JCH-2026 “Oltin butsa”si kimga nasib qiladi — Mbappe, Ronaldu, Messi, Keyn?
JCH-2026 da “Oltin butsa” uchun asosiy da’vogarlar va ular haqida bilishingiz lozim bo‘lgan ma’lumotlarni jamladik.
Sport
06.06.2026, 11:37
Ulashish:

Hozirgacha hech kim Jahon chempionati “Oltin butsa”sini ikki marta qo‘lga kirita olmagan. Joriy yilda yil uch nafar yulduzda ushbu an’anaga chek qo‘yish imkoniyati bor: Kilian Mbappe, Harri Keyn va Xames Rodriges eng yaxshi to‘purar sovrinini ikkinchi bor qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
JCH-2026 da “Oltin butsa” uchun 9 da’vogar va ular haqida asosiy ma’lumotlar bilan tanishing.
“Oltin butsa” da’vogarlari

Harri Keyn — Angliya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 2 marta (Rossiya—2018 chempionatida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan)
- 2025–2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Bavariya Myunxen” – 51 ta o‘yinda 61 ta gol
- Angliya terma jamoasidagi gollari soni: 112 ta o‘yinda 78 ta gol
Harri Keynning to‘purarlik mahoratiga shubha yo‘q: u 2018-yilgi Jahon chempionatida oltita gol bilan “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan, Yevro-2024 “Oltin butsa”si sovrindorlaridan biri va Angliya Premyer-ligasining uch karra eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Harri Keyn ushbu musobaqaga “Bavariya”dagi ajoyib mavsumdan so‘ng yetib keldi: futbolchi 51 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 61 marta ishg‘ol qilgan. Bu yutuqlari evaziga u Yevropa ligalarining eng yaxshi to‘purari sifatida “Oltin butsa” sohibiga aylandi.
Angliya terma jamoasi sardori bo‘lgan Keyn bu yozda ham sport formasini saqlab qolishga astoydil harakat qiladi.
U Qatarda o‘tgan 2022-yilgi mundialda biroz hafsalani pir qilgandi: “Uch sherlar” chorak finalda Fransiyaga imkoniyatni boy bergan o‘yinda u bor-yo‘g‘i ikki marta gol urgandi. Angliyaning bu turnirda uzoqqa borishi kutilayotgani bois, Keyn o‘zining ajoyib statistikasini yanada yaxshilashga bel bog‘lagan.

Kilian Mbappe — Fransiya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 2 marta (Qatar—2022 turnirida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan)
- 2025–2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Real Madrid” – 44 ta o‘yinda 42 ta gol
- Fransiya terma jamoasidagi gollari soni: 96 ta o‘yinda 56 ta gol
Mbappening 2022-yilgi Jahon chempionati finalidagi qahramonligi Fransiyaga Argentina ustidan g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘lmadi, biroq uning “Lusail” stadionidagi xet-trigi musobaqadagi gollari sonini sakkiztaga yetkazdi va “Real Madrid” futbolchisi eng yaxshi to‘purar sovrinini qo‘lga kiritdi.
Chempionat marrasini zabt etish Mbappeni “Oltin butsa”ni ikki marta yutgan ilk futbolchiga aylantiradi.
Agar fransuz futbolchisi shu yoz Shimoliy Amerikada beshta gol urishga muvaffaq bo‘lsa, Miroslav Klozeni ortda qoldirib, Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanadi.
Mbappe atigi 27 yoshda va kelajakdagi musobaqalarda natijalarini yanada yaxshilash uchun unda vaqt yetarlicha.

Erling Xoland — Norvegiya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 0 marta
- 2025–2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Manchester Siti” – 52 ta o‘yinda 38 ta gol
- Norvegiya terma jamoasidagi gollari soni: 49 ta o‘yinda 55 ta gol
Xoland joriy mavsumda uchinchi bor Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib, “Manchester Siti” safida mavsum davomida 35 ta o‘yinda 27 ta gol kiritdi. Uning klub futbolidagi to‘purarlik mahorati yaqqol namoyon, endi esa norvegiyalik futbolchi xalqaro futbol cho‘qqisida nimalarga qodirligini ko‘rsatadigan vaqt keldi.
Xolandning bu yozda “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritish imkoniyati Norvegiyaning turnirda qancha vaqt qola olishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Jamoaning guruh bosqichidagi raqiblari – Fransiya, Senegal va Iroq.
25 yoshli hujumchi mamlakatining asosiy yulduzidir. Jahon chempionati saralashida 16 ta, jumladan, Moldova bilan o‘yinda 5 ta gol kiritgan.

Lionel Messi — Argentina
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 5 marta (2022-yilda Argentina g‘olib bo‘lgan)
- 2025–2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Inter Mayami” – 16 ta o‘yinda 13 ta gol
- Argentina terma jamoasidagi gollari soni: 198 ta o‘yinda 116 ta gol
Barcha davrlarning eng buyuk o‘yinchilaridan biri Messi o‘zining porloq faoliyati davomida jamlagan sovrinlarining sanog‘i yo‘q. Faqatgina Jahon chempionatining “Oltin butsasi” uning sovrinlar javonida yetishmayapti.
Messi Qatardagi 2022-yilgi mundialda yettita gol urgan bo‘lsa-da, finaldagi o‘zaro “duel”da Kilian Mbappega eng yaxshi to‘purar sovrinini boy berib qo‘ydi.
38 yoshni qarshilaydigan Messi uchun katta ehtimol bilan jahon chempionatidagi so‘nggi ishtirok bo‘ladi. U saralash bosqichida sakkizta gol, jumladan, Boliviyaga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

