Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov
Mulla Abdul Gʻani Barodarning rasmiy tashrifi Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarni yangi darajaga koʻtardi. Tolibonning yaqinda "qoʻshni Oʻzbekiston davlati AQSh ishlab chiqargan harbiy vertolyotlarni Qoʻshma Shtatlarga qaytarishi" toʻgʻrisidagi diplomatik bayonotiga qaramay, ikki hukumat oʻrtasidagi munosabatlar aslida yuqori darajada rivojlanishda davom etmoqda va bu ishtirokchi tomonlar oʻrtasidagi muhim taraqqiyot va hamkorlikni koʻrsatadi.
Siyosat
04.03.2025, 12:38
Ulashish:

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumati bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirmoqda — Firdavs Azimqulov
Hozirgi global vaziyatda Oʻzbekiston jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, Afgʻonistonga nisbatan yagona va izchil strategiya ishlab chiqishga chaqirib kelmoqda. Biroq, turli sabablar tufayli jahon hamjamiyati, kuchli taʼsirga ega davlatlar Afgʻoniston masalasiga yetarlicha eʼtibor qaratmayapti. Aynan shunday sharoitda Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. Hozirgi vaqtda bu munosabatlar hukumatlar darajasidagi rasmiy diplomatik aloqalarga aylanyapti.
Joriy yilning 22-23 fevral kunlari Afgʻoniston Islom Amirligi Iqtisodiy masalalar boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari Mulla Abdul Gʻani Barodar boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Garchi Oʻzbekiston "Tolibon" hukumatini, Afgʻon Islom Amriligini, davlat sifatida rasman tan olmagan boʻlsa ham, bu aloqalar mintaqada "de facto" normallashuv jarayonining namoyon boʻlishidir.
Masalan, Toshkentga kelgan "Tolibon" hukumati vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ilgari oʻzlari tomonidan tayinlangan elchisi Shayx Abdul Gʻaffor Bahor hamrohligida kutib olindi. Afgʻon Islom Amirligi nomidan xorijdagi davlatlarga elchi tayinlashning oʻzi ham muhim diplomatik yutuqdir, chunki hozirgacha faqat Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy kabi davlatlar "Tolibon" tomonidan tayinlangan elchilarni qabul qilgan edi.
"Tolibon" vakillarining soʻnggi tashrifi, ehtimol, Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Oripovning 2024 yil 17 avgustda Kobulga qilgan tashrifiga strategik siyosiy javob boʻlishi mumkin. Bu tashrif "Tolibon" hokimiyatga qaytganidan keyin chet el rasmiy diplomatining eng yuqori darajadagi birinchi tashrifi hisoblanadi.
Kobulda Abdulla Aripov va "Tolibon" vakillari 2,5 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalarini imzoladilar. Oʻzbekistonning savdo va investitsiyalar boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayevning "Tolibon" vakillari bilan boʻlgan yaqindagi muzokaralarini hisobga olsak, bu raqam yanada oshishi mumkin.
Mulla Abdul Gʻani Barodar Oʻzbekiston Markaziy bankiga ikki davlat oʻrtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash uchun bank tizimida yordam koʻrsatishga chaqirdi. Shuningdek, u moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirish maqsadida oʻzaro savdoda milliy valyutalardan foydalanishni taklif qildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston rasmiylari Amirlik bilan birgalikda savdo zonasi tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Bu zona, birinchi navbatda, qaragʻay yongʻogʻi, paxta va isteʼmol mollari ishlab chiqarish va tashishga qaratilgan.
Savdodan tashqari, Oʻzbekiston Afgʻonistonning tabiiy resurslariga sarmoya kiritishga ham tayyorligini bildirdi. Bunga Samangan viloyatida sement zavodi qurish va Toti Maydon gaz koni loyihasini boshlash kiradi.
Yaqindagi muzokaralarning yana bir asosiy mavzusi "500 kV quvvat uzatish loyihasi" boʻlib, muzokaralar natijasida uning qiymati dastlabki 252 million dollardan 222 million dollargacha qisqartirildi. Energiyaning asosiy qismi Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatidan Afgʻonistonning Dasht-i Alvon hududiga uzatiladi.
Mulla Abdul Gʻani Barodar bunday loyihalarni jadallashtirishning ahamiyatini taʼkidladi. U Oʻzbekiston hukumati tomoniga Afgʻon Islom Amirligi bu loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun toʻliq qoʻllab-quvvatlashini vaʼda qilib, litsenziyalash va viza jarayonlarini soddalashtirish, savdo-iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, shuningdek, Trans-Afgʻon tashabbusining imkoniyatlarini oʻrganish uchun muhandislarni yuborish kabi choralarni koʻrishga tayyorligini bildirdi. Ikki tomon oʻrtasida savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish va uni izchil rivojlantirish masalalari boʻyicha keng qamrovli fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi.
"Tolibon" hukumatining global miqyosda tan olinishi va legitimligini qoʻlga kiritishi, asosan, iqtisodiy hamkorlik dasturlari va global iqtisodiy bogʻliq tarmogʻda oʻzining iqtisodiy va geosiyosiy taʼsirini koʻpaytirish bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu munosabat bilan Mulla Abdul Gʻani Barodar Oʻzbekistonda yashovchi afgʻon investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvga koʻra, ikki davlat tadbirkorlari bir-birlari hududidagi korxonalar, transport va infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda. Bu borada, Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi afgʻon investorlarning Afgʻonistondagi sarmoyalarini 100 million dollargacha oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlari buning yaqqol misolidir. Bundan tashqari, ikki davlat oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar yanada mustahkamlandi.
Buning eng yorqin misoli, Oʻzbekiston "Tolibon" delegatsiyasining tashrifi chogʻida Afgʻoniston Islom Amirligi bayrogʻini Oʻzbekiston bayrogʻi yonida rasman koʻtargan birinchi davlat boʻldi. Bu harakat nafaqat "Tolibon" hukumatiga boʻlgan yondashuvning oʻzgarishini, balki Oʻzbekistonning mintaqaviy barqarorlik va Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdagi pragmatik siyosatini ham koʻrsatadi.
Xulosa qilib aytganda, "Tolibon" vakillarining Oʻzbekistonga soʻnggi tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi hukumatlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirdi va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun zamin yaratdi. Garchi bu faoliyatlar ikki qoʻshni davlatning yaqinlashuvini qoʻllab-quvvatlasa ham, bu hamkorlikning kuchayishi mintaqadagi yirik geosiyosiy oʻyinchilar – Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Eronning Afgʻoniston hukumatiga iqtisodiy va siyosiy hamkor sifatida koʻproq eʼtibor qaratishi mumkin. Shuningdek, ular oʻrtasidagi Afgʻoniston uchun boʻlgan raqobatni kuchaytirish ehtimoli ham mavjud.
Firdavs Azimqulov
Siyosat
04.03.2025, 12:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 200 mln dollarlik investitsiya kiritmoqchi
Jahon
03.03.2025, 16:05

