Tramp va Netanyahu munosabatlari nega keskinlashdi?

Eronning Livan bo‘yicha talabi AQSh va Isroil o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqardi.

Ulashish:

Tramp va Netanyahu munosabatlari nega keskinlashdi?

Al-Jazira tahliliga ko‘ra, ko‘pchilik isroilliklar AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bilan aloqalarni qayta ko‘rib chiqishini muqarrar deb biladi.

Bu ittifoq 1948-yilda ko‘plab sionistik qurolli guruhlardan tashkil topgan Isroil armiyasining barqarorligini ta’minlashga yordam berib kelgan.

Hozirda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu siyosiy faoliyatini saqlab qolish uchun xatarli yo‘ldan bormoqda. U korrupsiyaga oid ayblovlar sababli qamoqqa tushishi va shu yil oxirida o‘tadigan saylovlar natijasida lavozimidan chetlatilishi mumkin.

Vashington uchun Eron bilan kelishuvga erishish – muhim zaruriyat. Bu kelishuv Isroil 2023-yildan buyon bombardimon qilib kelayotgan Livanni ham o‘z ichiga oladi. Biroq aksariyat Isroil jamoatchiligi urush davom etishini istayotgan bir paytda Netanyahu qariyb qirq yillik siyosiy faoliyatidagi eng murakkab davrlardan birini boshdan kechirmoqda.

Ayniqsa, Tehron masalasida qanday yo‘l tutish borasidagi kelishmovchiliklar tufayli munosabatlar yanada yomonlashgan.

Eron Isroilning Livan janubidagi urushiga chek qo‘yishni Vashington bilan yakuniy tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralarda asosiy talab sifatida ilgari surdi. Bu esa AQSH va Isroil o‘rtasida jiddiy ixtiloflarga zamin yaratdi.

 

Netanyahu "aqldan ozgan"

O‘tgan oyda Oq uyga oid telefon suhbatining sizdirilishi Trampning Eron bilan urushni tugatishga qanchalik urinayotganini ko‘rsatdi. Unda Tramp Livanga qilinayotgan hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortgani uchun Netanyahuni qattiq tanqid qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Tramp Netanyahuni “aqldan ozgan” deb atagan va uni noshukurlikda ayblab, agar prezident aralashmaganida, u allaqachon qamoqda o‘tirgan bo‘lishini aytgan. “Bu ishing tufayli endi hamma sendan nafratlanadi, hamma Isroilni yomon ko‘radi”, – deya ta’kidlagan Tramp.

Tramp o‘tgan hafta Axios nashriga bergan intervyusida Netanyahu haqida zo‘zlab, “U xo‘jayin kimligini biladi”, — dedi. Bu esa ikki yetakchi o‘rtasidagi munosabatlar tarangligiga ishora sifatida baholanmoqda.

 

AQShning qo‘llovi Isroil uchun hal qiluvchi omil

Iyun oyidagi matbuot anjumanida AQSH vitse-prezidenti Jeyms Vens Trampni hozirda Isroilga xayrixoh bo‘lgan yagona jahon yetakchisi deya ta’rifladi. 

Shuningdek, u AQSH-Eron kelishuvini tanqid qilayotgan Isroil vazirlariga qarata: “[Ularning] vatanini himoya qilgan mudofaa qurollarining uchdan ikki qismi amerikaliklar qo‘li bilan yasalgan va amerikalik soliq to‘lovchilarning pullariga olingan”, — deya alohida ta’kidlab ogohlantirdi.

AQShning diplomatik ko‘magi Isroil uchun 2023-yil 7-oktyabrdan buyon kamida 72 ming falastinlikning umriga zomin bo‘lgan G‘azodagi genotsid urushida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Vashington BMTda ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan munozaralarda Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z veto huquqidan olti marta foydalandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin erishilishi mumkinligini bildirdi.

Jahon

23.09.2026, 10:20

Tramp Kongressga Eron bilan urush qayta boshlanganini bildirdi

AQSH qonunchiligiga ko‘ra, prezident Kongress roziligisiz urush boshlasa, uni 60 kun ichida to‘xtatishi shart. AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha 60 kunlik muddat 1-mayda tugagan. Ammo Trampda urushni davom ettirish uchun "bahona" mavjud.

Siyosat

14.07.2026, 11:34

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi choralar ko‘rilishi mumkinligini aytdi. Uning bayonoti AQSh va Isroil rahbarlari Eron bo‘yicha yangi harbiy operatsiyani muhokama qilgani haqidagi xabarlar ortidan yangradi.

Jahon

14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles va San-Diyego kabi shaharlardan ayrilish “kichik narx” bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning bu bayonoti demokratlar qatori ayrim respublikachilar tomonidan ham keskin tanqid qilindi.

Siyosat

07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»

Eron prezidenti Masud Pezeshkian BMT minbarida yadroviy dastur, Hormuz bo‘g‘ozi va AQSh bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Jahon

24.09.2026, 10:26

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?

Isroilda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan Binyamin Netanyaxuga qarshi muxolif siyosatchilar birlashmoqda. Biroq ularning aksariyati Falastin davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Siyosat

17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?

1941-yilda Gitler SSSRni bir necha oy ichida taslim qilishni rejalashtirdi. Yevropaning katta qismini allaqachon bo‘ysundirgan Germaniya qo‘shinlari Moskva ostonasigacha yetib bordi.  Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Berlinning o‘zi vayronalar ichida qoldi.

Madaniy

16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatini 2027-yilgi Green Card lotereyasini qayta ochishga majbur qildi.

Jahon

15.10.2026, 17:54

Rasm sun'iy intellektda yaratildi

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sur’ati 2027-yilda 5,3 foizga pastlaydi.

Iqtisodiyot

15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi

Voyaga yetmaganlar bilan nikoh munosabatlariga kirishish, ularni turmushga berish yoki uylantirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan nikoh bo‘yicha diniy marosim o‘tkazish uchun jarimalar kuchaytirildi.

Oʻzbekiston

15.10.2026, 16:35

Xitoy eksporti 2026-yilda 36,3 foizga oshdi

Xitoy eksporti rekord darajada o'sgan bo'lsa-da, ichki iste’mol va investitsiyalar sustligicha qolmoqda. 

Iqtisodiyot

15.10.2026, 16:02

Turkiyalik reper Lvbel C5 ga turk adabiyotini o‘rganish sharti qo‘yildi

Lvbel C5 taxallusli reper "Kahpe" qo‘shig‘ining so‘zlari tufayli Istanbulda qo‘lga olindi. Qo‘shiqchi sud nazorati ostida turk adabiyoti bo‘yicha tahsil olish sharti bilan ozod etildi.

Jahon

15.10.2026, 14:52

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi

Tilanchilik qilganlik uchun qonunda qanday choralar belgilangan?

Oʻzbekiston

15.10.2026, 14:37

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi

SpaceX kompaniyasi Ukrainada harakatlanayotgan Starlink terminallari tezligini chekladi. Ilon Maskning ta’kidlashicha, Starshield tizimiga oid tezlik va foydalanish cheklovlarini AQSh harbiylari belgilaydi.

Jahon

15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?

Xitoy 2027-yil 1-apreldan yangi energiya avtomobillari eksportida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) qaytarish stavkasini 13 foizdan 9 foizga tushiradi. Bu ishlab chiqaruvchilarning eksportdan oladigan foydasiga ta’sir qilishi mumkin.

Iqtisodiyot

14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi choralar ko‘rilishi mumkinligini aytdi. Uning bayonoti AQSh va Isroil rahbarlari Eron bo‘yicha yangi harbiy operatsiyani muhokama qilgani haqidagi xabarlar ortidan yangradi.

Jahon

14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

Our World in Data jahonning 37 davlatida nikohsiz tug‘ilishlar statistikasini e’lon qildi.

Jahon

14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda

Honda elektr yuk mashinalarini avtomagistralda harakatlanayotgan paytida simsiz quvvatlash texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqchi.

Fan-texnologiya

14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi

Qozog‘iston 2026-yilda Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK) infratuzilmasidagi muammolar va Tengiz konidagi avariya sababli qariyb 6 mln tonna neft qazib ololmadi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

14.10.2026, 12:22

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ayrim xorijiy ishchilarni rus tili, mamlakat tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirish talabidan ozod etishni taklif qildi. Bu barcha migrantlarga taalluqli emas.

Siyosat

13.10.2026, 17:06

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ta’lim va ilm-fan vazirligi fuqarolarni soxta xabarlardan ehtiyot bo’lishga chaqirdi.

Ta'lim

13.10.2026, 16:30

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi

Bokuda maktablarda yagona forma talablariga, jumladan diniy kiyimlarga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi noroziliklar ortidan 37 kishi hibsga olingani xabar qilindi. Hodisalar yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Jahon

13.10.2026, 11:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →