Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 03:29

Rossiyada oʻldirilgan Qobiljonning onasiga uy berildi

Rossiyaning Moskva viloyatidagi maktabda pichoqlab oʻldirilgan 10 yoshli tojikistonlik bola — Qobiljon Aliyevning onasiga Tojikiston hukumati tomonidan uy berildi.

Jahon

23.12.2025, 16:00

Ulashish:

Rossiyada oʻldirilgan Qobiljonning onasiga uy berildi

Bu haqda Asia-Plus nashri xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 22 dekabr kuni jurnalistlar marhum bolaning uyiga tashrif buyurgan. Qobiljonning qarindoshlaridan biri Nilufar Safayovaga uy taqdim etilganini maʼlum qilgan. Biroq uy qachon va qay tartibda berilgani haqida aniq maʼlumot berilmagan. Nashrning boshqa manbalari esa bu maʼlumotni na tasdiqlagan, na inkor etgan.

Qobiljonning qarindoshi Sherzod Alizodaning aytishicha, uy mamlakat hukumati nomidan berilgan, ammo aynan qaysi davlat organi tomonidan taqdim etilgani ochiqlanmagan.

Voqeadan xabardor manbalarga koʻra, 22 dekabr kuni ertalab Tojikistonning bir qator yuqori lavozimli amaldorlari marhum bolaning oilasiga tashrif buyurib, hamdardlik bildirgan. Ularning ismlari oshkor qilinmagan.

Shuningdek, oila hozirda moliyaviy yordamga muhtoj emasligini maʼlum qildi:

«Biz yordam bergan va bermoqchi boʻlgan barchadan minnatdormiz. Shu bilan birga, jamoatchilikka shuni maʼlum qilamizki, hozir biz yordamga muhtoj emasmiz. Qobiljonning onasi nomiga ochilgan bank hisob raqami yopilgan. Shu sababli hech qanday hisob raqamlariga pul oʻtkazmaslikni soʻraymiz», — deyiladi bayonotda.

Maʼlumotlarga koʻra, Qobiljonning jasadi olib chiqilgan uy hozirgacha ochiq boʻlib, mamlakatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar hamdardlik bildirish uchun tashrif buyurmoqda.

 

Qobiljon Aliyevning oʻldirilishi haqida

Qobiljon Aliyev 16 dekabr kuni Moskva viloyatidagi maktabda rossiyalik oʻsmir tomonidan pichoqlab oʻldirilgan. Hujum qilgan oʻsmir maktabga “No lives matter” yozuvi tushirilgan futbolkada kelgani, oʻquvchilardan millatini soʻrab, Qobiljonni bir necha bor pichoqlagani aytilmoqda. Hodisadan soʻng u marhum bola fonida suratga tushgan. Hozirda gumonlanuvchi oʻsmir vaqtinchalik hibsda saqlanmoqda.

17 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujumni millatlararo nafrat asosida sodir etilgan jinoyat sifatida keskin qoralab, Rossiya elchisini chaqirgan va nota topshirgan.

22 dekabr kuni Tojikiston va Rossiya prezidentlari uchrashuv oʻtkazgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hodisani terrakt deb baholab, Qobiljonning oilasiga hamdardlik bildirgan va aybdorlar jazolanishini taʼkidlagan. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon esa ushbu jinoyat boʻyicha tergovni shaxsan nazoratga olishni soʻragan.

Jahon

23.12.2025, 16:00

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda

Eron mojarosi tranzitni qimmatlashtirib, Markaziy Osiyoda transport tizimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Mintaqaning bunga munosabati Markaziy Osiyodan tashqari Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Turkiya va AQSHga ham ta'sir qiladi.

Jahon

07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni

Butunjahon salomatlik kuni 1950-yildan beri har yili 7-aprelda global salomatlikning dolzarb masalalari haqida xabardorlikni oshirish va odamlarni o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishga undash maqsadida nishonlanadi. Tadbirning 2026-yilgi shiori – “Salomatlik yo‘lida birgamiz. Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlang!”.

Jahon

07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.  Bakalavriat ta’limi kamida 3-yil davom etadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ta'lim

06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi

Javohir Sindarov rekord natija bilan yetakchilik qilmoqda va shaxmat olamida tarixiy start ko‘rsatdi. Garri Kasparov va Magnus Karlsen ham uning o‘yinini alohida e’tirof etishdi.

Sport

06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

2026‑yil 5‑aprel kuni Kobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy mezbonligida Afg‘oniston – Markaziy Osiyo muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etdi. Bu 2021-yildan beri Kobulda “Tolibon” mezbonligida o‘tkazilgan ilk uchrashuvdir. 

Jahon

06.04.2026, 12:12

iPhone 17 Pro Max yordamida koinotdan olingan Yerning yangi surati. Unda Afrikaning ba’zi qismlari, shahar chiroqlari va terminator chizig‘i bo‘ylab yorqin shu’la aks etgan.

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi

NASAning Artemis II ekipaji fazo bo‘ylab Oy tomon parvoz qilayotib olgan bir qator suratlarni e’lon qildi. 

Fan-texnologiya

06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Dunyo bo‘ylab kompaniyalar sun’iy intellekt  modellarini ta’minlash uchun katta-katta ma’lumot markazlarini qurishga intilayotgan bir paytda, ba’zi tadqiqotchilar tirik inson hujayralarini kompyuter tizimlarida qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda. Avvallari oylar yoki yillar davom etadigan maxsus laboratoriya ishlarini integratsiyalashgan platforma yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin. 

Fan-texnologiya

04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari

Apple smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Dunyodagi barcha faol telefonlarning chorak qismini iPhone tashkil etadi. Ya’ni, dunyodagi har to‘rtinchi smartfon egasi iPhone’dan foydalanadi.Samsung esa bozorning sal kam 20 foiziga egalik qilmoqda.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi

NASA 2026‑yil 1‑aprelda Oyga ekipaj jo‘natdi. Unda ayol va qora tanli astronavt ham bor.

Fan-texnologiya

02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →