Moldova MDH aʼzoligini tugatish sari qadam qoʻydi
Moldova Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tarkibidan toʻliq chiqishi jarayonini boshladi.
Jahon
20.01.2026, 09:14
Ulashish:

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy maʼlum qildi.
Vazirning taʼkidlashicha, ayni paytda MDHni tashkil etuvchi asosiy hujjatlarni bekor qilish (denonsatsiya qilish) ustida ishlar olib borilmoqda. Xususan, 1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida imzolangan MDH Nizomi, 1991 yil 8 dekabrdagi MDHni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim hamda 1991 yil 22 dekabrda qabul qilingan unga ilova haqida soʻz bormoqda.
«Ushbu uchta asosiy shartnoma bekor qilingach, Moldova Respublikasi rasman MDH tarkibidan chiqadi. Bu jarayon allaqachon boshlangan. Qaror yaqinda qabul qilindi, hozir esa tasdiqlash bosqichi davom etmoqda», — dedi Popshoy.
Uning soʻzlariga koʻra, parlamentning yangi sessiyasi boshlanganidan soʻng denonsatsiyaga oid hujjatlar qonun chiqaruvchilar tomonidan koʻrib chiqiladi.
«Fevral oyining oʻrtalariga qadar, ehtimol, hukumat darajasidagi barcha jarayonlar yakunlanadi. Shundan soʻng parlament ushbu qarorni qabul qiladi», — dedi vazir.
Popshoy taʼkidlaganidek, agar qonun chiqaruvchi organ uchta taʼsis shartnomasini bekor qilishni maʼqullasa va prezident barcha texnik bosqichlar yakunlanganidan soʻng ularni tasdiqlasa, Moldova MDH aʼzoligini toʻliq tugatadi.
Maʼlumot uchun, Moldova hozirgacha MDH doirasida jami 283 ta kelishuv imzolagan. Ularning 71 tasi allaqachon bekor qilingan, taxminan 60 tasi esa bekor qilish jarayonida. Kishinyov rasmiylari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng, 2022 yil fevral oyida MDH bilan tuzilgan kelishuvlarni bekor qilish jarayonini boshlagan edi.
Jahon
20.01.2026, 09:14
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ukraina 1992 yilgi MDH chegaralarini himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimdan chiqdi
Jahon
27.01.2026, 12:50

Tajovuzkor ritorika davom etmoqda: navbat Valuyevga
Jahon
23.01.2026, 10:32

Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?
Oʻzbekiston
09.10.2024, 10:02
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi
Madaniy
09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida
Sport
09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
Sport
09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda
Oʻzbekiston
09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi
Jahon
09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda
Madaniy
09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari
Ta'lim
09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi
Jahon
06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin
Jahon
06.02.2026, 16:00
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
