Mubashshir Ahmad «Sangorod»ga oʻtkazildi

Navoiy viloyatida jazo muddatini oʻtayotgan Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 20 fevral kuni Toshkent shahriga olib kelindi.

Ulashish:

Bu haqda uning advokati Abdulloh Sodiq maʼlum qildi.

Advokatning bildirishicha, mahkum Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan poytaxtdagi Yashnobod tumanida joylashgan 23-sonli mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga («Sangorod») vaqtinchalik koʻchirilgan. Mazkur tibbiy muassasada ogʻir kasallikka chalingan yoki davolanishga muhtoj mahkumlar saqlanadi.

Maʼlum qilinishicha, unga «chap oyoq artrozi» va «qandli diabet» tashxislari qoʻyilgan. Keyingi paytlarda oyoqlarida yana shish paydo boʻlgani sababli uni toʻliq va chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qaror qilingan. Tibbiy tekshiruvlar kamida ikki hafta davom etishi kutilmoqda.

Advokatning rasmiylarga tayanib bildirishicha, kelasi haftadan boshlab analizlar olish va kompleks koʻrik jarayoni boshlanadi. Hozircha himoyachi va mahkumning yaqinlari u bilan uchrashmagan.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil oktabr oyida Alisher Tursunov 2,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Avvalroq advokat uning sogʻligʻi ogʻir ekani va shu holatda ishga jalb etilayotganini maʼlum qilgan. Ombudsman esa oʻrganish natijasiga koʻra mahkum sogʻligʻi yoki mehnat sharoiti yuzasidan shikoyat bildirmaganini xabar qilgan edi.

So‘nggi yangiliklar

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?

Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.

Fan-texnologiya

22.02.2026, 09:08

Oksford bilan hamkorlik: Yangi Oʻzbekiston universiteti xalqaro maydonga chiqmoqda

Yangi Oʻzbekiston universitetida Oksford universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oxford Hub platformasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ta'lim

21.02.2026, 14:12

Texnikum oʻquvchilariga ham stipendiya toʻlanadi

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

Ta'lim

21.02.2026, 13:49

Britaniya qirolining ukasi qoʻlga olindi

Charlz IIIning ukasi - shahzoda Endryu 19 fevral kuni, 66 yoshga toʻlgan kuni qoʻlga olindi. U bir kun hibsda saqlanib, keyinchalik «tergov ostida» sharti bilan ozod etildi. 

Jahon

21.02.2026, 13:28

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi

Oʻzbekistonda oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlgan pedagoglar uchun uy-joy sotib olishda davlat tomonidan ipoteka subsidiyasi ajratiladi. 

Iqtisodiyot

21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi

Saudiya Arabistoni 2026 yilgi Haj mavsumi oldidan Umra ziyoratiga oid muhim cheklov va muddatlarni rasman eʼlon qildi.

Madaniy

21.02.2026, 11:01

Rossiya OAVlari Mirziyoyev samolyotini “AQSh harbiy samalyoti” deb talqin qildi

Rossiyaning ayrim Telegram kanallari va qator yirik OAVlari AQShdan uchib kelgan “nomaʼlum Boeing 787” Rossiya havo hududiga kirgani haqida xabar tarqatdi.

Oʻzbekiston

21.02.2026, 10:19

Oʻzbekistonda 4 ming km magistral yoʻl avtobanga aylantiriladi

Yirik magistral yoʻllarni xalqaro talablarga javob beradigan avtobanlarga aylantirish vazifasi 2026 yilgi davlat dasturiga kiritildi. 

Oʻzbekiston

21.02.2026, 10:07

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?

19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishida yetakchilar Gʻazo boʻyicha oʻz yordam takliflarini bildirishdi.

Jahon

21.02.2026, 07:37

Yevropa razvedkasi: aslida Rossiya tinchlik kelishuvini istamaydi

Ikkinchi razvedka boshligʻining aytishicha, aslida Kreml yaqin orada tinchlik kelishuvini xohlamaydi, bunga ehtiyoji ham yoʻq. Uning iqtisodiyoti tanazzul yoqasida emas.

Jahon

20.02.2026, 16:29

Orolboʻyida suv boshqaruvi loyihasi boshlandi

2026–2029 yillarga moʻljallangan yangi uch yillik loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va iqlim barqarorligini oshirishga qaratilgan.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 14:35