Oʻzbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, sogʻlom iqtisodiyotga yoʻl ochiladi

Oʻzbekiston “Islomiy bank tizimini joriy etish: Barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish” mavzusida XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumiga mezbonlik qildi.

Ulashish:

Forum ikki kunlik muhokamalari davomida islom moliyasi sohasidagi nufuzli olimlar va mutaxassislarni Toshkentda jamladi

Forumning asosiy mavzusi islomiy moliyani rivojlantirish, ilgʻor amaliyotlarni moliya tizimiga joriy etish, olimlar, regulyatorlar, standartlarni belgilovchi tashkilotlar va soha mutaxassislari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda islomiy huquqqa oid masalalar yuzasidan fikr almashish maydonini yaratishga qaratildi.

Forum doirasida islomiy bank tizimiga oʻtish jarayoni, bank konversiyasida korporativ boshqaruv, moliyaviy mahsulotlar, huquqiy va meʼyoriy qiyinchiliklar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari masalalari muhokama qilindi.

Forumning ikkinchi kunida Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy maʼruza qildi. U islom bankchiligining barqaror moliya va global iqtisodiyotdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, maʼruzalarda anʼanaviy mahsulotlarni islomiy alternativi bilan almashtirish jarayonida qonunchilik uygʻunligi va global standartlarga moslashish zarurligi qayd etildi. Maʼruzalardan soʻng yangi shartnomalarga oʻtish, man qilingan elementlarni bartaraf etish va xalqaro tajribalarni integratsiya qilish yoʻllari muhokama etildi.

Zakot, vaqf va sadaqa kabi ijtimoiy vositalarni bank mahsulotlari bilan uygʻunlashtirish orqali moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish va jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari koʻrsatildi.

– Islom moliyasi aholining turli qatlamlari moliyaviy ehtiyojlarini qondirish va mavjud moliyaviy tizim yukini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, – deydi xalqaro ekspert Madzlan Hussayn. – Islom moliyasi aktivlar va xizmatlarga asoslangan boʻlib, ichki va tashqi bozordagi moliyaviy resurslarni davlat va jamiyat manfaati yoʻlida samarali yoʻnaltirish imkonini beradi. Soʻnggi yillarda islom moliyasiga boʻlgan talab ortmoqda. Shu oʻrinda ayta olaman, Oʻzbekiston islom moliyasini rivojlantirish potensiali yuqori. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, aholining maʼlum qismi anʼanaviy bank xizmatlaridan diniy eʼtiqod nuqtai nazaridan foydalanmaydi. Bu, oʻz navbatida aholi qoʻlidagi boʻsh pul mablagʻlari, jamgʻarmalarining iqtisodiyotda faol harakatsiz, qoʻshilgan qiymat yaratmasdan turganini bildiradi. Islom moliyasi bu mablagʻlarning aktiv harakatini taʼminlash evaziga faol iqtisodiy investitsiyalarning paydo boʻlishiga xizmat qiladi.

Forum yakunida rezolyutsiya eʼlon qilindi. Forum Oʻzbekiston uchun inson kapitalini rivojlantirish, huquqiy asoslarni takomillashtirish va islomiy bankchilikni joriy etishda muhim bosqich boʻldi.

Mavzuga oid yangiliklar

Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy: Oʻzbekistonda islomiy moliya yoʻlga qoʻyilsa, katta natijalarga erishish mumkin (+video)

Toshkent shahridagi Islom moliyasi boʻyicha 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi boʻlib oʻtmoqda. Shu vaqtga qadar mazkur forum Malayziya davlatida tashkil etilgan. Ushbu forumning 20 yillik yubileyiga Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda. 

Oʻzbekiston

19.09.2025, 12:19

Oʻzbekistonda Islomiy bank faoliyati joriy etiladi

Endilikda banklar toʻliq yoki anʼanaviy tizim bilan birga islomiy bank xizmatlarini koʻrsatishi, shuningdek, islomiy moliya operatsiyalari uchun alohida soliq tartibi qoʻllanilishi mumkin.

Iqtisodiyot

05.02.2026, 17:02

Oʻzbekistonda birinchi islomiy bank qachon ochiladi?

Rejaga koʻra, 2027–2030 yillar davomida har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi. 2030 yilga kelib esa davlat ixtiyorida faqat toʻrtta bank qolishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot

06.01.2026, 15:15

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirishga boʻlgan qiziqish ortib borar ekan, bu yoʻnalishda amaliy qadamlar ham kengaymoqda. Ipak Yuli Bank EEFU bilan 20 million dollarlik yangi hamkorlik bitimini imzolaganini maʼlum qildi. Mablagʻlar shariat talablariga muvofiq Murabaxa vositasi orqali ajratiladi.

Iqtisodiyot

21.11.2025, 10:38

Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyati uchun qonunchilikka oʻzgartishlar kiritilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Iqtisodiyot

17.09.2025, 09:01

So‘nggi yangiliklar

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58