Mirziyoyev hukumatning bir necha mansabdorlariga yangi amal berdi
Kecha, 24 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan Mudofaa vaziri, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilib, boshqa vazifaga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
25.11.2024, 10:00
Ulashish:
Mirziyoyev hukumatning bir necha mansabdorlariga yangi amal berdi
Qayd etilishicha, besh yildan buyon Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Bahodir Qurbonov vazifasidan ozod etilib, Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.
Qurbonov dastlab, 1994-1996 yillarda Jizzax IIO tergov boʻlimida tergovchi, soʻngra katta tergovchi boʻlib ishlagan. 1996 yilda Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimining noqonuniy valyuta operatsiyalariga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimi, 1997-1998 yillarda Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 1-boʻlimi tezkor xodimi, 1998 yilda 2-boʻlimi katta tergovchisi lavozimida ishlagan.
1999 yilda ushbu boʻlimning 3-boʻlimi katta tergovchisi, shuningdek, Jizzax tumani IIB Jinoyat qidiruv boʻlimi tergovchisi lavozimlarida boʻlgan. Shu yili viloyat IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 3-boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Bundan tashqari, Jizzax viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2002 yilda Jizzax tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 2005 yilda Gʻallaorol tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtgan. 2008 yilda Ichki ishlar vazirligi Patrul xizmati bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Shu yili Namangan viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
2013 yil 24 dekabrdan 2015 yil 27 dekabrgacha Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2015 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 2017 yil 14 yanvarda unga general-mayor unvoni berilgan. 2018 yil 12 fevraldan 2019 yil 11 fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni lavozimida ishlagan.
Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, yaʼni Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi — Shuhrat Xalmuxamedov ham lavozimidan ozod etilib, Mudofaa vaziri lavozimiga koʻtarildi.
Xalmuxamedov mazkur lavozimda 2021 yilning mart oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Bungacha u mudofaa vaziri oʻrinbosari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari va Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, 2019 yildan beri Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdusalam Azizov lavozimidan ozod etilib, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga oʻtkazildi.
Bundan oldin u 2017 yil sentabridan Mudofaa vazirligiga rahbarlik qilgan. 2002 yildan 2006 yilgacha esa "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajargan. 2006 yil sentabrda 2008 yil noyabrgacha "Oʻzneftmahsulot" ("Oʻzbekneftgaz" shoʻba korxonasi) kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
2008 yil noyabrida Ichki ishlar vazirligiga qaytib, shu yilning noyabr-dekabr oylarida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, 2008 yil dekabridan 2009 yil dekabrigacha esa ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2009−2017 yillarda Jizzax viloyati IIB boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Manbada yuqorida nomi keltirilgan mansab egalarining nima sababdan lavozimi oʻzgargani haqida maʼlumotlar ochiqlanmagan.
Oʻzbekiston
25.11.2024, 10:00
Ulashish:
Mashhur yangiliklar
Toshkentda oʻgʻil bolaga qizlar kiyimini kiydirgan tarbiyachi ishdan boʻshatildi
Oʻzbekiston
30.10.2024, 10:43
Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi
Oʻzbekiston
28.10.2024, 09:57
Qashqadaryoda ichida yoʻlovchilari bo'lgan mashinani tosh bosib qoldi
Oʻzbekiston
07.11.2024, 10:06
Chiqindidan qarzdor isteʼmolchilar elektr energiyasidan uzib qoʻyilmaydi
Oʻzbekiston
30.10.2024, 11:06
Dunyoda maymun chechagini yuqtirish holatlari rekord darajaga yetdi
Jahon
28.10.2024, 14:36
Eronda Germaniya fuqarosi qatl qilindi
Jahon
29.10.2024, 11:41
So‘nggi yangiliklar
Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Fan-texnologiya
25.11.2024, 10:23
Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi kaltaklandi
Oʻzbekiston
23.11.2024, 13:01
Yana ikki tumanning hokim yordamchisi jinoyatga qoʻl urdi
Oʻzbekiston
19.11.2024, 11:17
Xorazmda oʻqituvchini doʻpposlagan ayolga jinoyat ishi ochildi
Oʻzbekiston
19.11.2024, 10:54
Namangandagi toʻrtta AYoQShda yaroqsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Oʻzbekiston
19.11.2024, 09:30
Togʻa voyaga yetmagan jiyanlarini xipchin bilan savaladi
Oʻzbekiston
18.11.2024, 09:24
Ikki viloyatda energiya resurslaridan qarzdorlikni yoʻq qilib berishni vaʼda berganlar ushlandi
Oʻzbekiston
15.11.2024, 11:48
Qashqadaryodan Rossiyaga qadimiy tangalarni olib ketmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi
Oʻzbekiston
15.11.2024, 10:26
"Avtoterrorizm"ga kim aybdor?
Oʻzbekiston
14.11.2024, 11:11
Pnevmoniyani qanday oldini olish mumkin?
Fan-texnologiya
13.11.2024, 11:05
Putin Tramp bilan uchrashadimi?
Jahon
08.11.2024, 11:40
Mashhur yangiliklar
Toshkentda oʻgʻil bolaga qizlar kiyimini kiydirgan tarbiyachi ishdan boʻshatildi
Oʻzbekiston
30.10.2024, 10:43
Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi
Oʻzbekiston
28.10.2024, 09:57
Qashqadaryoda ichida yoʻlovchilari bo'lgan mashinani tosh bosib qoldi
Oʻzbekiston
07.11.2024, 10:06
Chiqindidan qarzdor isteʼmolchilar elektr energiyasidan uzib qoʻyilmaydi
Oʻzbekiston
30.10.2024, 11:06
Dunyoda maymun chechagini yuqtirish holatlari rekord darajaga yetdi
Jahon
28.10.2024, 14:36
Eronda Germaniya fuqarosi qatl qilindi
Jahon
29.10.2024, 11:41