Oʻzbekistonda «yashil» energiya hajmi 9 milliard kVt·soatga yetdi

Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiya miqdori 2025 yilning 22 oktabr soati 19:00 holatiga koʻra 9 milliard kVt·soatga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Ulashish:

Taʼkidlanishicha, bu koʻrsatkich prezident tomonidan 2023 yil 20 sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida hamda 2025 yil 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida belgilab berilgan strategik vazifalar — iqtisodiyotni iqlim oʻzgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va «yashil» energetika ulushini oshirish yoʻlidagi amaliy natijalardan biri hisoblanadi.

Hozirda mamlakat boʻylab umumiy quvvati 4 682 megavatt boʻlgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.

«Yashil» energiya hisobiga:

  • 2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi;
  • atmosferaga chiqishi mumkin boʻlgan 4 mln tonna zararli moddalarning oldi olindi.

Shuningdek, joriy yil boshidan 22 oktabr soati 19:00 holatigacha Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu umumiy generatsiyaning 23 foizi «yashil energiya» hissasiga toʻgʻri kelishini anglatadi.

Boshqacha aytganda, bu miqdor 7,5 million xonadonning 10 oylik yoki 6 million xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga tengdir.

Maʼlumot uchun, 23 sentabr soati 14:00 holatiga koʻra, quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan energiya hajmi 8 milliard kVt·soatni tashkil etgan edi.

Iqtisodiyot

24.10.2025, 10:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48