Oʻzbekistonda «yashil» energiyani rivojlantirishga BAA kompaniyasi 27 mln dollar investitsiya kiritadi

Energetika vazirligida BAAning “Global South Utilities” (GSU) kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ali Alshimmari hamda “Masdar” kompaniyasi bosh menejeri Maddi Niraj Kumar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil BAA poytaxtida oʻtgan sammitda belgilab bergan vazifalari ijrosi doirasida «yashil» energetika sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasi hajmi 8 milliard kVt·soatdan oshgan.

Uchrashuvda:

mamlakatda kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish;

mazkur yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini kuchaytirish;

sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shu munosabat bilan GSU kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi. Unga koʻra, kompaniya “Yashil Energiya” MChJga 27 mln dollar investitsiya kiritadi.

“Yashil Energiya” kompaniyasi davlat organlari, ijtimoiy soha obʼektlari va boshqa tashkilot binolarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini oʻrnatish va ishlatish ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida kichik quvvatli quyosh va gidroelektr stansiyalari, elektromobillar uchun yuqori tezlikda zaryadlash shoxobchalarini barpo etish va ularga zamonaviy texnik xizmat koʻrsatish ishlari jadallashtiriladi.

Tomonlar “yashil” energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston

27.09.2025, 12:09

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56

Somali Abu-Dabi bilan aloqalarni keskin uzdi

Somali hukumati Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan tuzilgan barcha kelishuvlarni bekor qildi. Gap strategik portlarni boshqarish, xavfsizlik hamda mudofaa sohasidagi shartnomalar haqida bormoqda.

Jahon

13.01.2026, 15:46

Oʻzbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi

Hozirda mamlakatda 5 582 megavatt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalari faoliyat yuritmoqda. “Yashil” energiya hisobiga 2,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejalgan va atmosferaga chiqishi mumkin boʻlgan 4,4 million tonna zararli moddalar oldi olindi.

Oʻzbekiston

12.12.2025, 14:40

Oʻzbekistonda «yashil» energiya hajmi 9 milliard kVt·soatga yetdi

Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiya miqdori 2025 yilning 22 oktabr soati 19:00 holatiga koʻra 9 milliard kVt·soatga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

24.10.2025, 10:01

Toshkentda BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

«Tashkent Invest» va BAAning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini qurish va boshqarish uchun qoʻshma korxona tashkil etdi. Yangi kompaniya DP World Tashkent deb nomlandi.

Iqtisodiyot

13.10.2025, 17:21

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48