Festivallar oʻtkazish bitta koʻchani asfalt qilgandan koʻra muhimroq – Ozodbek Nazarbekov

Jurnalistlarni qoʻshtirnoq ichida kimgadur xizmat qilishda ayblagan, kiyim doʻkonini reklama qilgan, “Ovoz” loyihasiga ketgan mablagʻlarni uyini sotib toʻlamoqchi boʻlgan madaniyat vaziri muhokamalar markazida boʻlishda davom etmoqda…

Ulashish:

 Davlat byudjetidan milliardlab mablagʻ sarflab festival va tadbirbozliklar qilish har doim muhokamali mavzu boʻlgan. Madaniyat vazirligi yoki Turizm qoʻmitasi ushbu festivallarga qancha mablagʻ sarflayotganini doim ham ochiqlamaydi.
Madaniyat vazirligi tomonidan yosh isteʼdodlarni aniqlashni maqsad qilgan “Ovoz” loyihasining hali muhokamalari yakunlanmay turib, vazirning ayni kunlarda Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Sharq taronalari” festivalidagi nutqi yana muhokamalar markaziga tushdi. Madaniyat vaziri tadbirda bu kabi festivallarni oʻtkazishdan asosiy maqsad nimaligi haqida aytib, intervyusi davomida festivallar oʻtkazish bitta koʻchani asfalt qilgandan koʻra muhimroq ekanini taʼkidlagan. 
“Sizlar koʻp savol berasizlar bizga: maqom festivali qilyapsizlar, baxshichilik, hunarmandlar festivallari qilyapsizlar, bular kerakmi, undan koʻra asfalt qilgan yaxshimasmi, degan millionta har xil fikrlar bor. Lekin hozir bu, kechirasiz-u, bitta koʻchani asfalt qilgandan koʻra muhimroq. 
Chunki inson madaniyatiga tahdid bostirib kelyapti, shuning uchun bunaqa festivallarga 3−5 mlrd soʻm ishlatish, menimcha, inson kelajagini asrab qolishda juda muhim. Madaniyat vaziri sifatida bunga asfaltdan ham muhimroq, boshqa narsalardan ham oʻta muhim boʻlgan masala, deb qarayman”, degan Ozodbek Nazarbekov.

Madaniyat vaziri asfalsiz koʻchada yashashni yoki shunday changga botgan dalada festival qilishni bir oʻylab koʻrganmikan? Davlat byudjeti xalq toʻlaydigan soliqlardan shakllantirilishini, aslida u ham xalqning puli ekanliginichi? 
Bundan tashqari, bunday festivallar koʻp hollarda xalqning doimiy qulay sharoitini noqulaylashtiradi. Masalan, Samarqandda oʻtkazilinayotgan festival uchun koʻplab yoʻllar yopilgan. Oʻtgan yili Buxoroda oʻtkazilgan Ziravorlar festivali boʻladigan joy oldindan repetitsiya uchun yopilib chet el va mahalliy sayyohlar kiritilmagani aytilgan edi. 
Xalqning 3-5 mlrd mablagʻi avvalo ularning qulay sharoiti uchun emasmi? Yoki ularga faqat koʻrmoq bor, yemoq yoʻqmi? Ayni kunlarda poytaxtning gavjum metro bekatlari oldida qadam bosishga joy qolmagan, odamlar oilasidan uzoqda kimningdir nomiga kredit olib, qarz qilib mahallasidagi yoʻl, maktabni taʼmirlashga mablagʻ ajratish uchun pul sarflab ovoz yigʻib yuribdi. Hurmatli vazir ularga festivalning qizigʻi yoʻq!

Maʼlumot uchun, Ozodbek Nazarbekov bundan oldin Aokada vazirlikning faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumanida jurnalistlarning “Ovoz” loyihasi uchun sarflangan mablagʻlari muhokamalarga sabab boʻlgani, oʻzi shunday loyiha kerakmi mazmunidagi savoliga “Loyihaga ketgan mablagʻlarni muhokama qilaversangiz uyimni sotib boʻlsa ham toʻlab beraman” degan edi.

Savol: Vazirning uyi shuncha qimmat turadimi?

Bundan tashqari jurnalistlarni qoʻshtirnoq ichida yaxshigina kimgadur xizmat qilishda ayblagan vazir kiyim doʻkonini reklama qilib yurganda va qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi deganlaridek Raqobat qoʻmitasi kiyim doʻkonga jarima qoʻllab, madaniyat vazirini beayb ekanligini aytgan.

Madaniyat vaziri yana bir matbuot anjumanida madaniyat sohasiga koʻp mablagʻ ajratilmasligini aytgan edi. Vazir festivallardan va amaldorlar tushurib yuradigan “Yil qovuni” nominatsiyasi uchun kurashdan boʻshaganda viloyatlardagi madaniyat markazlari holati va xodimlar saviyasi bilan ham shugʻullanar deb umid qilamiz.

So‘nggi yangiliklar

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29