Hokimning til masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tilini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi.

Ulashish:

 Hujjatga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy hokimliklarda rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Qarorning asosiy yoʻnalishlari quyidagicha:

Asosiy maqsadlar

Davlat tilidan barcha sohalarda samarali foydalanish;

Oʻzbek tilini oʻqitish tizimini takomillashtirish;

Tilning sofligini saqlash va lugʻat boyligini oshirish;

Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt orqali qoʻllab-quvvatlash;

Xorijdagi nufuzini oshirish va vatandoshlar uchun sharoit yaratish.

Amaliyotga tatbiq etish choralari

2025–2026 yillarga moʻljallangan amaliy dastur tasdiqlanadi;

Davlat idoralarida maʼnaviyat va til masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimida yangi darsliklar, lugʻatlar va multimedia materiallar yaratiladi;

“Oʻzbekiston milliy qomusi” va “Ona tili. Qomus” kitoblari chop etiladi.

Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt

Oʻzbek tilini sunʼiy intellekt asosida qoʻllab-quvvatlovchi platforma ishlab chiqiladi;

Yangi atamalar va lugʻatlarni qamrab olgan elektron reyestr va platforma tashkil etiladi.

Ilmiy-amaliy va madaniy tadbirlar

Har yili oktabrda xalqaro konferensiyalar, olimpiadalar va tanlovlar oʻtkaziladi;

“Jonajon oʻzbek tilim”, “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” kabi loyihalar amalga oshiriladi;

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro olimpiada gʻoliblari universitetlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

Vatandoshlar va millatlararo hamjihatlik

Milliy madaniy markazlar va xorijdagi oʻzbek diasporalari uchun til kurslari kengaytiriladi;

“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida sunʼiy intellekt yordamida til oʻrgatish moduli ishga tushiriladi.

Nazorat va ijro

Adliya vazirligi qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlarni tayyorlaydi;

Ijroni tashkil etish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripovga yuklanadi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 10:35

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda yangi tibbiyot klasteriga 150 million dollar sarflanadi

Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda zamonaviy “tibbiyot klasteri” tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 17:41

Oʻzbekiston va Ozarboyjon harbiy sohadagi hamkorlikni kuchaytiradi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xalmuhamedov va Ozarboyjon mudofaa vaziri, general-polkovnik Zakir Hasanov oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 16:40

Urgutda oʻquvchi qizlar janjali ortidan 12 ota-ona jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab oʻquvchi qizlari bir-birining sochidan yulib, janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Urgut tumanida kuzatilgani maʼlum boʻldi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 15:42

«Qassom brigadasi» Gʻazoda yana bir isroillik asirning jasadini Qizil Xochga topshirdi

Gʻazoda HAMASning harbiy qanoti — Izzaddin al-Qassom brigadasi 19 oktabr kuni otashkesim va asirlar almashinuvi doirasida Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasiga yana bir isroillik asirning jasadini topshirdi. Hujjatga koʻra, jasad vayrona ostida topilgan.

Jahon

21.10.2025, 14:41

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli quriladi

Shavkat Mirziyoyev 15 oktabr kuni «Oʻzbekiston 24» telekanalining «Menimcha» koʻrsatuvida Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli qurilishi rejalashtirilganini maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 13:39

“IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etdi. Ushbu hududda jami 6 ta bino – Sunʼiy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek servis va savdo markazlari quriladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 13:12

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 12:42

Xitoyga gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

Xitoy bojxona boshqarmasi 2025 yilning yanvar-sentabr oylari mamlakat import qilingan gaz miqdori haqida maʼlumot berdi. 

Iqtisodiyot

21.10.2025, 11:40

Prezident Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 oktabr kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ekspozitsiyalar orqali xalqimizning boy tarixiy va maʼnaviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Oʻzbekiston

20.10.2025, 21:29

320 ta vokzal, stansiya va razʼezd nomi davlat tili meʼyorlariga muvofiqlashtiriladi

Oʻzbekiston hukumatining tegishli qaroriga muvofiq, respublika boʻylab joylashgan 320 ta temiryoʻl obʼekti – vokzallar, stansiyalar va razʼezdlar nomi davlat tili meʼyorlariga muvofiqlashtiriladi.

Oʻzbekiston

20.10.2025, 17:02

Qoraqalpoq milliy taomi – «Baliq qarma» patentlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xos boʻlgan «Baliq qarma» milliy taomi geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Madaniy

20.10.2025, 15:33