"Tolibon" ayollarga yangi taqiqni oʻrnatdi. Nimalar maʼlum?
Jahon
13.09.2024, 10:49

Afgʻonistonda Jahon banki faoliyati qayta tiklandi — «Tolibon»
Jahon
24.11.2025, 09:16

Pokiston va Afgʻoniston sulhni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon
31.10.2025, 09:17
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi
Iqtisodiyot
18.02.2026, 17:21

Issiq suv hisoblagichini “orqaga qaytarish” taklifi: tizimli muammo bormi?
Oʻzbekiston
18.02.2026, 12:41

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi
Oʻzbekiston
18.02.2026, 10:29

Eron biz bilan bitim tuzmoqchi — Donald Tramp
Jahon
18.02.2026, 09:16

Ramazonga sovgʻa: ehtiyojmandlarga 1 mln soʻmgacha yordam
Oʻzbekiston
18.02.2026, 08:55

Qamchibek Tashiyev vaqtincha chet elga joʻnab ketdi
Jahon
18.02.2026, 08:36

Sankt-Peterburgdagi bayramga qarindoshini yuborgan mansabdorlarga chora koʻrildi
Iqtisodiyot
18.02.2026, 08:04

Kuniga 3 marta tish yuvish 50 dan ortiq kasallik xavfini kamaytiradi
Madaniy
17.02.2026, 17:10

Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit oʻtkaziladi
Jahon
17.02.2026, 14:20

Qurilish sohasida 10 ta yirik korxona 1,4 trln soʻm soliq qarziga ega
Iqtisodiyot
17.02.2026, 11:02

Oʻzbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi kutilmoqda
Oʻzbekiston
17.02.2026, 10:27

Xilola Umarova lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston
17.02.2026, 09:18
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
