Qachongacha Oʻzbekiston bolalari yoʻllarda o'lishda davom etadi?! — Rasul Kusherboyev
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini "Cobalt" mashinasi urib yuborgani tasvirlangan video tarqalgandi. Biroq mazkur video tasvir tarmoqlarda tarqalganiga olti soat boʻlganiga qaramasdan holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirmayotgani haqida PARADIGMA.UZ maʼlum qilgan edi. Oradan sakkiz soat oʻtib, yaʼni 7:20 da sodir boʻlgan hodisa 15:09 da Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmatida yangilik qilib, Telegram'dagi kanaliga joylandi.
Oʻzbekiston
30.09.2024, 17:16
Ulashish:

Qachongacha Oʻzbekiston bolalari yoʻllarda olishda davom etadi?! — Rasul Kusherboyev
Unda qayd etilishicha, voqea 07:45 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14-sonli maktab qarshisida sodir boʻlgan. Shu yoʻl boʻylab harakatlanib kelayotgan "Cobalt" rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan 11 yoshli qizni urib yuborgan.
Soʻng qiz hududdagi markaziy shifoxonaga olib borilgan va birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Ahvoli yaxshiligi sababli shifoxonadan ruxsat berilgan. Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Biroq masʼullar tomonidan berilgan munosabat ijtimoiy tarmoq faollarini qoniqtirmadi. Masalan, Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev "Qachongacha Oʻzbekiston bolalari yoʻllarda oʻlishda davom etadi?!" degan kinoyali savol bilan oʻzining Telegram'dagi shaxsiy kanalida post qoldirgan. Shuningdek, u qizchani urib yuborgan haydovchini "qotil" deb ham atagan.
"Qachongacha Oʻzbekiston bolalari yoʻllarda oʻlishda davom etadi? Maʼlum qilishlaricha, ushbu holat Yuqori Chirchiq tumanida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan haydovchi (qotil) maktabga ketayotgan oʻquvchi bolani urib yuborgan.
Bizga xavfsiz yoʻllar kerak. Bolalar qoʻrqmasdan yoʻllardan oʻtib maktabga borib kelishi kerak. IIO xodimlarini tasvirga olib, internetga joylaganlik uchun jazo berish tashvishi bilan yashayotganlarga savol: oʻzi qachongacha Oʻzbekiston bolalari yoʻllarda oʻlishda davom etadi?”, deya yozgan vazir maslahatchisi.
Xoʻsh, siz yuqoridagi vaziyatga qanday munosabat bildirasiz? Joylarda kuzatilayotgan bu hodisa uquvsiz haydovchilar aybdormi yoki ularning shunday boʻlishida yetarlicha tushuntirish bermayotgan masʼullarmi?
Oʻzbekiston
30.09.2024, 17:16
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Fargʻonada voyaga yetmagan "haydovchi" YTH qurboni boʻldi
Oʻzbekiston
31.01.2025, 14:22

Toshkentda bir kunda uchta YTH yuz berdi
Oʻzbekiston
29.01.2025, 11:23

Toshkentda YTH sabab 18 yoshli haydovchi halok boʻldi
Oʻzbekiston
12.12.2024, 10:07

Toshkentda ikkita yuk mashina toʻqnashishi oqibatida haydovchi halok boʻldi
Oʻzbekiston
27.11.2024, 11:29

"Avtoterrorizm"ga kim aybdor?
Oʻzbekiston
14.11.2024, 11:11

Toshkentda yuz bergan YTHda ikki kishi jarohatlandi
Oʻzbekiston
04.11.2024, 11:26
Mashhur yangiliklar

OTM oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi
Ta'lim
05.06.2025, 14:45

Yevropa uchun Oʻzbekistondagi inson huquqlari endi muhim emasmi?
Siyosat
05.06.2025, 16:22

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha byuroning katta masʼul xodimi Erik Mayer Oʻzbekistonga keladi
Siyosat
09.06.2025, 13:53

NATO va AQSh tark etgan Afgʻonistonda Oʻzbekiston yangi strategiyani amalga oshirmoqda
Siyosat
09.06.2025, 15:47

Iyul va avgust oyidan ish haqi va pensiyalar oshiriladi
Iqtisodiyot
03.06.2025, 12:14

Malta Respublikasi iyun oyida Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi — Robert Abela
Jahon
26.05.2025, 17:03
So‘nggi yangiliklar

Qimor oʻyinlarni reklama qilgan "Jasjan_" javobgarlikka tortildi
Oʻzbekiston
23.06.2025, 11:35

Toshkent viloyati kadastr xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
23.06.2025, 11:03

23 iyun kuni havo harorati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston
23.06.2025, 08:59

Erondagi 60 ga yaqin oʻzbekistonlik vataniga qaytarildi
Siyosat
21.06.2025, 15:57

Pokiston Trampni Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatdi
Jahon
21.06.2025, 12:20

Isroil erta tongda Eronning Qum shahriga hujum qildi
Jahon
21.06.2025, 10:59

AQSh maxfiy xizmatlari Eronning atom bombasini yaratish boʻyicha hali qaror qabul qilmaganini aytmoqda — NYT
Jahon
20.06.2025, 13:21

"Magnum" Oʻzbekistonni tark etmoqda
Iqtisodiyot
19.06.2025, 14:05

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi
Siyosat
18.06.2025, 17:48

20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralab, qoʻshma bayonot qabul qildi
Siyosat
18.06.2025, 12:37

Isroildagi oʻzbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkin?
Siyosat
18.06.2025, 11:26

Shimoliy Koreya Kurskni tiklash uchun Rossiyaga ishchi yuboradi
Jahon
18.06.2025, 11:01
Mashhur yangiliklar

OTM oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi
Ta'lim
05.06.2025, 14:45

Yevropa uchun Oʻzbekistondagi inson huquqlari endi muhim emasmi?
Siyosat
05.06.2025, 16:22

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha byuroning katta masʼul xodimi Erik Mayer Oʻzbekistonga keladi
Siyosat
09.06.2025, 13:53

NATO va AQSh tark etgan Afgʻonistonda Oʻzbekiston yangi strategiyani amalga oshirmoqda
Siyosat
09.06.2025, 15:47

Iyul va avgust oyidan ish haqi va pensiyalar oshiriladi
Iqtisodiyot
03.06.2025, 12:14

Malta Respublikasi iyun oyida Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi — Robert Abela
Jahon
26.05.2025, 17:03