updated: 22.03.2026, 19:06

“Turk birlik”da darz: Shimoliy Kipr Turkiyaga Oʻzbekiston va Qozogʻistonga nisbatan chora koʻrishga chaqirdi

Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammitida davlat rahbarlari va Yevropa Ittifoqi tashkiloti rahbarlari oʻrtasida BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlariga sodiqligini bildiruvchi qarorni imzolagan.  Shundan soʻng faqatgina Turkiya tomonidan tan olingan Shimoliy Kipr Turk  Respublikasi (TRSK)Transport vaziri Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmanistonga Turkiyani chora koʻrishga chaqirdi. Chunki BMT doirasida TRSK mustaqil davlat sifatida tan olinmagan. Bu haqda Ozarbayjonning “Haqqin.az” nashri tahliliy material eʼlon qildi.

Ulashish:

https://president.uz/oz/lists/view/7381

Unda yozilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida imzolangan ushbu shartnoma TRSK mustaqilligini noqonuniy ekanligini anglatadi.

 

Shuningdek maqolada Turkiya Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan imzolangan bu qarorga hozircha rasmiy izoh bermagan. Ammo soʻnggi vaqtlarda Turkiya Respublikasi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olinishi uchun qattiq harakat qilayotgan edi. Biroq Yevropa Ittifoqi bilan yaqin aloqalar oʻrnatishdan manfaatdor boʻlgan turkiy davlatlar va Kipr yunon tomoni bilan toʻgʻridan-toʻgʻri diplomatik aloqalar oʻrnatilishi Anqarada xavotir uygʻotmoqda.

 

Turkiya bu masalaga rasmiy munosabat bermagan boʻlsa-da, Shimoliy Kipr  Turk hukumati bu masalada keskin tanqidlar bilan chiqdi. TRSKʼning Transport vaziri va “Qayta tugʻilish” partiyasi yetakchisi Erhan Arı Turkiya telekanaliga bergan intervyusida Anqarani ushbu davlatlarga nisbatan choralar koʻrishga chaqirdi.

 

“Turkiy respublikalar orasida Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston Kipr masalasida mutlaqo boshqacha pozitsiyada. Ular Yevropa davlatlari bilan hamkorlikka koʻproq ahamiyat bermoqda. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlariga 12 milliard yevro miqdorida loyiha mablagʻini ajratgan. Bu mablagʻdan koʻproq ulush olish maqsadida ayrim turkiy davlatlar Kipr va Gretsiya bilan munosabatlarini mustahkamlash yoʻlini tanladi. Ular Kiprning janubiy (yunon) qismidagi vakolatxonalarini elchixonaga aylantirdi”, deydi Transport vaziri Erhan Arikli. 

 

Uning taʼkidlashicha, bu qaror turk kiprliklar uchun “chuqur jarohat” boʻldi.

 

“Biz doʻst va birodar deb bilgan turkiy davlatlar Shimoliy Kiprni butunlay eʼtiborsiz qoldirib, yunon tomonida elchixona ochayotganini hech qachon qabul qila olmaymiz. Yaxshiyamki, Qirgʻiziston va Ozarbayjon bilan muammomiz yoʻq,” dedi u.

 

Turkiyadagi hukmron partiya ittifoqdoshi – Buyuk birlik partiyasi yetakchisi Mustafa Desitji ham turkiy davlatlarning yunon Kipridagi elchixona ochishini “mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan holat” deb atadi.



Uning aytishicha, Turkmaniston ham TRSK kabi TDTʼda kuzatuvchi maqomiga ega boʻlsa-da, turk kiprliklarning ahvolini butunlay inkor qilmoqda.

 

Destiji, shuningdek, Anqaraning qatʼiy talablariga qaramay, Qozogʻiston va Oʻzbekiston TRSKning TDTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishiga qarshi chiqqanini va endi esa yunon Kiprda elchixona ochganini eslatib oʻtdi.

 

“Ular birodarlik va aʼzolik ruhiga zarba berdi,” — dedi u.

 

Destijining fikricha, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi va TDTʼdagi vakillari bu vaziyatga shoshilinch eʼtibor qaratishi va “koʻz yumib oʻtirmasligi” lozim.

 

Uning aytishicha, Anqara TDT aʼzolarini TRSKni tan olishga koʻndirishga majbur. Siyosatchi TRSK mustaqilligini tan olish Turkiyaning Sharqiy Oʻrta Yer dengizi mintaqasidagi manfaatlari uchun hayotiy muhim masala ekanini taʼkidladi.

 

Turkiy davlatlar tashkilotining uch aʼzosi Kiprning yunon tomoniga diplomatik darajadagi aloqalarni kuchaytirgan bir paytda, yana bir aʼzo – Ozarbayjon esa turk kiprliklarning oʻz mustaqil davlatini barpo etish huquqini ochiq va qatʼiy qoʻllab-quvvatlagan.

“Shimoliy Kiprdagi birodarlarimiz hech qachon yolgʻiz qolmasligiga ishonch hosil qilsin. Biz ularning yonida boʻlamiz – to mustaqil davlat barpo etilguncha, va albatta, u davlat xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinguncha,” degan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev.

 

TRSK yetakchisi Ersin Tatar Ozarbayjon prezidentiga bildirgan qoʻllab-quvvatlovi uchun minnatdorlik izhor etdi. Bundan tashqari, 11 aprel kuni Antaliya diplomatik forumida Ilhom Aliyev va Ersin Tatar oʻrtasida shaxsiy uchrashuv ham boʻlib oʻtdi.

 

Bu voqealar Ozarbayjon TDT doirasida turk kiprliklarni eng faol qoʻllab-quvvatlayotgan davlat ekanini va ularning xalqaro tan olinishi uchun kurashayotganini koʻrsatadi.

 

“Bularning barchasi Ozarbayjonning Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida Kipr turklarining eng kuchli tarafdori va ularning mustaqilligining xalqaro miqyosda tan olinishi tarafdori ekanligini koʻrsatadi. Ammo Ozarbayjon Shimoliy Kipr Turk Respublikasini rasman tan olishi mumkinmi, ayniqsa, uchta turkiy respublikalar uning mustaqillik eʼlon qilinishini noqonuniy deb topib, Kipr yunon tomoni bilan rasmiy diplomatik aloqalar oʻrnatganidan keyin? Bunday harakat qilish uchun erta koʻrinadi”, deya yozilgan maqolada.

 

Prezident Aliyevning soʻnggi nutqini tahlil qilganda, rasmiy Boku turk kiprliklarning taqdiriga befarq emasligi va ularning davlat qurish huquqini tan olishini koʻrish mumkin.

 

Ammo savol ochiq qolmoqda: Ozarbayjon tomonidan tan olinishi xalqaro tan olishga olib keladimi? Turk kiprliklarga nisbatan adolatsizlik tugaydimi? Yevropa Ittifoqi Kipr masalasidagi pozitsiyasini oʻzgartiradimi?

 

Bu savollar hozircha javobsiz. Shunday ekan, Ozarbayjon TRSKni rasmiy tan olishga shoshilmaydi, biroq bevosita qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi.

 

Ozarbayjonning faol yordami, jumladan Prezident Ilhom Aliyev va TRSK yetakchisi Ersin Tatar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar — yunon Kipri va Gretsiyada jiddiy norozilik uygʻotmoqda. Bu holat Ozarbayjon-YI munosabatlariga ham xavf solmoqda. Shunga qaramay, rasmiy Boku ochiqchasiga turk kiprliklarni qoʻllab-quvvatlamoqda.

 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →