Qozogʻiston boʻyicha ambitsiyalari nimalardan iborat?
Joriy yilning 21-23 aprel kunlari Qozogʻiston respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin Afgʻoniston poytaxti Kobulga rasmiy tashrifini amalga oshirib, muvaqqat hukumat raisi oʻrinbosari Mulla Abdulgʻani Barodar bilan uchrashdi. Ushbu rasmiy tashrif ikki mamlakat uchun muhim oʻrin tutuvchi umumiy qiymati 140 million AQSh dollarlik boʻlgan 20 ga yaqin shartnomalar imzolanishi bilan yakunlandi.
Iqtisodiyot
29.04.2025, 15:53
Ulashish:

Maʼlumki, shFederatsiyasing 17 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Tolibon hukumatini terrorchi guruhlar roʻyxatidan rasman chiqarib tashladi, bunga mos ravishda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, xususan Qozogʻiston oʻzining Afgʻonistonga boʻlgan siyosatini qayta koʻrib chiqib, oʻzaro aloqalarni rivojlantirish siyosatini olib bormoqda. Shu munosabat bilan amalga oshirilgan ushbu rasmiy tashrif davomida kun tartibida iqtisodiyotning koʻplab tarmoqlarini rivojlantirish uchun bir nechta shartnomalar imzolandi.
Qozogʻistonning Afgʻoniston bilan yaqinlashuv siyosatini kuchayishini bir nechta faktorlar orqali isbotlash mumkin.
1.Tranzit hudud. Serik Jumangarin Kobulga tashrifi davomida Qozogʻistonni Hind okeaniga toʻgʻridan-toʻgʻri olib chiquvchi “Torgundi-Hirot-Qandahor-Spin-Buldak” yoʻnalishining Qozogʻiston uchun muhim bosqichi boʻlgan 113 kilometrlik Turgʻunda-Xirot yoʻnalishi uchun katta sarmoya kiritilishini va aynan temir yoʻl qurilishini nazoratga olish uchun Xirotda logistika kompaniyasi tashkil qilishga tayyor ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.Bundan tashqari, ushbu yoʻnalishdagi temiryoʻl uchastkasini qurish davomida optik kabellarni yotqizish rejasini ham taklif etgan. Bu esa, Qozogʻistonni Rossiya va Hind okeanigacha boʻlgan hududda joylashgan, barcha yoʻllar uning hududidan oʻtuvchi tranzit zonaga aylantiradi.

2.Qozogʻiston uchun yangi isteʼmol bozorining ochilishi.
Maʼlumki, Qozogʻiston Afgʻonistonning eng yirik oʻnta savdo hamkori qatoriga kiruvchi davlat hisoblanib, asosiy eksport mahsuloti don va un hisoblanadi. Shu bilan birga bugungi kunga kelib qozoq shakari Afgʻonistonga eksport qilinayotgan va sezilarli oʻsishtendensiyasinii boshdan kechirayotgan mahsulot boʻlmoqda.Birgina2024 yildaa Shakar eksporti qariyb 122 ming tonnaga oʻsib 143 ming tonnaga yetdi. Bu oʻsish savdo imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolatdir, qandolat mahsulotlari va un mahsulotlari eksportini ham oshirish potensialiga ega.Ushbu mahsulotlarni yangi Afgʻon bozorlariga yetkazib berish Qozogʻistonga ikki tomonlama aloqalarni yaxshilanishi va 41 million aholiga ega afgʻon bozoridan juda katta iqtisodiy foyda olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari hukumatning rasmiy manbalariga koʻra tashrifning ikkinchi kunida yaʼni 22 aprelda Kobulda ikki davlatdan 400 dan ortiq ishbilarmon, kompaniya va tadbirkorlar ishtirokida Afgʻoniston-Qozogʻiston qoʻshma biznes-forumi ochilgan. Imzolangan memorandumlar logistika, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, muhandislik, mexanika va qurilish kabi turli sohalarni qamrab olganligi maʼlum qilingan.
Tashrif davomidda ikki mamlakat oʻrtasida Afgʻoniston hududida joylashgan foydali qazilma boyliklarini oʻrganuvchi texniKonar guruhneftshi koʻzda tutilgan.Shu kelishuv doirasida 14 aprel kuni Qozogʻistondan bir guruh geolog va muhandislar Afgʻonistonga tashrif buyurib, Afgʻoniston Kon va neft vazirligi bilan hamkorlikda bir qator konlarni oʻrganganligi ochiqlangan.Ushbu namunalarning laboratoriya tahlillari Qozogʻistonda oʻtkaziladi va natijalarga koʻra konlarni chuqurroq oʻzlashtirish boʻyicha muzokaralar boshlanadi.
Umuman olganda,Qozogʻiston oʻzini mintaqadagi muhim tranzit tuguniga va Hind okeaniga chiqadigan yoʻlga aylantirish orqali nafaqat Afgʻoniston bilan ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlab bormoqda, balki Markaziy Osiyoda yangi logistika va infratuzilma yoʻnalishlarini shakllantirmoqda.
Afgʻoniston bilan hamkorlikning chuqurlashuvi butun Markaziy Osiyo mintaqasiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Birinchidan, bu janub tomonga yangi transport yoʻnalishlarini shakllantirishga zamin yaratadi va mintaqani tashqi iqtisodiy aloqalar borasida keng imkoniyatlar bilan taʼminlaydi. Ikkinchidan, Afgʻoniston bozorining ochilishi mintaqadagi qoʻshni davlatlar, jumladan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmanistonning eksport salohiyatini kuchaytiradi hamda koʻp tomonlama iqtisodiyintegratsiyagaa zamin yaratishi mumkin.
Shoxrux Saidov,
Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti
Iqtisodiyot
29.04.2025, 15:53
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

“Tolibon” oʻquvchilarni bomba yaratish uchun zamonaviy bilimlarni egallashga chaqirdi
Jahon
28.09.2025, 16:01

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov
Siyosat
04.03.2025, 12:38

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 200 mln dollarlik investitsiya kiritmoqchi
Jahon
03.03.2025, 16:05
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
