Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan
AQŞ Adliya vazirligi mamlakat tarixidagi eng yirik nikoh firibgarligi işlaridan birini foş etdi. Maʼlum qilinişiça, 10 yil davomida Green Card olish maqsadida 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan.
Siyosat
13.08.2026, 14:21
Ulashish:

Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan
AQŞ Adliya vazirligi mamlakat tarixidagi eng yirik nikoh firibgarligi işlaridan birini foş etdi. Maʼlum qilinişiça, 10 yil davomida Green Card olish maqsadida 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan.
Nyu-York janubiy okrugida oçilgan aybloviga köra, 2016-yildan 2026-yil iyuligaça davom etgan sxema doirasida 11 nafar şaxs AQŞ fuqarolari bilan Xitoy fuqarolari örtasida soxta nikohlar uyuştirgan. Sxema asosan Nyu-Yorkda amalga oşirilgan bölsa-da, Konnektikut, Massaçusets, Pensilvaniya, Kentukki, Tennessi, Jorjiya va Florida ştatlarida, şuningdek, Vanuatu va Xitoyda ham faoliyat yuritgan.
Xizmatlarning tölik paketi uçun xitoylik mijozlar 100 ming dollargaça tölagan. Nikohga rozi bölgan AQŞ fuqarolariga esa bosqiçma-bosqiç 30 ming dollargaça pul berilgan. Vositaçilar har bir jalb qilingan amerikalik uçun 5 ming dollargaça komissiya olgan.
Nikohlarni haqiqiydek körsatiş maqsadida soxta töy marosimlari ham taşkil etilgan. Juftliklar anʼanaviy xitoy milliy kiyimlarida suratga tuşgan, marosimlarga döstlari va qarindoşlari taklif qilingan. Şu orqali haqiqiy töy ötkazilgani haqida taassurot yaratişga uriniışgan. Ayblov hujjatlarida bunday suratlar dalil sifatida keltirilgan.
AQŞ Boş prokurori Todd Blançe mazkur işni AQŞ tarixidagi eng yirik nikoh firibgarligi holatlaridan biri deb atadi.
Green Card nima va nega unga bunça pul tölanadi?
Green Card — AQŞda doimiy yaşaş va işlaş huquqini beruvçi hujjat. Uning egasi mamlakatda doimiy yaşaşi, qonuniy işlaşi va taʼlim olişi, şuningdek, muayyan talablar bajarilgaç, AQŞ fuqaroligiga ariza topşirişi mumkin.

Green Card olişning qonuniy yöllaridan biri — AQŞ fuqarosi bilan haqiqiy nikoh qurish orqali oilaviy immigratsiya maqomini olish. Aynan şu imkoniyat ayrim firibgarlar tomonidan noqonuniy sxemalarda foydalanilgan: ular haqiqiy oila qurish uçun emas, balki immigratsiya talablarini çetlab ötish maqsadida soxta nikohlar taşkil qilgan.
Buning özbekistonliklar uçun qanday ahamiyati bor?
Özbekiston fuqarolari orasida ham AQŞga köçib boriş va u yerda doimiy yaşaş istagi yuqori. Buning qonuniy yöllaridan biri Diversity Visa (DV) dasturi hisoblanadi.
Şu bilan birga, ayrim vositaçilar yoki özini "maslahatçi" deb taniştiruvçi şaxslar AQŞ fuqarosi bilan soxta nikoh tuzish orqali Green Card olib berişni vaʼda qilişi mumkin.
Bunday sxemalarda iştirok etiş AQŞ qonunçiligiga köra jinoiy javobgarlik, katta miqdordagi jarimalar, immigratsion maqomning bekor qilinişi, deportatsiya va AQŞga kirişga uzoq muddatli yoki doimiy taqiq kabi jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Mazkur holat AQŞ tergov organlari bunday sxemalarni uzoq vaqt davomida tekşirişi va iştirokçilarni javobgarlikka tortişi mumkinligini körsatadi. Şu sababli Green Cardʼni "kafolatlab beriş"ni vaʼda qilayotgan şaxslar yoki vositaçilarga işonişdan oldin ularning takliflari qonuniyligini sinçiklab tekşiriş muhim.
Siyosat
13.08.2026, 14:21
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Green Card 2027" rasman ochiladi
Jahon
15.10.2026, 17:54

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 14:37

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