Vinisius Junior — Braziliya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 1 marta
- 2025–2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Real Madrid” – 53 ta o‘yinda 22 ta gol
- Braziliya terma jamoasidagi gollari soni: 48 ta o‘yinda 9 ta gol
Braziliyalik hujumchi joriy mavsumda “Real Madrid” safida davomiy tarzda gol urib kelmoqda. Uning hisobida La Ligada 16 ta va Chempionlar ligasida 5 ta gol bor.
Terma jamoada unchalik sermahsul bo‘lmasa-da, 25 yoshli futbolchi shu yozda Shimoliy Amerikada munosib nomzodlardan biriga aylanadi.
Chunki u musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqda: Jahon chempionati oldidan “Marakana” stadionida o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliya Panamani 6:2 hisobida tor-mor etganida, uchrashuv boshidayoq gol urdi hamda yana bir golga assistentlik qildi.

Xulian Alvares – Argentina
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 1 marta
- 2025–2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Atletiko Madrid” – 49 ta o‘yinda 20 ta gol
- Argentina terma jamoasidagi gollari soni: 51 ta o‘yinda 14 ta gol
Garchi ko‘pchilik bu yozda “Oltin butsa”ni Messiga ravo ko‘rayotgan bo‘lsa-da, Alvarez turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir argentinalikdir.
“Atletiko Madrid” hujumchisi ajoyib mavsumni o‘tkazdi: u Chempionlar ligasidagi 15 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi va Qirol kubogi finalida ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Alvares Qatardagi jahon chempionatida to‘rt marta, ushbu turnir saralashida ham xuddi shuncha gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Alvarez eng yaxshi to‘purar sovrini uchun ikki jamoadoshi – Messi va Lautaro Martinez bilan raqobatlashishi mumkin.

Usman Dembele - Fransiya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 2 marta
- 2025-2026-yilgi klubdagi gollari statistikasi: “Parij Sen-Jermen” – 40 ta o‘yinda 20 ta gol
- Fransiya terma jamoasidagi gollari soni: 58 o‘yinda 7 ta gol
Dembele bu mavsumda “Parij Sen-Jermen” safida har ikkinchi o‘yinda gol urdi. 2024–2025-yilgi mavsumda esa 53 ta uchrashuvda 35 ta gol kiritib, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi
Bu yozda 29 yoshli futbolchi Jahon chempionatidagi ilk golini urishga umid qilmoqda va agar Fransiya turnirning keyingi bosqichlariga yo‘l olsa, Mbappe bilan “Oltin butsa” uchun raqobatlashishi mumkin.
Dembele jarohati sababli Fransiyaning Jahon chempionati saralash bosqichining deyarli barcha o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, Budapeshtdagi Chempionlar ligasi finalida “PSJ”ning “Arsenal” ustidan qozongan g‘alabasida ikkita penaltini aniq amalga oshirgan. Ayni damda ajoyib sport formasida.

Krishtianu Ronaldu - Portugaliya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 5 marta
- 2025-2026-yil klubdagi gollari statistikasi: “Al-Nassr” – 37 o‘yinda 30 ta gol
- Portugaliya terma jamoasidagi gollari soni: 226 o‘yinda 143 ta gol
41 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining so‘nggi mavsumida 30 ta o‘yinda 28 ta gol urib, klub miqyosida ham muntazam ravishda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda.
Shuningdek, u yozgi turnirning saralash bosqichida Portugaliya termasi uchun beshta gol kiritgan. Avvalgi jahon chempionatlarida sakkiz bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya Shimoliy Amerikada kuchli jamoalardan biriga aylanishi shubhasiz. Ronaldu katta ehtimol bilan yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, shu sababli “An-Nasr” futbolchisining xalqaro miqyosdagi ajoyib gollari sonini oshirishda davom etishi kutilmoqda.

Mikel Oyarzabal – Ispaniya
- Jahon chempionatlaridagi ishtiroki: 0 marta
- 2025-2026-yil klubdagi gollari statistikasi: “Real Sosedad” – 40 o‘yinda 18 ta gol
- Ispaniya terma jamoasidagi gollari soni: 52 o‘yinda 24 ta gol
Ispaniyalik superyulduz o‘smir Lamin Yamalni “Oltin butsa” sohibi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rish jozibali tuyulsa-da, Yevro-2024 g‘olibi Oyarzabal bu borada munosibroq nomzod bo‘lishi mumkin.
“Real Sosedad” hujumchisi Jahon chempionati saralashida oltita o‘yinda 6 ta gol urgan va joriy mavsum ichki chempionatda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatib, La Ligada 15 ta golga mualliflik qilgan.
Oyarzabal jarohati sabab Qatar-2022ni o‘tkazib yuborganidan so‘ng, shu yoz Jahon chempionatida debyut qiladi va Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yuqorilashga intiladi. U hozirda Emilio Butragenyodan atigi uchta gol ortda qolgan holda to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati 11-iyun kuni boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi
Sport
20.07.2026, 11:13

Argentina terma jamoasini kelajakda kim boshqarishi noaniq
Sport
20.07.2026, 10:07

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?
Sport
06.10.2026, 15:41

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
02.09.2026, 12:25

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi
Sport
21.07.2026, 11:14

JCH–2026 finali AQSh tarixidagi eng qimmat sport musobaqasiga aylandi
Sport
18.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
