Oksford bilan hamkorlik: Yangi Oʻzbekiston universiteti xalqaro maydonga chiqmoqda

Yangi Oʻzbekiston universitetida Oksford universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oxford Hub platformasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ulashish:

Rasmiy bayonotda taʼkidlanishicha, bunday nufuzli universitet bilan hamkorlik Yangi Oʻzbekiston universitetining xalqaro akademik maydondagi mavqeini yangi bosqichga olib chiqadi.

Oksford universiteti soʻnggi yillarda Times Higher Educationning World University Rankings reytingida ketma-ket jahonning birinchi raqamli universiteti sifatida eʼtirof etilmoqda. Shuningdek, QS World University Rankings reytinglarida ham doimiy ravishda eng yuqori pogʻonalarda qayd etiladi.

Oxford Hub platformasi Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga Oksford universitetining yetakchi olimlari va mutaxassislarining ilgʻor tadqiqotlariga tizimli va rasmiy asosda kirish imkoniyatini yaratadi.

Tashabbus Oksford universiteti tarkibidagi Wolfson College huzurida faoliyat yurituvchi Oxford Birsöz Initiative tomonidan muvofiqlashtiriladi va Buyuk Britaniya hukumati koʻmagida amalga oshiriladi.

Taʼkidlanishicha, mazkur hamkorlik sunʼiy intellekt, muhandislik, ilgʻor texnologiyalar va ilm-fanning boshqa yoʻnalishlarida Oʻzbekiston va Britaniya olimlari oʻrtasida keng koʻlamli hamkorlik hamda yangi ilmiy tadqiqotlarga zamin yaratadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova platforma ishga tushirilishi akademik hamkorlik, professor-oʻqituvchilar almashinuvi va qoʻshma ilmiy tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tadbirda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili Jon Olderdaysga Yangi Oʻzbekiston universitetining «Faxriy professori» unvoni topshirildi.

Lord Jon Olderdays Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Endilikda dunyodagi yetakchi oliygohlaridan biri Oksford universitetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrgatiladi.

Ta'lim

16.10.2025, 12:29

Alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi

Prezidentning 298-son qaroriga koʻra, alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi. 

Oʻzbekiston

11.10.2025, 17:19

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi, Yangi Oʻzbekiston koʻchasidagi yerosti avtomobil yoʻli ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston koʻchasida barpo etilgan yerosti avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:19

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik bilan tanishuvi chogʻida Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasini ham koʻzdan kechirdi.

Siyosat

19.08.2025, 13:24

"Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tutash koʻcha bir oyga yopildi

"Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tutash koʻcha bir oyga yopildi

Yangi Oʻzbekiston yoʻlining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tutash qismida avtoulovlar harakati toʻxtatiladi.

Oʻzbekiston

09.07.2025, 12:00

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov

Mulla Abdul Gʻani Barodarning rasmiy tashrifi Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarni yangi darajaga koʻtardi. Tolibonning yaqinda "qoʻshni Oʻzbekiston davlati AQSh ishlab chiqargan harbiy vertolyotlarni Qoʻshma Shtatlarga qaytarishi" toʻgʻrisidagi diplomatik bayonotiga qaramay, ikki hukumat oʻrtasidagi munosabatlar aslida yuqori darajada rivojlanishda davom etmoqda va bu ishtirokchi tomonlar oʻrtasidagi muhim taraqqiyot va hamkorlikni koʻrsatadi.

Siyosat

04.03.2025, 12:38

So‘nggi yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46