Oʻzbekistonda 5 ta yangi universitet ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorlari asosida Buxoro davlat texnika universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Nukus davlat texnika universiteti, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti hamda "Cyber university" kabi oliy taʼlim muassasalari ochiladi.
Oʻzbekiston
28.01.2025, 14:27
Ulashish:

Oʻzbekistonda 5 ta yangi universitet ochiladi
Joriy yilning 20 yanvar kuni "Cyber university" davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga koʻra, "Cyber university" davlat universiteti tashkil etiladi.
Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash yniversitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Qayd etilishicha, 2025-2026 oʻquv yili uchun mazkur universitetga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga 100 ta davlat granti ajratiladi. Universitetda oʻquv jarayoni 2025 yil sentabr oyida boshlanadi.
Shuningdek, 24 yanvar kuni Prezident tomonidan "Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ham qabul qilindi. Unga koʻra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Bundan tashqari, oʻsha kuni, yaʼni 24 yanvarda "Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ham imzolandi. Qarorga koʻra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Oradan bir kun oʻtib, 25 yanvar kuni "Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Bu kunda ham yangi olim taʼlim muassasasini ochishga doir ikkinchi qaror — "Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan:
— Muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;
— Oʻquv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
Mazkur universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini Oʻzbekistonning taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston
28.01.2025, 14:27
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25
So'nggi yangiliklar

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi
Jahon
26.09.2026, 13:30

Toshkentda xalqaro moliya markazi quriladi: Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Iqtisodiyot
26.09.2026, 11:25

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda
Oʻzbekiston
26.09.2026, 10:08

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
Jahon
23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi
Jahon
22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

