasiga oydinlik kiritish uchun zudlik bilan prezidentlik saylovini o‘tkazish taklif qilingan.
Maktubda hukumatning mamlakatda barqarorlikni tiklagani va chegara masalalarini hal qilgani ijobiy baholangan. Shu bilan birga, qarzdorlik, kambag‘allik va mehnat migratsiyasi kabi muammolar ham tilga olingan.
Japarov va Tashiyev o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikning barham topishi ayniqsa e’tiborga molik bo‘ldi, chunki ularning siyosiy ittifoqi qariyb yigirma yilga borib taqalardi.
Japarov endilikda bir paytlar voz kechishni rejalashtirgan ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tashiyev esa o‘ziga chiqarilgan hukmni bekor qilish uchun kurashmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Sadir Japarov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 17:22
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
