Oʻzbekiston-Ozarbayjon: Neft-gaz sohasida muhim hujjat imzolandi

Ustyurt hududi yuqori istiqbolga ega boʻlib, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim ushbu hududni samarali rivojlantirish uchun muhim poydevor boʻladi.

Ulashish:

Energetika vazirligi

Energetika vazirligida Ustyurt neft-gaz mintaqasidagi investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va keyinchalik uglevodorodlarni qazib olishni nazarda tutuvchi mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, «SOCAR»  kompaniyasi prezidenti Rovshan Nadjaf, "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Siddiqov soʻzga chiqdi.

Energetika vazirligi, Ozarbayjon Respublikasining davlat neft kompaniyasi (SOCAR) hamda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida imzolangan bitim ikki davlat oʻrtasidagi energetika sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqib, uglevodorod resurslarini izlash va oʻzlashtirishda uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Bitim shartlariga muvofiq, kamida 1 ming kvadrat kilometr maydonda 3D seysmorazvedka ishlarini amalga oshirish va natijalarga koʻra bitta quduqda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Agar sanoat ahamiyatiga ega uglevodorod konlari aniqlansa, tomonlar ularni oʻzlashtirish va qazib olish bosqichiga oʻtadi.

– Imzolangan bitim nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtiradi, balki milliy neft-gaz tarmogʻini rivojlantirish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam boʻladi. Shu bilan birga, “Oʻzbekneftgaz” AJning xalqaro maydondagi ochiq, ishonchli va innovatsion hamkor sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi, – dedi jamiyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Siddiqov.

«SOCAR» bilan hamkorlik Oʻzbekiston uchun investitsiya manbalarini diversifikatsiya qilish hamda xalqaro ilgʻor tajribalarni tatbiq etish borasida muhim qadamdir. Ustyurt hududi yuqori istiqbolga ega boʻlib, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim ushbu hududni samarali rivojlantirish uchun muhim poydevor boʻladi.

Mutaxassislarning maʼlumot berishicha, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim davlat va investor oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarning oʻziga xos shakli boʻlib, unga koʻra investor geologik-qidiruv ishlari, uglevodorodlarni qazib chiqarish va oʻzlashtirishni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. 

Investor loyihaga sarflagan xarajatlarni qazib chiqarilgan resurslarning bir qism kompensatsiya mahsuloti orqali qoplaydi. Qolgan daromadli mahsulot esadavlat va investor oʻrtasida belgilangan ulushda taqsimlanadi. Bunday model investitsiyaviy xavflar vadaromadlarni adolatli taqsimlashni taʼminlaydi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etadi hamda ilgʻor texnologiyalarni mamlakatga olib kirishga koʻmaklashadi.

Marosim yakunida tomonlar ushbu imzolangan bitimning mohiyati, amalga oshirilishi va istiqboldagi ahamiyati haqidagi ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob qaytardi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 12:07

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

2025/2026 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ta'lim

26.07.2025, 10:16

Rossiyada koronavirusning «stratus» shtammi tarqalmoqda. U yangi pandemiyaga sabab boʻladimi?

“Rospotrebnadzor” koronavirusning yangi XFG shtammi bilan kasallanishning 114 holati qayd etilganini maʼlum qildi.

Jahon

25.07.2025, 20:42

"Navbahor"dan transfer taqiqi yechildi

Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze oʻz maoshini vaqtida olmagani ortidan qoʻyilgandi.

Sport

25.07.2025, 19:35

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida muhim shartnomalar imzolandi

Loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri boʻlib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 18:36

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi

Britaniyaning nufuzli “FourFourTwo” nashri Kataloniyaning “Barselona” klubi tarixidagi 50 nafar eng buyuk futbolchi reytingini eʼlon qildi.

Sport

25.07.2025, 18:05

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi

Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatida EC-145 rusumli harbiy vertolyotni qidirish ishlari olib borilmoqda. Vertolyot "Lugovoye" aerodromidan uchib chiqqach, radardan yoʻqolgan. Bu haqda Qozogʻiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Jahon

25.07.2025, 17:52

"Zoʻr TV" JCh-2026 translyatsiya huquqini sotib oldi

Mundial 2026 yil 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.

Sport

25.07.2025, 17:34

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi

Pora bilan qamoqqa tushgan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman hokimi hibsdaligi vaqtida uning nomidan pul ajratish boʻyicha qarorlar chiqqan. 

Oʻzbekiston

25.07.2025, 17:32

Oʻzbekiston aholisining 49 foizi qishloqlarda yashaydi

Oʻzbekiston aholisining 49 foizi qishloqlarda yashaydi

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 2025 yil 1 iyul holatiga koʻra, 37 mln 859,7 ming kishini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024 yil mos davriga nisbatan 725,5 ming kishiga yoki 2 foizga koʻp.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 17:20

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda advokat Ruslan Sodiqov Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 16:32

Oʻzbekiston – Rossiya: aviaqatnovlar soni oshiriladi va parvozlar geografiyasi kengaytiriladi

Moskvada ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari oʻrtasida havo qatnovlarini rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 16:31

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi

Turkiyaga dam olishga borgan Checheniston rahbari Ramazan Qodirov dengizda choʻkib ketishidan arang qutilib qoldi. Qodirov Sohil Xavfsizlik xodimlari tomonidan qaytarib qolingan. Hozirgi vaqtda uning sogʻligʻi yaxshi.

Jahon

25.07.2025, 15:35