Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim 6,5 mingdan ortiq Myanma fuqarosini dekabr oyida mamlakatga qaytariş rejasini e’lon qildi.
Jahon
24.11.2026, 15:58
Ulashish:

Bu xabar Xalqaro sud Myanmada roxinja ozçiligiga nisbatan genotsid sodir etilgani haqida qaror çiqarganidan beş kun ötib yangradi.
Anvar Ibrohimning aytişiça, 1,5 ming kişi 6–7 dekabr kunlari uçta harbiy-dengiz kemasida olib ketiladi. Yana 5 303 kişi dekabr davomida Myanma hukumati hisobidan samolyotlarda qaytariladi.
Malayziya avval ham Myanmadan qoçgan odamlarga boşpana berib kelgan. Biroq sönggi yillarda mamlakat hukumati qoçqinlar soni köpayişi ortidan ularni qabul qiliş moliyaviy yuk va xavfsizlik muammosiga aylanayotganini bildirmoqda.
Sentyabr oyi oxirida taxminan 1,5 ming muhojir Myanmaga qaytarilgan edi. Inson huquqlari taşkilotlari bu jarayon qanday amalga oşirilgani oçiqlanmaganidan xavotir bildirgan.
BMT Qoçqinlar böyiça oliy komissari boşqarmasi ma’lumotlariga köra, avgust oyi holatida Malayziyada 225 740 nafar qoçqin va boşpana sörovçi röyxatga olingan. Ularning qariyb 90 foizi Myanmadan kelgan.
Xalqaro sud qarori va qoçqinlarning xavfsizligi
Malayziyaning qaytariş rejasi Xalqaro sud Myanmadagi roxinja ozçiligiga nisbatan genotsid sodir etilgani haqida qaror çiqarganidan beş kun ötib e’lon qilindi.
Gaagada joylaşgan Xalqaro sud ötgan hafta Myanma xavfsizlik kuçlari roxinjalarga nisbatan genotsid sodir etgani haqida xulosa çiqardi. Sud Myanma hukumatidan mamlakat içida yoki xorijda boşpana topgan qoçqinlarning xavfsiz, ixtiyoriy va munosib tarzda qaytişiga şaroit yaratişni talab qildi.
Roxinjalar – asosan musulmonlardan iborat etnik ozçilik bölib, ular Myanmada uzoq yillardan beri ta’qib va zöravonliklarga duç kelib keladi.
Anvar Ibrohim Malayziyadagi boşpana sörovçilarning köpçiligi Myanma hukumati zöravonliklari qurboni ekanini tan oldi. Biroq u mamlakat qoçqinlarni qabul qilişni moliyaviy jihatdan davom ettira olmasligini aytdi. Uçinçi davlatlarga köçiriş orqali muammoni hal qiliş umidi ham özini oqlamaganini ta’kidladi.
Malayziya boş vaziri ötgan oy Myanmaning sobiq harbiy xunta rahbari va amaldagi prezidenti Min Aun Xlaynni qabul qilgan edi. Inson huquqlari taşkilotlari bu uçraşuv Myanma hukumatining legitimligini tan olişga xizmat qilişi va qaytarilayotgan qoçqinlar xavfsizligiga tahdid solişi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Şuningdek, Malayziya oktyabr oyi oxirida Myanmaga qaytarilgan yuzlab muhojir harbiylar nazoratidagi hibsxonalarda saqlanayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan Myanmadan izoh söraşini bildirgan edi.
BMT ma’lumotlariga köra, Malayziyadagi Myanmadan kelgan 190 ming nafar qoçqin va boşpana sörovçining qariyb uçdan ikki qismini roxinjalar taşkil qiladi.
Jahon
24.11.2026, 15:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

G‘azodagi urushni “genotsid” deb atagan jarroh AQSH Kongressiga nomzod bo‘ldi
Jahon
03.06.2026, 16:26

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Ta'lim
11.05.2026, 14:01

Oʻzbekiston – Malayziya: 5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
17.09.2025, 16:26

Rossiya Malayziya samolyotini urib tushirishda aybdor deb topildi — BMT
Jahon
13.05.2025, 11:43
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
