Trampning olti frontdagi urushi: dunyo global beqarorlik yoqasidami?

30 aprel kuni Donald Tramp ikkinchi prezidentlik faoliyati boshlanganiga 100 kun boʻladi. Bu, AQShda shakllangan oʻzina xos siyosiy anʼanaga koʻra, dastlabki sarhisob davridir.

 

Ulashish:

Donald Tramp

Donald Tramp oʻz faoliyatini olamshumul "tinchlikparvarlik" shiorlari bilan boshlagan boʻlsa-da, oradan uch oy oʻtib, u dunyoning eng xavfli mojarolar girdobiga tushib qoldi. Siyosiy sharhlovchi Hal Brendsning Bloomberg nashridagi maqolasida qayd etilishicha, Tramp hozirda 6 ta frontda kurash olib bormoqda: uchta "issiq", bitta sovuq, bitta savdo urushi va yadro inqirozi havfi. Bu urushlar nafaqat Trampning siyosiy merosini, balki butun xalqaro tizim kelajagini belgilaydi.

Ukraina: tinchlik — oson ish emas

Tramp dastlab muammoni qisqa muddatda hal etishiga ishongan edi. Uning rejasi Rossiyaga bosim oʻtkazib, Ukrainani hududiy daʼvolardan voz kechishga undash edi. Ammo Putinning maksimalistik "maqsadlari" qarshisida Trampning bunday sodda yondashuvi ojiz qoldi.

Endi esa Tramp ikki tanlov qarshisida turibdi: Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va Ukrainaga iqtisodiy choralar va harbiy koʻmaklar orqali har ikki tomonga bosimni kuchaytirish yoki ortga chekinish. Ikkinchi variant Yevropa xavfsizligi va NATO istiqboli uchun halokatli boʻlishi mumkin.

Yaqin Sharq: ikki urush, bir katta xavf

AQShning Yamandagi husiylarga qarshi amaliyotlari samara bermayapti. Shu bilan birga, Isroilning Gʻazoda HAMASga qarshi navbatdagi hujumni boshlagan. Ushbu amaliyotlar fonida eng xavotirli manzara — Eronning yadro dasturi bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan harbiy toʻqnashuv. Tramp diplomatik yoʻl bilan yechim izlayaptimi yoki urush sari borayaptimi — hozircha mavhum.

Xitoy: yangi sovuq urush

Tayvan (yoki Xitoy Taypei) masalasi (yaʼni masalani harbiy yoʻl bilan hal etishga urinishlar) va kuchaygan savdo nizolari fonida Tramp yoki kelishuv yoʻlini tanlab ortga chekinishi, yoki uzoq davom etuvchi keskin geosiyosiy raqobatni boshlab yuborishi mumkin.

Savdo urushi: global iqtisodiy xavfmi

Tramp aprel oyida global savdo urushini boshlab yubordi, biroq bir qator davlatlarga nisbatan ayrim bojlarni kechiktirdi. Buning evaziga ushbu davlatlarga siyosiy xarakterdagi shartlar qoʻyildi. Bunday keskin va noizchil boj siyosati dunyoda iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarmoqda. Yaqin oylar ichida savdo boʻyicha diplomatik yondashuv boʻlmasa, bu urush yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bu urushlarning barchasi bir vaqtda yuz berayotgani — har qanday rahbar uchun ogʻir sinov. Tramp esa ushbu murakkab davrga zaif iqtisodiyot, izdan chiqqan ittifoqchilik munosabatlari va siyosiy beqarorlik bilan kirib keldi. Uning jamoasidan yangrayotgan turfa xil bayonotlar boshqaruvda ichki muvofiqlashuv darajasi ideal emasligini koʻrsatadi. AQSh milliy xavfsizlik kengashi aʼzolari tomonidan Signal ijtimoiy tarmogʻida muhim xizmat masalalarini muhokama qilinishi bu sohadagi oʻziga xos betartib holatni koʻrsatmoqda.

Trampning eng katta dushmani — uning oʻzi

Eng xavfli jihati shundaki, bu urushlarning koʻpchiligi, ekspertlar fikricha, Trampning avvalgi notoʻgʻri qarorlaridan kelib chiqqan. Endilikda u bu xatolarning oqibatlari bilan yuzlanmoqda. Tramp bugun global miqyosdagi mojarolarni hal qiluvchi shaxs sifatida tarixda qolishi yoki ularni yanada chuqurlashtirgan siyosatchiga aylanishi mumkin. Tanlov — uning qoʻlida.

Mavzuga oid yangiliklar

Putin endi Ukrainadagi vaziyat haqida Erdogʻona bilan gaplashdi

Putin endi Ukrainadagi vaziyat haqida Erdogʻon bilan gaplashdi

Putin Erdogʻan bilan Ukrainadagi vaziyat hamda Alyaskada Tramp bilan oʻtgan uchrashuvi haqida telefon orqali suhbatlashdi.

Jahon

20.08.2025, 17:02

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bevosita muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

12.05.2025, 13:06

Трамп ва Зеленский ўртасидаги суҳбат катта жанжалга айланиб кетди

Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat katta janjalga aylanib ketdi

Kecha, 28-fevral kuni Oq uyda ko‘rishgan Amerika Prezidenti Donald Tramp hamda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat katta dahaki jangga aylanib ketdi. Voqealar qanday kechgani haqida "BBC news" ma’lum qildi.

Jahon

01.03.2025, 10:19

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45