Qozogʻistondagi YTHda olti nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Qozogʻiston chegarasida sodir etilgan yuk mashinasi bilan bogʻliq YTHda 6 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi. Bu haqda Mangʻistau viloyati IIBga tayanib, "Nur.kz" nashri xabar berdi

Jahon

16.10.2024, 17:18

Ulashish:

Qozogʻistondagi YTHda olti nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Qozogʻistondagi YTHda olti nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Bugun, 16 oktabr kuni ertalab soat 7:30 da Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatidagi "Beyneu – Tojen" trassasida "Jac" ham "MAN" yuk avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

"Mashina chegaradan oʻtish uchun navbatda turgan yoʻl chetidagi "MAN" yuk avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan. Oqibatda yoʻlovchilardan toʻrt nafari jarohatlangan, 6 nafari vafot etgan. 

Mashinada jami 10 kishi boʻlgan. Jarohatlanganlar Beyneu markaziy tuman kasalxonasiga yotqizilgan, ularning ahvoli oʻrtacha ogʻir deb baholanmoqda", deyiladi xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, YTH sodir etgan barcha avtomobillar Oʻzbekistondan roʻyxatda oʻtgan. Jabrlanganlar va vafot etganlar Rossiya Federatsiyasidan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

"Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Voqea haqida Oʻzbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulligiga xabar berildi", deyiladi Mangʻistau viloyati IIB xabarida.

Jahon

16.10.2024, 17:18

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Angrendagi YTHda halok boʻlgan soni 13 kishini tashkil etmoqda

Mudhish YTH oqibatida yana 6 kishi vafot etgan. IIVning soʻnggi maʼlumotida 8 ta avtomobil ishtirok etgan YTHda 7 kishi voqea joyida halok boʻlgani, 9 kishi jarohatlangani va shundan 5 nafari tibbiyot muassasalariga yotqizilgani maʼlum qilingandi.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 12:47

Qozogʻistonda mushkul ahvolda qolgan uch nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytariladi

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari saʼy-harakatlari bilan Qozogʻiston hududida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish boʻyicha choralar koʻrilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 15:29

Yoʻl bezoriligi sodir etgan va mashinani mast holatda boshqargan shaxslar profilaktik hisobga olinadi

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 14:56

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Qozogʻistonga 600 mln kub metr suv yuboradi

Kelishuvga koʻra, suv ikki hafta ichida yetkaziladi.

Oʻzbekiston

11.08.2025, 17:14

Qozogʻistondagi 42 ta qishloq maktabi Starlink tizimiga ulanadi

Qozogʻistondagi 42 ta qishloq maktabi Starlink tizimiga ulanadi

Qozogʻistondagi Pavlodlar viloyatidagi 33 ta qishloq maktabi Starlink tizimiga ulangan. Yangi oʻquv yilidan boshlab yana 42 ta maktab ushbu tizimga ulanadi. Bu haqda “Kazinform” xabar qildi.

Jahon

09.08.2025, 12:51

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish va yana bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 15:23

So‘nggi yangiliklar

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Prezident qaroriga koʻra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Ta'lim

18.09.2025, 17:25

Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan bir guruh ziyoratchilar Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi koʻmagida Saudiya Arabistoniga Umra amallarini bajarish uchun borgan va mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 16:25

Oʻzbekiston jahon oltin qazib olishda kuchli oʻntalikka kirdi

2024 yilda dunyo boʻyicha 3600 tonna oltin qazib olindi. Bu 2023 yilga nisbatan 0,5% koʻp deganidir.

Iqtisodiyot

18.09.2025, 15:23

"Yangibod"da bokschilar uchun yangi baza quriladi

Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" sport bazasida boʻldi.

Sport

18.09.2025, 14:22

Afgʻonistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 13:19

2,1 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

"Oʻzenergoinspeksiya" axborot xizmatining maʼlumot berishicha, Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona faoliyati aniqlandi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 12:01

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganda oʻtkazilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzlab, bugungi kunda dunyoda 800 milliondan oshiq aholi kambagʻallikda yashayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 11:02

Namanganda tikilgan kiyimlar jahon bozorlarida sotilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Iqtisodiyot

18.09.2025, 10:46

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida oʻtayotgan "Kambagʻallikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni qabul qildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 10:30

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 sentabr kuni Namangan shahrida Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalvani qabul qildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 10:15

Isroil armiyasi Gʻazo shahridagi Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi

Isroil armiyasi Gʻazo shahrida joylashgan Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi. U yerda hujum vaqtida 80 nafar bemor bor edi. Bu haqda Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jahon

18.09.2025, 10:05

Oʻzbekiston va Pokiston kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtayev Pokiston Kiberxavfsizlik sohasida favqulodda holatlarni bartaraf etish milliy markazi bosh direktori Hayder Abbas bilan uchrashdi. 

Oʻzbekiston

18.09.2025, 09:02