updated: 22.03.2026, 19:30

Xitoy Oʻzbekiston uchun ham xavf, ham imkoniyat

Soʻngi vaqtlarda nafaqat Oʻzbekiston balki koʻplab mamlakatlar xususan AQSh Xitoydan kelayotgan iqtisodiy xavf va xatarlar haqida oldingidan koʻproq oʻylay boshladi. Oʻzbekiston mediasi hamda baʼzi jamoat faollari Xitoyning Oʻzbekistonga nafaqat iqtisodiy baki geosiyosiy jihatdan xavf ekanligi haqida fikrlarini ochiq oydin ayta boshladi. Biz esa Xitoyning Oʻzbekistonga ham xavfli tomonlarini ham foyda tomonlarini koʻrib chiqamiz.

Xitoy va O'zbekiston

Imkoniyatlar:

•  Xitoy dunyodagi eng yirik bozorlardan biri. U bilan savdo qilish har bir mamlakat uchun katta iqtisodiy foyda olish imkoniyatini beradi. Xitoy Oʻzbekistonning yirik savdo hamkorlaridan biri (2024 yilda Xitoy bilan tovar aylanmasi Rossiyadan ham oʻtib ketdi). Oʻzbekistonda "Yashil energetika" tizimi toʻliq ishga tushadigan boʻlsa Xitoy bizning elektr-energetika uchun juda katta bozorligini unutmaslik kerak.

•  Xitoy "Bir makon – bir yoʻl" loyihasi orqali koʻplab davlatlarga yoʻllar, portlar, temir yoʻllar qurishda yordam beryapti. Xitoy mablagʻiga yirik yoʻllar, temir yoʻllar va sanoat zonalari qurilyapti (masalan, Angren-Pop temir yoʻli, neft-gaz loyihalari).

•  Birgina Xitoy mahsulotlari tranziti ortidan juda katta daromad koʻriladi. Bu borada esa kadrlarni yetarlicha tayyorlash kerak boʻladi.

•  Xitoy sunʼiy intellekt, 5G va boshqa sohalarda ilgʻor texnologiyalar taklif qilyapti. Gʻarb va boshqa subʼektlar taklif etayotgan texnologiyalarga alternativ koʻpaysa tanlov imkoniyati boʻladi. Hatto, Xitoy bilan hamkorlikda milliy dasturlar yaratish tizimini yoʻlga qoʻyish mumkin. Bunda Oʻzbekistonda yetarlicha salohiyat va infrastruktura bor (Masalan, IT-Park tizimi).

•  Xitoy kompaniyalari telekommunikatsiya (Huawei), energiya va transport sohalarida faol.Oʻzbekiston sanoatini modernizatsiya qilish uchun bu katta imkoniyat.

 

Xavflar:

• Xitoydan ortiqcha qarz olish davlatlarni iqtisodiy jihatdan unga bogʻliq qilib qoʻyadi (buni "qarz tuzogʻi diplomatiyasi" deb atashadi). Agar Xitoy sarmoyasi nazoratsiz koʻpaysa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti ortiqcha Xitoyga bogʻliq boʻlib qolishi mumkin. Katta infratuzilma loyihalari uchun olinadigan kreditlar keyin qiyinchilik tugʻdirishi mumkin (boshqa mamlakatlar misoli bor, masalan, Shri-Lanka

• Xitoy sarmoyasining ortishi baʼzan geosiyosiy bosim ortishiga ham olib kelishi mumkin. Xitoy oʻz manfaatlarini qoʻllash uchun iqtisodiy taʼsirini siyosiy bosimga aylantirishi mumkin. Bunda, Gʻarb, Rossiya, Turkiya, Arab davlatlari va Xitoy balansini ushlash juda muhim boʻladi. Buni amalga oshirish esa juda-juda murakkab. Oʻzbekiston buni hozircha uddalayapti, davomli boʻlishi uchun esa aholining siyosiy savodxonligini oshirish va qoʻllab-quvvatlovni taʼminlash kerak boʻladi.

• Maʼlumotlar xavfsizligi, sanoat shpionaji kabi muammolar Xitoy bilan texnologik hamkorlikda muhim masala boʻlib qolyapti. AQSh bu borada juda katta achchiq tajribaga ega. Ammo, bu hodisani teskarisiga ham amalga oshirish va milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda Xitoy tajribasini qoʻllash kerak boʻladi.

 

Oʻzbekiston nima qilishi kerak?

 

Birichnidan, risklar bor va boʻladi. Ammo, bu risklardan toʻgʻri va aql bilan foydalanish orqali bartaraf etish mumkin. Faqat iqtisodiy oqilona va rentabel loyihalarga sarmoya va kredit olish, qarzga botib qolishdan saqlanish uchun qonunchilik darajasida meʼyorlar (yaʼni qarz chegaralari) belgilanishi lozim.

Ikkinchidan, iqtisodiy kelishuvlarda har doim Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilish. Strategik aktivlar (masalan, portlar, yirik zavodlar) boʻyicha ehtiyotkor boʻlish lozim boʻladi.

Uchinchidan, Xitoydan faqat tayyor mahsulot emas, texnologiya va bilim ham olish choralarini koʻrish kerak. Mahalliy kadrlarni tayyorlash va mustaqil rivojlanishni taʼminlash darkor.

Toʻrtinchidan, faqat Xitoy emas biz ham Xitoy iqtisodiyotida ishtirok etishimiz kerak. Masalan, Yaponiya va Koreya kabi Oʻzbekiston kapitali hissasi mavjud korxonalar tashkil etilishida ishtirok etish.
 

Farhod Karimovning 
Yaqin Sharq va Jahon siyosati boʻyicha ekspert, siyosatshunos 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →