AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.
Jahon
11.03.2026, 14:17
Ulashish:

Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi. Ushbu qaror Pentagon va “Anthropic” kompaniyasi oʻrtasidagi qarama-qarshilik fonida qabul qilingan.
Payshanba kuni Pentagon “Anthropic” kompaniyasini “taʼminot zanjiri uchun xavfli” deb topib, AQSh harbiylari bilan ishlaydigan hukumat pudratchilariga uning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni taqiqladi.
Bu qaror kompaniya bilan bir necha oy davom etgan tortishuvlardan keyin qabul qilindi. Tortishuvga sabab — “Anthropic”ning oʻz texnologiyalariga joriy qilgan xavfsizlik cheklovlari boʻlib, Mudofaa vazirligi bu cheklovlar haddan tashqari qatʼiy ekanini bildirgan.
Qoidalar loyihasiga koʻra, hukumat bilan hamkorlik qilmoqchi boʻlgan sunʼiy intellekt kompaniyalari AQShga oʻz tizimlaridan barcha qonuniy maqsadlarda foydalanish uchun doimiy litsenziya berishi shart.
AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasining (GSA) mazkur koʻrsatmasi fuqarolik (harbiy boʻlmagan) shartnomalariga ham tatbiq etiladi. Gazeta xabariga koʻra, bu qaror hukumat miqyosida sunʼiy intellekt xizmatlarini xarid qilish jarayonini kuchaytirishga qaratilgan tashabbusning bir qismi hisoblanadi.
“GSAning ‘Anthropic’ bilan biznes aloqalarini saqlab qolishi Amerika xalqi oldida masʼuliyatsizlik va mamlakatimiz uchun xavfli boʻlar edi”, — deya Reuters agentligiga elektron pochta orqali maʼlum qilgan Federal xaridlar xizmati komissari Josh Gruenbaum. Federal xaridlar xizmati GSAning hukumat uchun dasturiy taʼminot xarid qilishga yordam beruvchi boʻlinmasi hisoblanadi.
Gruenbaumning aytishicha, prezident koʻrsatmasiga binoan Umumiy xizmatlar boshqarmasi “Anthropic” kompaniyasining OneGov kelishuvini bekor qilgan. Natijada kompaniya xizmatlari avvaldan kelishilgan shartnomalar orqali ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga taqdim etilishi toʻxtatilgan.
Yangi loyihaga koʻra, pudratchilar sunʼiy intellekt tizimlari ishlab chiqaradigan maʼlumot yoki javoblarga qasddan partiyaviy yoki mafkuraviy qarashlarni kiritmasligi shart.
Hujjat, shuningdek, kompaniyalardan ularning sunʼiy intellekt modellari AQSh federal hukumatidan tashqari boshqa davlat hukumatlari yoki tijoriy tartib-qoidalariga moslashtirilgan yoki sozlangan-sozlanmaganini oshkor qilishni talab qiladi.
“Anthropic” norozi
Ommaviy kuzatuv va avtonom qurollar yuzasidan xavotirlari tufayli mudofaa idoralariga oʻzining sunʼiy intellekt vositalaridan cheklanmagan tarzda foydalanishga ruxsat berishdan bosh tortgan “Anthropic” kompaniyasi yangi qoidalar ustidan sudga murojaat qilishini maʼlum qildi.
“Biz bu harakatni qonuniy asosga ega deb hisoblamaymiz va sud orqali eʼtiroz bildirishdan boshqa ilojimiz yoʻq”, — deb yozdi payshanba kuni kechqurun kompaniya bosh direktori Dario Amodey.
Senator Kirsten Gillibrand esa “Anthropic”ni taʼminot zanjiri uchun xavfli deb belgilash qarorini “kaltafahmlik, oʻz-oʻzini yoʻq qilish va dushmanlarimizga sovgʻa” deb baholadi.
“Hukumat Amerika kompaniyasiga oʻz xavfsizlik choralarini buzishdan bosh tortgani uchun ochiq hujum qilmoqda. Buni Xitoydan kutish mumkin edi, Qoʻshma Shtatlardan emas”, — deya qoʻshimcha qildi senator.
Shunga qaramay, kompaniyaga tegishli Claude sunʼiy intellekt modeli ommalashuvda davom etmoqda. “Anthropic” maʼlumotiga koʻra, har kuni bir milliondan ortiq odam Claude dasturida roʻyxatdan oʻtmoqda.
I.JUMANAZAROV
Jahon
11.03.2026, 14:17
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?
Jahon
01.10.2026, 13:21

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
So'nggi yangiliklar

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon
14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda
Fan-texnologiya
14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi
Iqtisodiyot
14.10.2026, 12:22

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin
Siyosat
13.10.2026, 17:06

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi
Jahon
13.10.2026, 11:48

Aholining banklar oldidagi qarzdorligi 10,6% ga oshdi
Iqtisodiyot
13.10.2026, 11:02

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26

Yangi Toshkent uchun qancha yer maydoni ajratiladi?
Oʻzbekiston
12.10.2026, 17:00

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Banklar kredit qarzi uchun kartadagi barcha pulni yechib ololmaydi
Iqtisodiyot
10.10.2026, 10:48

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
