Paralimpiada-2024. birinchi kunda oʻzbekistonlik 6 sportchi ishtirokini boshlaydi
Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining birinchi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasidan 6 nafar sportchi 2 ta sport turida ishtirokini boshlaydi. Paralimpiya qoʻmitasi sportchilarning ishtiroki taqvimini eʼlon qildi.
Sport
29.08.2024, 16:25
Ulashish:
Para suzish S13
Soat 14:00 dan soʻng 3 nafar sportchi: Kirill Pankov, Muzaffar Tursunxoʻjayev va Islam Aslanov 100 metrga batterflay usulida suzish bahslarida qatnashadi.
29 yoshli Kirill Pankov Incheon-2014, Jakarta-2018 hamda Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining yakuniy reyting natijalariga koʻra Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Muzaffar Tursunxoʻjayev 1998 yil 16 yanvarda tugʻilgan. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlari gʻolibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.Islam Aslanov ham 29 yoshda. Sportchi Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2023 yil Londonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 50 m va 100 m masofaga erkin usulda suzish boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Para suzish (ayollar) S13
Erkaklar oʻrtasidagi bahslardan soʻng ayollar oʻrtasida batterflay usulida 100 metrga suzish bahslari start oladi. Unda Shoxsanamxon Toshpoʻlatova va Muslima Odilova ham ishtirok etadi. Shoxsanam Toshpoʻlatova 1997 yil 4 mayda tugʻilgan. Paraatlet Jahon chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlgan. 26 yoshli Muslima Odilova esa Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medal sohibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining yakuniy reyting natijalariga koʻra Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Para taekvondo
Soat 16:49 dan soʻng para taekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) chorak finaldan ishtirokini boshlaydi. U 1998 yil 14 fevralda tugʻilgan. Sportchi 2023 yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Sport
29.08.2024, 16:25
Ulashish:
Mashhur yangiliklar
Toshkentda ilk bor Jordan Piterson va Mark Barton ishtirokida "Tafakkur transformatsiyasi" boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi
Madaniy
26.08.2024, 11:29
Telegram asoschisi nega qamaldi?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan fuqaroga 9 millionga yaqin jarima belgilandi
Oʻzbekiston
28.08.2024, 10:13
Putinning ommaga oshkor qilinmagan oʻgʻillari aniqlandi
Jahon
05.09.2024, 13:44
Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi
Ta'lim
05.09.2024, 13:23
So‘nggi yangiliklar
Havo harorati 32 darajagacha koʻtariladi — "Oʻzgidromet"
Oʻzbekiston
19.09.2024, 14:24
Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi
Oʻzbekiston
19.09.2024, 12:31
Oʻzbekistonda odamlar goʻshtdan zaharlanyaptimi?
Oʻzbekiston
19.09.2024, 11:48
Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi
Fan-texnologiya
19.09.2024, 11:18
Soliq qoʻmitasi ikkita bankka ogohlantirish berdi
Oʻzbekiston
19.09.2024, 10:37
Nodir Ganiyev Fransiya Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi
Siyosat
19.09.2024, 10:05
Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 16:20
Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 15:02
Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 14:28
"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?
Oʻzbekiston
18.09.2024, 12:27
Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 11:38
Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 11:05
Mashhur yangiliklar
Toshkentda ilk bor Jordan Piterson va Mark Barton ishtirokida "Tafakkur transformatsiyasi" boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi
Madaniy
26.08.2024, 11:29
Telegram asoschisi nega qamaldi?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan fuqaroga 9 millionga yaqin jarima belgilandi
Oʻzbekiston
28.08.2024, 10:13
Putinning ommaga oshkor qilinmagan oʻgʻillari aniqlandi
Jahon
05.09.2024, 13:44
Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi
Ta'lim
05.09.2024, 13:23