Toliblar rossiyalik etnografni hibsga oldi

Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti xodimi etnograf Svyatoslav Kaverin Afgʻonistonga qilgan safar chogʻida Qunduz shahrida toliblar tomonidan qoʻlga olindi.

Jahon

21.07.2025, 10:10

Ulashish:

Toliblar rossiyalik etnografni hibsga oldi

Foto: Svyatoslava Kaverina/theins.ru

"Meni Qunduzda "taqinchoqlar kontrabandasi"ga urinishda ayblab hibsga olishdi, hozir meni Kobulga, razvedka boshqarmasiga olib ketishmoqda. Umid qilamanki, bu yerda ish faqat soʻroq va taqinchoqlar hujjatini rasmiylashtirish bilan yakunlanadi. Smartfonni vaqti-vaqti bilan olishimga ruxsat berishyapti", — deb yozgan olim.

"Ostorojno, novosti" Telegram-kanalining yozishicha, Kaverin 20 iyul tongiga qadar Kobulga yetib borishi kerak edi, ammo hozirgacha u bilan aloqa oʻrnatilmagan. Uning tanishlari Kaverinning jinoyatga aloqasi yoʻqligiga ishonch bildirmoqda, unga qarshi dalil sifatida taqdim etilgan buyumlar esa faqat doʻstlari va obunachilariga olib ketmoqchi boʻlgan oddiy suvenirlar boʻlgan.

 

Hibsga olinishi arafasida, taxminan bir hafta oldin, u Telegram-kanalida Kobuldagi "Gholghola Gallery"dan suratlar bilan post joylagan edi — suratlarda sanʼat buyumlari, taqinchoqlar va idish-tovoqlar aks etgan. Kaverin ulardan "nimadir olib kelishni" taklif qilgan. 18 iyul kuni u Kobuldan Qunduzga yoʻl olgan.

 

Kaverin "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelishidan avval ham, keyin ham Afgʻonistonga bir necha bor borgan. U 2020 yilda Lenta.ru nashriga bergan intervyusida Rossiya Gumanitar fanlar universitetida Afgʻonistonga xos anʼanaviy bosh kiyim — pakol haqida dissertatsiya yozayotgani, shuningdek, Afgʻonistonda rus tilidan dars berishni orzu qilayotgani haqida soʻzlagan — bu orqali u mamlakatda koʻproq vaqt oʻtkazishni xohlashini bildirgan.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi dunyoda birinchilardan boʻlib, Afgʻonistondagi Tolibon hukumatini, yaʼni Afgʻoniston Islom amirligini tan olgan haqida xabar bergan edik.

 

Jahon

21.07.2025, 10:10

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

25 sotix yerni 29 ming AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan mansabdor ushlandi

Kogon tumanining «Siyozpoyon» mahallasida joylashgan 49 yillik ijara shartnomasi asosida bogʻdorchilik faoliyati bilan shugʻullanishga moʻljallangan 25 sotix yer maydonini sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 20:17

Mirabror Usmonov nomidagi xotira turniri ertadan start oladi

Mirabror Usmonov nomidagi xotira turniri ertadan start oladi

Ertaga "Mirabror Usmonov kubogi–2025" musobaqasining ilk uchrashuvidan oʻrin olgan Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni bahsi boʻlib oʻtadi.

Sport

21.07.2025, 19:43

Chilonzor tumanida joylashgan koʻchada endi faqat bir tomonlama harakatlanish mumkin

Bu oʻzgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan amalga oshirilgani aholi va haydovchilar oʻrtasida norozilikka sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 19:23

Oʻzbekiston ochiq maʼlumotlar boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda

Oʻtgan davr mobaynida vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan rasmiy hisobotlar 110 tadan 64 taga tushirildi, statistik maʼlumotlar raqamlashtirildi. 

Oʻzbekiston

21.07.2025, 18:22

Navoiyda havo ifloslanishi bilan bogʻliq holat oʻrganildi

“Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlandi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 17:21

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda navbatdagi jangini oʻtkazdi

8 raundlik bellashuv toʻliq davom etdi. Yakunda barcha hakamlar bir ovozdan Doʻsmatovning gʻalabasini eʼlon qildi.

Sport

21.07.2025, 16:20

Koreyadagi yomgʻir oqibatida 17 kishi halok boʻldi

Koreyadagi yomgʻir oqibatida 17 kishi halok boʻldi

Janubiy Koreyada kuchli yomgʻir tufayli kamida 17 kishi halok boʻldi, yana 11 kishi shiddatli yogʻingarchilik oqibatida bedarak yoʻqoldi. Bu haqda "The Guardin" nashri xabar qildi.

Jahon

21.07.2025, 15:07

Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubiga oʻtdi

Maʼlumotlarga koʻra, turk klubi Fayzullayev uchun SSKAga 7,5 million yevro taklif qilgan, bonuslar bilan bu summa 10 million dollarga yetishi mumkin.

Sport

21.07.2025, 15:06

Toshkent temiryoʻl vokzaliga avtomobilda kirib-chiqish sharoiti yaratildi

Yoʻlakning kirish va chiqish qismlarida nazorat shlagbaumlari va video kuzatuv kameralari hamda yoʻl belgilari oʻrnatilib, yoʻlovchilarning kirib-chiqish xavfsizligi toʻliq taʼminlandi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 14:15

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi

Bloger Mufassa jurnalist Anora Sodiqovadan uzr soʻrab, 25 million soʻm maʼnaviy zarar va boshqa xarajatlar uchun yana 5 million soʻm toʻlaydigan boʻldi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 11:41

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylari Gʻazo shimolida BMT yordami uchun yuk mashinalarini kutayotgan och falastinliklarni oʻqqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 67 kishi halok boʻldi, deya xabar beradi Hududning XAMAS boshqarayotgan sogʻliqni saqlash vazirligi.

Jahon

21.07.2025, 11:11