Xitoy eksporti 2026-yilda 36,3 foizga oshdi
Xitoy eksporti rekord darajada o'sgan bo'lsa-da, ichki iste’mol va investitsiyalar sustligicha qolmoqda.
Iqtisodiyot
15.10.2026, 16:02
Ulashish:

Xitoy eksporti 2026-yil sentyabrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,3 foizga oshdi. Import o‘sish suratlari ham yuqori – yillik hisobda 31 foiz.
Eksportning o‘sishi mamlakatning tashqi savdo profitsitini kengaytirgan. Avgustda bu ko‘rsatkich 119,1 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, sentyabrda 133,5 milliardga yetgan.
Profitsit — ma’lum bir davrda kirim (daromad) summasining chiqim (xarajat) summasidan ortiq bo‘lishi, ya’ni ortiqcha mablag‘ qolishi.
Eksport o‘sishining asosiy omillaridan biri yuqori texnologiyali mahsulotlarga bo‘lgan talabdir. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyati va keng eksport tarmog‘i orqali global bozorlardagi talabdan foydalanmoqda. Ayniqsa, yarimo‘tkazgichlar va avtomobillar savdo dinamikasiga katta hissa qo‘shmoqda.
Biroq tashqi savdoda ijobiy raqamlar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, Xitoy iqtisodiyotining barcha yo‘nalishlarida vaziyat bir xil emas. Mamlakatda ichki iste’mol va investitsiyalar hamon sust. Bunga ko‘p yillardan beri davom etayotgan ko‘chmas mulk bozori inqirozi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Demak, eksportning jadal o‘sishi ichki bozordagi talab ham kuchaygani yoki aholi farovonligi oshayotganini anglatmaydi.
Xitoyning tashqi savdodagi katta profitsiti uning asosiy savdo hamkorlari bilan munosabatlariga ham ta’sir qilmoqda. Yevropa Ittifoqi va AQSH Xitoy bilan savdodagi nomuvofiqlikni bartaraf etish masalasini ko‘tardi.
Chunki Xitoy mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi ulushi ortib borayotgani ayrim mamlakatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Xullas, sentyabr oyidagi natijalar bir vaqtning o‘zida Xitoyning kuchli sanoat va eksport salohiyatini, ichki talabni rag‘batlantirish zaruratini hamda savdo hamkorlari bilan iqtisodiy muvozanat masalasi tobora murakkablashayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoyning oylik avtomobil eksporti 1 million donadan oshdi
Iqtisodiyot
14.07.2026, 17:31

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
