Samarqandlik olima qurilish chiqindilaridan qurilishbop material ixtiro qildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti, ekologiya jonkuyari Gulmira Keldiyorova ana shunday natijaga erishdi.

Ulashish:

Olima ilmiy tadqiqotlarining asosini atrof-muhit musaffoligini saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar taʼsirini kamaytirish kabi masalalar tashkil etadi

Bu boradagi izlanishlari tufayli bir qator natijalarga erishdi. Misol uchun, korxonalarda changni tozalash uchun yangi turdagi uskunalar yaratdi va ayni paytda ulardan shifer, asfalt beton ishlab chiqarish korxonalarida ikkinchi bosqichli tozalash uskunasi sifatida foydalanilmoqda. Shu kabi ixtiro va yangi loyihalari uchun 3 ta patent, bir nechta xalqaro va mahalliy grantlar sohibi boʻlgan. 

– Yurtimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati rivojlanib, ishlab chiqarish quvvatlari oshib bormoqda, – deydi Samarqand davlat universiteti dotsenti G.Keldiyorova. – Shu bilan birga bu korxonalarning atrof-muhitga salbiy taʼsiri ham koʻpaymoqda. Ana shu taʼsirni kamaytirish va chiqindisiz texnologiyalardan keng foydalanishda ishlab chiqarish chiqindilarini saralash  muhim ayamiyatga ega. Shu maqsadda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarimda qurilish chiqindilarini qayta ishlagan holda ikkilamchi mahsulot sifatida qurilish sohasida foydalanishni tadqiq qildim. Yaxshi bilamiz, hozir qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida yoki maxsus chiqindi poligonlarida bir necha ming kvadrat metr maydonda qurilish chiqindilari toʻplanib qolgan. Afsuski, ulardan foydalanish yoki qayta ishlash boʻyicha koʻzga koʻrinarli loyihalar mavjud emas. Bizning tadqiqotimiz aynan shu chiqindilarni qayta ishlab ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu borada olib borgan izlanishlarimiz, turli sohalar vakillarining xulosalari asosida chiqindidan qurilish materiali tayyorlashga erishdik. Yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda suv va tuproq resurslariga ehtiyoj boʻlmaydi. Lekin mahsulotning sifati va foydalanish davrining uzoq muddatliligi va, eng muhimi, arzonligi unga talabni oshiradi. 

G.Keldiyorova yangi mahsulotni yaratish, sinov jarayonlarida vaqtini laboratoriyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida, olima ayollar granti hisobiga tashkil etilgan ustaxonalarda oʻtkazdi. Lekin olima boshqa paytlarda ham yonida qandaydir chiqindi qotishmasi yoki konteynerchada chiqindilar qorishmasini koʻtarib yurganida ayrimlar unga boshqacha qaragani, uddasidan chiqib boʻlmaydigan ishga urinyapsiz, deb ochiqcha aytganlarida ham izlanishlardan toʻxtamadi. Tadqiqotlar natija berib, chiqindidan mahsulot ishlab chiqarilib, uch marta eksperimentdan muvaffaqiyatli oʻtgach, patent olish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga hujjat topshirdi. 

– Mahsulot patentlashtirilgach korxona ochib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchimiz, – deydi Gulmira Keldiyorova. – Kelgusida qurilish chiqindilaridan yana bir necha turdagi ikkilamchi mahsulotlar olish borasida izlanishlarni davom ettiramiz. Bunday ixtirolarim orqali tabiiy resurslarni tejash, chiqindisiz texnologiyalarni yanada takomillashtirishni keng yoʻlga qoʻymoqchiman.

Fan-texnologiya

09.09.2025, 16:27

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda 2026 yildan boshlab «ekologik hudud»ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortiladi, degan mazmundagi notoʻgʻri xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 10:13

Akmal Shukurov ishi: apellyatsiyada qaror chiqargan sudyalar lavozimidan chetlatildi

Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari hamda sud raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 09:31

Xodimlarga Yangi yil mukofoti berilishi shartmi?

 Ushbu masalaga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mamlakat qonunchiligiga tayanib izoh berdi.

Oʻzbekiston

25.12.2025, 13:57

Rossiyaning haftalik harbiy xarajatlari 62 ta hududning yillik byudjetidan oshdi

Rossiya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun har hafta mamlakat hududlarining aksariyati yil davomida sarflaydigan mablagʻdan koʻproq pul ajratmoqda.

Jahon

25.12.2025, 12:06

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?

Amerikalik tarjimon Mark Ris (Mark Reese) Abdulla Qodiriyning "Oʻtkan kunlar" asari inglizcha tarjimasi atrofida kelib chiqqan bahslarga munosabat bildirdi. 

Madaniy

25.12.2025, 10:55

Italiya Apple’ga 98,6 million yevro jarima soldi

Italiyaning raqobatni himoya qilish organi — Antitrust-AGCM AQShning Apple kompaniyasiga mobil ilovalar bozorida ustun mavqeini suiisteʼmol qilgani uchun 98,6 million yevro miqdorida jarima soldi.

Jahon

25.12.2025, 08:01

Dunyoda eng arzon benzin qayerda?

Eronda AI-92 benzinining narxi bir litr uchun taxminan 0,03 AQSh dollarini, yaʼni 350–400 soʻmni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng arzon yoqilgʻi narxlaridan biri hisoblanadi.

Jahon

24.12.2025, 17:37

Yirtqichlar asrida kuchli boʻlishimiz kerak - Makron

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatning asosiy harbiy-dengiz flagmani — «Sharl de Goll» avianosetsi oʻrniga yangi avlod atom avianosetsi qurilishini rasman tasdiqladi.

Jahon

24.12.2025, 14:40

Antikorrupsiya agentligi 2025 yilda olingan sovgʻalar roʻyxatini oshkor qilmadi

Nizomga koʻra, agar davlat organi xodimiga berilgan sovgʻa qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan (1,6 million soʻm) kam boʻlsa, u xodim ixtiyorida qoladi. Agar ushbu meʼyordan oshsa, sovgʻa davlat organi balansiga oʻtkazilib, idora ehtiyojlari uchun foydalanilishi mumkin.

Oʻzbekiston

24.12.2025, 12:05

Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish mumkin boʻladi

Oʻzbekistonda Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni boʻlishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston

24.12.2025, 09:34

Yangi uy-joy xarid qilgan xaridorga keshbek beriladi

Oʻzbekistonda yangi uy-joy xarid qilayotgan fuqarolarga oʻzlari toʻlagan mablagʻning bir qismini keshbek tariqasida qaytarish amaliyoti joriy etilishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot

23.12.2025, 18:07

Rossiyada oʻldirilgan Qobiljonning onasiga uy berildi

Rossiyaning Moskva viloyatidagi maktabda pichoqlab oʻldirilgan 10 yoshli tojikistonlik bola — Qobiljon Aliyevning onasiga Tojikiston hukumati tomonidan uy berildi.

Jahon

23.12.2025, 16:00