Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.
Jahon
31.10.2026, 12:13
Ulashish:

Yaqin qarindoşlari kamligi sabab töyi böş ötişidan xavotirlangan 24 yoşli yigit ijtimoiy tarmoq orqali notaniş odamlarni bazmga taklif qildi. Uning çaqiriğiga Xitoyning turli hududlaridan minglab odamlar javob berdi.
Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoyning Yunnan provinsiyasi Çjaotun şahri Yiliang uyezdida yaşovçi 24 yoşli Syu Çengxun 31-oktyabr kuni turmuş qurdi. U töyiga qarindoşlari va döstlari kamligi sababli internet foydalanuvçilarini taklif qilgan. Natijada mamlakatning turli hududlaridan minglab odamlar uning töyiga borişga qaror qildi.
Yigit 25-oktyabr kuni Douyin ijtimoiy tarmoğida videomurojaat e’lon qilib, 31-oktyabrda böladigan töyiga kelişni söragan. U dastlab 10–20 kişi kelib, töy dasturxonidagi böş joylarni töldirsa kifoya, deb öylagan.
Syu uç yoşida otasidan ayrilgan. Ikki yildan söng onasi boşqa turmuş qurgan va u akasi bilan buvisining qölida qolgan. Buvisi ham ikki yil ötib vafot etganidan keyin aka-uka qarindoşlari kömagida ulğaygan. Syu maktabni taşlab, turli joylarda mehnat qilib pul topgan.

U uç yildan beri sevişib yurgan qiziga uylaniş uçun 160 ming yuandan ortiq mablağ yiğgan. Biroq töyga yaqinlaşganida, ikki tomonning qarindoşlari jami ikki-uçta stolni ham töldira olmasligi ma’lum bölgan.
Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Internetdagi taklif tez tarqaldi. 27-oktyabrga kelib, yigitning uyiga qariyb 200 kişi taşrif buyurgan. 28-oktyabr kuni esa Xitoyning turli hududlaridan kelgan mehmonlar soni 2–3 ming nafarga yetgani xabar qilindi.
Mehmonlar quruq qöl bilan kelmadi: ular muzlatkiç, isitiş peçi, stullar, oziq-ovqat mahsulotlari va hatto butun boşli çöçqa olib kelgan. Ayrimlar oşpazlarni ham taklif qilib, töy taomini tayyorlaşga yordam bergan.

Mehmonlar soni kutilganidan ança oşib ketgani sababli dastlabki töy joyi özgartirildi. Mahalliy hukumat tadbirni Luovan Myao qişloğidagi köçiriş manzilgohi maydonida ötkazişga kömaklaşdi. Şuningdek, transport harakatini tartibga soliş, jamoat xavfsizligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş çoralari körildi.
30-oktyabr kuni Xitoyning Kankan News naşri tadbir joyida qariyb 20 ming kişi bölganini xabar qildi. 31-oktyabr kuni esa töy dasturxonini tayyorlaş uçun Xitoyning turli hududlaridan kelgan oşpazlar iş olib bordi. Mehmonlar olib kelgan tovuq, mol va qöy göştlari ham töy taomlarini tayyorlaşga yönaltirildi.
Şu tariqa, dastlab bir neça ön kişini taklif qilişni rejalaştirgan yigitning töyi minglab notaniş insonlar iştirokidagi katta tadbirga aylandi.
Jahon
31.10.2026, 12:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi
Jahon
08.09.2026, 16:09

AQSH Eronni iqtisodiy bosim bilan sindira oladimi?
Jahon
26.08.2026, 10:24
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
