Toshkent temiryoʻl vokzaliga avtomobilda kirib-chiqish sharoiti yaratildi

Yoʻlakning kirish va chiqish qismlarida nazorat shlagbaumlari va video kuzatuv kameralari hamda yoʻl belgilari oʻrnatilib, yoʻlovchilarning kirib-chiqish xavfsizligi toʻliq taʼminlandi.

Ulashish:

OʻzA

“Toshkent-markaziy” temir yoʻl vokzalidan bir kunda 5 ming nafargacha yoʻlovchi foydalanadi. Shuni hisobga olib vokzal hududida avtomobillarning vokzalning kirish qismiga qadar kirib-chiqishi yoʻlga qoʻyildi. 

Shuningdek, vokzal atrofidagi temir panjarali toʻsiqlar ham olib tashlandi. Vokzalga kirish hududi obodonlashtirilib, avtomobillar uchun yoʻlaklar qilindi. Sifatli asfalt yotqizildi, yoʻlovchi va fuqarolar uchun yoʻlaklar tayyorlandi. Ayni paytda yangi qurilgan vokzal oldi yoʻlagi sinov tariqasida ishga tushirildi. Shuningdek, yoʻlakning kirish va chiqish qismlarida nazorat shlagbaumlari va video kuzatuv kameralari hamda yoʻl belgilari oʻrnatilib, yoʻlovchilarning kirib-chiqish xavfsizligi toʻliq taʼminlandi.

Endilikda vokzalga tashrif buyuruvchi yoʻlovchilar shaxsiy avtomashinalari, taksilar hamda turistlarga xizmat koʻrsatayotgan turli transport vositalari vokzalning kirish eshigiga qadar avtomobillarda kelib, yuk va yoʻlovchilarini tushirib, chiqib ketishlari mumkin. Bunda avtomobil vokzal oldi yoʻlagiga kelib toʻxtaydi, yuk va yoʻlovchilarini tushiradi yoki qabul qilib oladi. 

Agarda ushbu jarayon (avomobil kelib toʻxtagandan yurib ketgunga qadar) 5 daqiqani tashkish etsa – bepul, 5 daqiqadan 10 daqiqagacha boʻlgan vaqt oraligʻida belgilangan toʻlov asosida, 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda “Yoʻl harakati qoidalari”ning tegishli bandlariga muvofiq, jarima qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Jarimalar inson omili ishtirokisiz qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus kameralar orqali rasmiylashtiriladi.

Ayni paytda respublikaning barcha temiryoʻl vokzallariga yoʻlovchi va fuqarolar kirib-chiqishini yanada qulaylashtirish uchun barcha vokzallarda oʻrnatilgan panjarali toʻsiqlar olib tashlandi. 

Vokzallar hududiga kirish va chiqishlar bosqichma-bosqich tarzda “Toshkent-markaziy” temir yoʻl vokzalidek boʻlishi rejalashtirilib, yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.

 

Oʻzbekiston

21.07.2025, 14:15

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

25 sotix yerni 29 ming AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan mansabdor ushlandi

Kogon tumanining «Siyozpoyon» mahallasida joylashgan 49 yillik ijara shartnomasi asosida bogʻdorchilik faoliyati bilan shugʻullanishga moʻljallangan 25 sotix yer maydonini sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 20:17

Mirabror Usmonov nomidagi xotira turniri ertadan start oladi

Mirabror Usmonov nomidagi xotira turniri ertadan start oladi

Ertaga "Mirabror Usmonov kubogi–2025" musobaqasining ilk uchrashuvidan oʻrin olgan Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni bahsi boʻlib oʻtadi.

Sport

21.07.2025, 19:43

Chilonzor tumanida joylashgan koʻchada endi faqat bir tomonlama harakatlanish mumkin

Bu oʻzgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan amalga oshirilgani aholi va haydovchilar oʻrtasida norozilikka sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 19:23

Oʻzbekiston ochiq maʼlumotlar boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda

Oʻtgan davr mobaynida vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan rasmiy hisobotlar 110 tadan 64 taga tushirildi, statistik maʼlumotlar raqamlashtirildi. 

Oʻzbekiston

21.07.2025, 18:22

Navoiyda havo ifloslanishi bilan bogʻliq holat oʻrganildi

“Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlandi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 17:21

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda navbatdagi jangini oʻtkazdi

8 raundlik bellashuv toʻliq davom etdi. Yakunda barcha hakamlar bir ovozdan Doʻsmatovning gʻalabasini eʼlon qildi.

Sport

21.07.2025, 16:20

Koreyadagi yomgʻir oqibatida 17 kishi halok boʻldi

Koreyadagi yomgʻir oqibatida 17 kishi halok boʻldi

Janubiy Koreyada kuchli yomgʻir tufayli kamida 17 kishi halok boʻldi, yana 11 kishi shiddatli yogʻingarchilik oqibatida bedarak yoʻqoldi. Bu haqda "The Guardin" nashri xabar qildi.

Jahon

21.07.2025, 15:07

Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubiga oʻtdi

Maʼlumotlarga koʻra, turk klubi Fayzullayev uchun SSKAga 7,5 million yevro taklif qilgan, bonuslar bilan bu summa 10 million dollarga yetishi mumkin.

Sport

21.07.2025, 15:06

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi

Bloger Mufassa jurnalist Anora Sodiqovadan uzr soʻrab, 25 million soʻm maʼnaviy zarar va boshqa xarajatlar uchun yana 5 million soʻm toʻlaydigan boʻldi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 11:41

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylari Gʻazo shimolida BMT yordami uchun yuk mashinalarini kutayotgan och falastinliklarni oʻqqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 67 kishi halok boʻldi, deya xabar beradi Hududning XAMAS boshqarayotgan sogʻliqni saqlash vazirligi.

Jahon

21.07.2025, 11:11

Toliblar rossiyalik etnografni hibsga oldi

Toliblar rossiyalik etnografni hibsga oldi

Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti xodimi etnograf Svyatoslav Kaverin Afgʻonistonga qilgan safar chogʻida Qunduz shahrida toliblar tomonidan qoʻlga olindi.

Jahon

21.07.2025, 10:10